S I n f L a r bayramlar V a tadbirlar


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/63
Sana26.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1723069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
1- 2 sinflar uchun bayramlar va tadbirlar 2017

3


0 ‘quvchi:
— Yuragimda tulporlaring dukurlari,
Qaysi yurtning bordir buyuk Temurlari?
Olovlardan omon chiqqan Semurg‘lari,
Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,
O'zbekiston, ota makon, ona tuproq!
0 ‘quvchi:
— Kimlarningdir ko'kragida tum or bo'lding,
Kimlarningdir kiprigida g'u bor bo'lding,
Gohida mard bir o'g'longa xumor bo'lding,
Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,
O'zbekiston, ota makon, ona tuproq!
0 ‘quvchi:
— Asl farzand merosiga posbon bo'lgay,
Ozod elning orzulari osmon bo'lgay,
Bobolarim ismin aytsam doston bo'lgay,
Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,
O'zbekiston, ota makon, ona tuproq!
0 ‘quvchi:
— Ota uyin farog'atin bilmaganlar -
Ikkisi bir, biri ikki bo'lmaganlar,
Tuproqtegi bo'lib zor-zor yig'laganlar...
Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,
O'zbekiston, ota makon, ona tuproq!
0 ‘quvchi:
— Daryolaring izlarida daryo bo'lgay,
Daholarning avlodi ham daho bo'lgay!'
Fido bo'lsa, shu Vatanga fido bo'lgay,
Fido bo'lsa, shu Vatanga fido bo'lgay:
O'zbekiston, ota makon, ona tuproq!
Boshlovchi: — Mustaqil O'zbekiston Respublikasi o'z davlat 
ram zlari: m adhiyasi, g e rb i, b a y ro g 'i va bosh qom us — 
Konstitutsiyasiga ega. O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i 
Oliy Majlisning navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida 
1991- yil 18- noyabr kuni tasdiqlangan.
O'quvchi: — Bayrog'imda moviy rang 
Samodan berar darak.
Har rangida doimo,
Yaxshiliklar mushtarak.
O'quvchi: — Moviy rang — tiriklik manbayi bo'lgan obi- 
hayotni, musaffo osmonimizni aks ettiradi.
0 ‘quvchi: — Bayroqdagi oq rang muqaddas tinchlik ramzidir. 
Oq rang poklik, beg'uborlik, soflikni bildiradi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling