S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


Maydalash chiqindilari asosidagi qum


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

Maydalash chiqindilari asosidagi qum 
Beton uchun yaroqli qum tog‘ jinslarini maydalash orqali olinadi, 
ayniqsa tabiiy qum mavjud, lekin talabga javob bermaydigan tumanlarda ko‘p 
ishlab chiqariladi. Maydalash chiqindilari asosidagi qum olishda magmatik
cho‘kindi va metamorfik yoki zich tog‘ jinslari, xamda shag‘al ishlatiladi.
Dastlabki tog‘ jinslari suvda saqlagan xolatda mustaxkamligi bo‘yicha 
maydalash chiqindilari asosidagi qum 4 ta markaga bo‘linadi (tog‘ jinsi 
mustaxkamligi chegarasi 100. 80. 60 va 40 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak). 
Magmatik va metamorfik tog‘ jinslarining mustaxkamlik chegarasi 60MPa dan 
kam bo‘lmasligi cho‘kindi tog‘ jinslari esa 40MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Dastlabki tog‘ jinslarining mustaxkamligidan tashqari ularning tarkibi xam 
muximdir. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, maydalangan qum donalarining shakli 
ikkita faktorlarga bog‘liq: maydalangan jinslar strukturasiga va maydalash usuliga.


61 
Eng yaxshi qum mayda va o‘rta donadorlikdagi tog‘ jinslarini maydalashda 
olinadi. Bunday qumning donalari yuzasi mikrorelefining balandligi 170-190mkm 
ni tashkil etadi, bu esa uning betonda sement bilan bog‘lanishini ta’minlaydi. Yirik 
donadorni yopiq kristal va shishasimon shakldagi qumlar olinadi. Ularning yuzasi 
mikrorelefi kichik balandlikka ega.
Bundan tashqari kichik donadorli yarim mineralli tarkibli tog‘ jinslari 
(masalan, granit) ni maydalash orqali monomineral tarkibli (kvars, dala shpati
slyuda) qum donalari olinadi, u esa sement toshida kichik bog‘lanishi bilan farq 
qiladi. Tog‘ jinslarini maydalash usuli maydalash usullariga bog‘liq. SHu narsa 
aniqlanganli jinslarni siqish prinsipi asosida ishlaydigan maydalash uskunalari 
(jag‘li, konusli, valkli)da ko‘p miqdorda plastinkasimon va ninasimon shakldagi 
qum donalari olinadi, zarb ta’sirli maydalagichlarda esa (bolg‘ali)-nisbatan kam 
olinadi.
O‘zRST talabiga ko‘ra qum donalari shakli kubga yaqin bo‘lsa, u xolda uning 
bo‘shliqligi xam kichik bo‘ladi, o‘z navbatida betonda sement sarfi xam kamayadi. 
Maydalangan qumlarning donadorlik tarkibiga yuqorida keltirilgan talablar 
qo‘yiladi.
Agar tog‘ jinsi chidamsiz ruda minerallari, kremnezemning amorf turlari va 
boshq asalbiy qo‘shimchalardan tashkil topmasa, u xolda qum olishda 
maydalashda faqat chang (tosh kukuni) keraksiz maxsulot sifatida chiqadi. Qum 
tarkibidagi chang tabiiy qumdagi gil singari beton uchun salbiy tasiri kam, shu 
sababli standartga ko‘ra chang bo‘lishi 1-3%gacha ruxsat etiladi.
Maydalangan qum asosidagi betonda to‘ldiruvchilarning bog‘lanishi va uning 
mustaxkamligi tabiiy kvars qum asosida betonga nisbatan yuqori bo‘lib, nafaqat 
siqilishga balki cho‘zilishga xam yaxshi ishlaydi. Bunday betonlar sovuqqa 
chidamliligi va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi. Biroq xozirgi vaqtda tosh 
maydalash chiqindilarining 5mm dan kichigi qurilishda kam ishlatiladi, ya’ni tosh 
chaqir toshi ishlab chiqarishda bu massa katta xajmda chiqadi. Bu sanoat 
chiqindilaridan tosh kukunini ajratish (suvda yuvish yoki quruq boyitish ) 


62 
natijasida beton uchun sifatli qum olish mumkin. Maydalash chiqindilari asosida 
va boyitishda olingan qum O‘zRST da nazarda tutiladi. 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling