S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Tayanch iboralar: asosiy vazifa; yuk, yo‘lovchi, qo‘l yuki tashish;
temir yo‘l transporti mahsuloti; yuk tashish hajmi; hisobot davri; tashish ishini tavsiflash; qayta hisoblash; joriy hisobi jarayoni; tadqiqot dasturi. 3.2. Yuk tashish statistik kuzatuvini uyushtirish Yuk tashishga qo‘yiladigan asosiy talab, bu, yuk oluvchiga yuklarni but saqlagan holda o‘z vaqtida yetkazib berishdan iborat. Tashishga taqdim etilayotgan yukni, yuk jo‘natuvchi yuk oluvchi nomiga to‘ldirilgan. Yuk xati bilan birga taqdim etishi shart. Yuk xati, yuk bilan birga ketadi va manzilga yetib borgach, yuk oluvchiga yuk bilan birga beriladi. Yuk qabul qilish xati – asosiy huquqiy hujjat, ya’ni temir yo‘l bilan yuk 33 yuboruvchi orasidagi kelishuv. Yuk qabul qilish xatida jo‘natuvchi va manzil bekat nomi 4-sonli Tarif qo‘llanmasiga binoan (yuk nomini, tezlik tartibini, yuklangan vagon raqami va texnik normalarini, uning yuk ko‘tarish qobiliyatini, yuk massasi) ko‘rsatiladi. Yuk qabul qilish xati asosida, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlari , ushbu yukni tashish shartlari belgilanadi. Manzil bekatida yuk xati yuk oluvchiga beriladi. Yo‘l qaydnomasi – yuk tashishni hisobga oluvchi statistik hisob hujjatidir. U uch qismdan iborat: yo‘l qaydnomasining o‘zi, uning bo‘lagi, yuk qabul qilish chiptalari. Yo‘l qaydnomasida, yuk xatidagi ma’lumotlardan tashqari, yuklarni yetkazish muddati norma bo‘yicha va haqiqatda, bir temir yo‘ldan boshqa temir yo‘lga o‘tish bekatining kalendar shtempeli, qisqa tashish masofasi, to‘langan tashish haqi va qo‘shimcha yig‘im va boshqalar jami ko‘rsatiladi. Yuklarni jo‘natish momenti bo‘yicha Hisobot tuzish uchun quyidagi yuk hujjatlardan foydalaniladi: 9 Yuk tashish Yo‘l qaydnomasi bo‘laklari, GU-29, GU-29a, GU-29b, GU-29ts, GU-30, GU-31, GU-31a. shakllari; 9 To‘g‘ri xalqaro yo‘nalishda yuk tashish Yo‘l qaydnomasi bo‘laklari; 9 Qo‘l yuki vagonlarida yuk tashish Yuk-qo‘l yuki chiptasi bo‘laklari, LU-12b. shakli; 9 Vagonli yuk jo‘natmalarni yo‘lovchi poyezdlarda tashish Yo‘l qaydnomasi bo‘lagi, LU-12v. shakl va ishlamaydigan park vagonlarida yuk tashish Yo‘l qaydnomasi bo‘lagi, GU-64 shakl; 9 Tez buzalidigan mahsulotlarini tashish Chiptasi bo‘lagi, LU-15 shakl; 9 Xorij temir yo‘llaridan qabul qilingan yuk Chiptasi bo‘laklari, INU-3, INU-83 shakllari; 9 Suv va avtomobil transportidan qabul qilingan, to‘g‘ri -aralash yo‘nalishdagi yuklarni, uzatish Qaydnomasi, GU-41 shakl; 9 Yangi qurilishlardan qabul qilingan yuklarni topshirish Ro‘yxati, GU- 40 shakl; 9 Jo‘nashga qabul qilingan va vagonlarga ortilgan yuklar bo‘yicha bekatlar hisobotlari, GU-3; Yuklar kelish momenti bo‘yicha Hisobot tuzish uchun , quyidagi hujjatlardan foydalaniladi: 9 Yuk tashish Yo‘l qaydnomalari, GU-29a, GU-29b, GU-29ts, GU-30, GU-31, GU-31a. shakllari; 9 To‘g‘ri xalqaro yo‘nalishda yuk tashish Yo‘l qaydnomalari; 9 Vagonli yuk jo‘natmani yo‘lovchi poyezdlarda tashish Yo‘l qaydnomasi, LU-12v. shakl va Ishlamaydigan park vagonlarida yuk tashish Yo‘l qaydnomasi, GU-64 shakl; 34 9 To‘g‘ri aralash temir yo‘l – suv yo‘nalishi bo‘yicha tashish portlarida yuklarni topshirish Yo‘l qaydnomalari nusxasi; 9 Yuklarni xorij temir yo‘llariga Topshirish qaydnomalari, INU-3, INU- 83 shakllari; 9 Bir temir yo‘ldan ikkinchi temir yo‘lga yuk o‘tayotganida, Yo‘l qaydnomasi orqasida, topshiruvchi bekatning shtempeli sana bilan birga qo‘yiladi. Bu esa, yuk harakati yo‘lini belgilashga va bajarilgan tarif tonno-kilometr yuk aylanmasini taqsimlashga imkon yaratadi. Tashilgan yuk uchun jami tashish haqi, yetib kelgan so‘ngi bekatda aniqlanadi va qo‘shimcha yig‘imlar bilan, Yo‘l qaydnomasida aks ettiriladi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling