S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Yuk tashish statistikasida guruhlash


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100
Yuk tashish statistikasida guruhlash. Yuk tashish to‘g‘risidagi 
statistik ma’lumotlariga bo‘lgan turli talablar, ularni ma’lum belgisi 
bo‘yicha, quyidagicha guruhlash zaruratini yuzaga keltiradi: bekatlararo 
yuklar korrespondentsiya, qiya jadval.
Bekatlararo yuk  tashish korrespondentsiyasi. Bekatlararo yuk ta- 
shish korrespondentsiya(aloqa)si, yuk jo‘natish bekatlari va manzil be-
katlari bo‘yicha, tuziladi. U bekatlar yuk jo‘natish aloqasini ifodalaydi. 
Yuk tashish qiya jadvali – jo‘natish va manzil bekatlar bo‘yicha yuk 
kelish va jo‘natish bo‘yicha aloqalarni ifodalaydi.
Yuk tashish, yo‘nalish turlari bo‘yicha, to‘g‘ri va mahalliy guruhlarga 
bo‘linadi:
9 to‘g‘ri yo‘nalish – bunda, yuk tashish ikki va undan ortiq temir yo‘lda 
bajariladi. To‘g‘ri yo‘nalishda yuk olib ketish, yuk keltirish, tranzit 
ajratiladi.
9 mahalliy yo‘nalish – bunda, yuk tashish bitta temir yo‘l doirasidagi 
bekatlar orasida bajariladi. 
Yuk olib ketish. Agar, jo‘natish bekati ushbu temir yo‘lda joylashgan 
bo‘lib, manzil bekat esa shu yoki boshqa temir yo‘lda bo‘lsayu, lekin 
tashish qo‘shni temir yo’l uchastkalarida bajarilsa, bunday yuk tashish yuk 
olib ketishga kiritiladi.
Yuk keltirish. Agar, jo‘natish bekati boshqa temir yo‘lda joylashgan
43


bo‘lib, manzil bekat esa shu temir yo‘lda bo‘lsa, bunday yuk tashish yuk 
keltirishga kiritiladi.
Tranzit – tashish shu temir yo‘lda bajarilgan, lekin uning yuk jo‘natish 
va manzil bekatlari ushbu temir yo‘l doirasidan tashqarida joylashgan.
Yo‘nalish turlari bo‘yicha tashishni guruhlash, temir yo‘ldan 
foydalanish ishini mahalliy yo‘nalish, yuk olib ketish, keltirish va tranzit 
yuk tashishlar asosida tavsiflashga imkon beradi. Yuk tashish uzoqlik 
masofasi bo‘yicha qisqa va uzoq masofa guruhlariga ajratiladi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling