S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov
O’tkazgichlarning qarshiligi
Download 5.33 Mb.
|
O’tkazgichlarning qarshiligi. O’tkazgich qismining qarshiligi o’tkazgich materialiga, uning o’lchamlari va shakliga bog’liqdir.
S ko’ndalang kesimi doimiy bo’lgan l uzunlikdagi o’tkazgich qismining qarshiligi quyidagiga teng bo’ladi: (44) bunda ρ o’tkazgich materialiga bog’liq bo’lgan kattalik; bu kattalikga o’tkazgichning solishtirma qarshiligi deyiladi. Uning fizik ma’nosi shuki,son jihatdan birlik ko’ndalang yuzaga ega birlik uzunlikdagi o’tkazgichning qarshiligiga teng.(44) dan quydagini olamiz: (45) U ning o’lchov birligi 1 Om m. XBS da qarshilik birligi uchun shunday qarshilik olinadiki,bunda o’tkazgich uchlaridagi potensiallar ayirmasi bir 1 volt bo’lganda undan bir amper tok kuchi oqadi. Bu birlik om deyiladi: Ko’pincha ρ solishtirma qarshilikdan tashqari σ elektr o’tkazuvchanlik deb ataluvchi kattalikdan foydalaniladi: (46) Uning o’lchov birligi 1om-1m-1. Solishtirma qarshilik o’tkazgichning temperaturasiga bog’liq bo’ladi. Odatdagi temperaturalarda deyarli barcha metallarning solishtirma qarshiligi temperatura o’zgarishi bilan chiziqli o’zgaradi: (47) bunda t-Selsiy shkalasida hisoblangan temperatura, ρ0 -0°C dagi solishtirma qarshilik, α-qarshilikning termik koeffisyenti. Ko’pgina metallar uchun ρ son jihatdan 0,00367 ga, ya’ni ga yaqin shuning uchun (47) munosabatni quyidagi ko’-r.inishda yozish mumkin: (48) bunda T - mutloq temperatura. Biroq bu munosabat taqribiy xarakterda bo’lib, u yuqori temperaturalarda va juda past temperaturalarda bajarilmaydi. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni yordamida tok kuchi I qarshilik R va kuchlanish U ni o’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzasi o’zgarmas bo’lganda aniqlash mumkin. Agar o’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzasi o’zgaradigan bo’lsa, Om qonuning ko’rinishi quyidagicha bo’ladi (49) bunga Om qonuning differensial ko’rinishi deyiladi. Bu yerda ga tok zichligi deyiladi. Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling