S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Marshrutizatsiya hisobi. Yuklar marshrutizatsiyasi bu, belgilangan
yo‘nalishdagi yo‘lda, yuk tashishni anglatadi. Bekatlarda jo‘natmali va zinapoyali yo‘nalishdagi yo‘l bo‘yicha yuklarni ortish rejasi bajarilishi hisobi Maxsus kitobida olib boriladi. “Jo‘natmali va zinapoyali marshrut bo‘yicha yuk ortishni hisobga olish Maxsus kitobi”da, bekatlarda har bir jo‘natilgan yo‘nalish yo‘li bo‘yicha, quyidagilar qayd qilib boriladi: manzil bekati va temir yo‘li; bosib o‘tgan masofa uzunligi; marshrut guruhlarining zinapoyali marshruti uchun ortish bekatlari va ulardagi vagonlar soni; yuk turi; haqiqatdagi va norma bo‘yicha massasi; vagonlarning haqiqatdagi va norma bo‘yicha soni; marshrutdagi yuk ortish va jo‘natish vaqti. Jo‘natmali va zinapoyali marshrut to‘g‘risidagi statistik Hisobotda quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanadi: belgilangan yo‘nalish yo‘li bo‘yicha marshrutlar soni – bitta bekatga tushirish va alohida aylantirib borish-dagi soni; jo‘natilgan marshrutlarning umumiy soni, jo‘natmali va zina-poyali hamda bosib o‘tgan masofa uzunligi bo‘yicha turlarga bo‘lib; bel-gilangan bo‘yicha marshrutlangan vagonlar soni; yuk jo‘natuvchilar va alohida temir yo‘l aybi bilan uzilgan marshrutlar soni; manzilga yetib borgan 41 marshrutlar soni. Bunday ko‘rsatkichlar tizimi, nafaqat belgilan-gan topshiriq bajarilish darajasini baholashga, balki marshrutizatsiya sifatini tahlil qilish, uni takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishga sharoit yaratadi. Tayanch iboralar: tashish jarayoni; vagon o‘lchov birligi; hisob mo- menti; qayd etiladigan belgilar; hisob hujjatlari; ortish; hisobotlar; marsh- rutizatsiya hisobi; nomenklatura; marshrutlar soni; yuk jo‘natuvchilar. 3.4. Yuk tashish hisobini uyushtirish Kuzatuv obyekti. Yuk tashish statistikasida kuzatuv obyekti bo‘lib, huquqiy kuchga ega bo‘lgan Yuk xati hujjati asosida, tashiladigan jami tovar-moddiy boyliklar xizmat qiladi. Kuzatuv birligi – jo‘natma kuzatuv birligi bo‘lib xizmat qiladi. Jo‘natma – bitta jo‘natuvchidan bitta oluvchi manziliga yetkazib berish uchun qabul qilingan va alohida yuk hujjati bilan rasmiylashtirilgan, yuk to‘plamidan iborat. Har bir yuk jo‘natmasi bo‘yicha, yuk tashish to‘g‘risidagi Hisobotga muvofiq, quyidagi xislatlar qayd qilinadi: yuk jo‘natish va yuk yetib kelish sanasi, vaqti; tashish kategoriya(daraja)si; jo‘natma kategoriya(daraja)si; yetib borish tezligi; jo‘natish va manzil bekati va temir yo‘li; yo‘nalish turi; yurish yo‘li; tashish masofasi; yuk turi; yuk massasi; tashish haqi summasi. Yuk jo‘natuvchi bekat – yukni qabul qilgan va uni umumiy foydalanuvdagi temir yo‘l izida tashish uchun rasmiylashtirgan bekat. Manzil bekat – yukni bevosita yuk oluvchiga bergan yoki umumiy foydalanuvdagi temir yo‘l izidan , yukni topshirgan bekat. Jo‘natish va manzil temir yo‘li – mos tarzda ularda joylashgan jo‘natish va manzil bekatlari. Yuk yurish yo‘li. Yuk tashish uchun tarif to‘lovini olishda, jo‘natish va manzil bekatlari orasidagi qisqa masofa bo‘yicha aniqlanadigan, yuk yurish yo‘li. Bir necha temir yo‘l ishtirok etadigan to‘g‘ri yo‘nalishda yuk tashilganida, qisqa masofa, quyidagi tartibga mos tarzda aniqlanadi: 9 yuk olib ketishda – jo‘natish va boshqa temir yo‘lga yuk topshirish bekati orasi bo‘yicha; 9 chetdan yuk keltirishda – chegaradosh temir yo‘ldan qabul qilish bekati va manzil bekati orasi bo‘yicha; 9 tranzitda – har bir temir yo‘lning yukini qabul qilish va topshirish bekatlari orasi bo‘yicha. Temir yo‘lda tashish uchun, 10 mingdan ortiq nomli yuklar, taqdim etiladi. Yuklarni turi bo‘yicha tashish hisobi, Yuklarning umumiy tarif – statistik nomenklaturasi (ro‘yxati) YuUTSNga mos tarzda olib boriladi. 42 Shuni ta’kidlash lozimki, 2004 yil 1-oktyabrdan boshlab xalqaro yo‘nalish- dagi yuk tashishda, Yuklarning uyg‘unlashtirilgan muhim ro‘yxati YuUMR (Актуализованный текст гармонизированной номенклатуры грузов ГНГ) qo‘llanilmoqda, 2005 yildan esa undan mamlakat ichidagi yuk ta- shishda foydalana boshlandi. Yuklarning uyg‘unlashtirilgan muhim ro‘y- xati YuUMR, 22-bo‘lim va 99-bobda joylashgan yuklar umumiy ro‘yxa- tidan, yuklarning tahlil ro‘yxatidan, yuklarning alfavit ro‘yxatidan iborat. Yuk massasi. Yuk jo‘natmasi massasi, temir yo‘l yoki yuk jo‘natuv-chi tarozida o‘lchash orqali aniqlanadi va shu birlikda hisobga olinadi. Tashish haqi – tashish uchun to‘lanadigan haq, belgilangan Tarifga muvofiq har bir jo‘natma bo‘yicha aniqlanadi. Hisob momenti – uni aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydala- niladi: eltib berish davomiyligi; jo‘natish daqiqasi; kelish daqiqasi. Eltib berish davomligi bu, yukni jo‘natishga qabul qilish daqiqasidan, to manzil bekatga yetib kelish daqiqasigacha sarflagan vaqt. Jo‘natish momenti bu, temir yo‘l transporti yuk butligi va uni muddatida manzilga yetkazib berish majburiyatini, zimmasiga olgan daqiqa. Yetib kelish momenti bu, yuk oluvchiga yukni topshirib, temir yo‘l o‘z zimmasidan yuk uchun javobgarlikni olib tashlash, daqiqasi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling