S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov


O‘zgarmas elektr toki qonunlari


Download 5.33 Mb.
bet44/90
Sana14.08.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1666928
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90
7.1. O‘zgarmas elektr toki qonunlari
Zaryadli zarralarning ko’chishi elektr tokini vujudga keltiradi. Bu hodisada zaryad tashuvchilar turlicha bo’lishi mumkin, Ba’zi hollarda, masalan, elektrolitik o’tkazuvchanlikda yoki siyraklangan gazlarda vujudga keladigan musbat nurlar bo’lganda zaryadlangan atomlar yoki molekulalar (ionlar) zaryad tashuvchilar bo’ladi. Boshqa hollarda tokni elektronlarning harakati vujudga keltiradi (metallardagi yoki katod nurlaridagi tok). Biroq barcha hollarda tok vujudga kelishi bilan birgalikda ba’zi umumiy hodisalar ro’y beradi, masalan, magnit maydoni hosil bo’ladi.
Elektr toki hodisasi zaryadli zarralarning oddiy mexanik harakatidangina iborat deb o’ylamaslik kerak. Birinchidan, harakatlanayotgan zaryadli zarralar bilan bog’liq bo’lgan elektr va magnit maydonlarning alohida, mexanik bo’lmagan tabiatga ega. Ikkinchidan, elementar zarralar harakatining o’zi ham, makroskopik jismlarning mexanik harakati qonunlaridan boshqaroq qonunlarga bo’ysunadi. Biroq tok bilan bog’liq bo’lgan bir qator masalalarda zaryadlarning mexanik ko’chishlari haqidagi tasavvurdan foydalanish mumkin va bunday tasavvurlar asosida qilingan hisoblar ko’p hollarda tajribaga yaxshi mos keluvchi natijalar beradi. Boshqa hollarda esa bunday (klassik) tasavvurlar yaroqsiz bo’ladi va hodisalarni murakkabroq (kvant-mexanik) tasavvurlar asosida analiz qilishga to’g’ri keladi.
Elektr toki tok kuchi deb ataluvchi kattalik bilan xarakterlanadi. Biror yuzadan o’tuvchi I tok kuchi shu yuzadan vaqt birligida o’tuvchi elektr miqdori bilan o’lchanadagan fizik kattalikdir. Agar Δt vaqtda yuzadan ΔQ elektr miqdori o’tgan bo’lsa, I tok kuchi quyidagiga teng bo’ladi:
(42)
Biror yuzadan o’tayotgan I tok kuchi vaqt o’tishi bilan o’zgarmasa, bunday tokni o’zgarmas tok deyiladi. Xalqaro birliklar sistemasida tok kuchining o’lchov birligi 1 Amper (A). 1 A tok kuchi deb 1 sekund davomida o’tkazgich orqali 1 Kl zaryad miqdori oqib o’tgandagi tok kuchiga aytiladi:

Birinchi jins o’tkazgichlar-metallarda o’tkazgich biror qismi uchlaridagi potensiallar ayirmasini doimiy saqlab turilsa, bu jismdan o’zgarmas tok o’tadi.
Tajribaning ko’rsatishicha, o’tkazgichning bir qismi bo’ylab oquvchi I tok kuchi Om qonuniga bo’ysunadi:
(43)
Bunda V1-V2 o’tkazgichning bir qismi uchlaridagi potensiallar ayirmasi, R o’tkazgichning shu qismini xarakterlovchi kattalik bo’lib o’tkazgichning qarshiligi deb ataladi. (43) ga ko’ra, o’tkazgichning bir qismidagi tok kuchi uning uchlaridagi potensiallar ayirmasiga to’g’ri proporsional va o’tkazgichning shu qismi qarshiligiga teskari proporsionaldir. Bunga zanjirning bir qismi uchun Om qonuni deyiladi. Bu qonun Omning 1826 yilda o’tkazgan o’lchashlari asosida topilgan edi.
Keyinchalik Om qonuni juda ko’p avtorlar tomonidan tekshirildi va uning g’oyat aniq bajarilishi aniqlandi.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling