S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
3. Statistik xisob: 
a) iqtisodiyot miqyosidagi xisoblar
b) tarmoq miqiyosidagi xisoblar; 
c) korxona miqiyosidagi xisoblar;
d) davlat miqyosidagi xisoblar. 
4. Temir yo’l aksionerlik jamiyati statistika hisobining boshqaruv 
organi – bu: 
a) Respublika miqyosidagi statistika tashkilotlari
b) MTU dagi statistika bo’limlari; 
c) viloyat miqyosidagi statistika tashkilotlari; 
d) statistika va hisob boshqarmasi.
5. Foydalanish statistikasining kuzatish obyekti bo’lib: 
a) lokomotivlar, motorvagon va vagonlarning mavjud parkining ishlovchi 
qismi; 
b) harakatlanuvchi tarkib; 
c) lokomotivlar, motorvagon va vagonlarning mavjud parki;
d) lokomotivlar, motorvagon va vagonlarning ishlovsiz qismi hisoblanadi. 
32


3-bob. Tashish statitikasi. Yuk tashish statistikasi 
 
3.1. Yuk tashish statistikasi, uning mazmuni va vazifasi 
 
Yuk tashish statistikasi temir yo‘l transporti statistikasining, asosiy 
bo‘limlaridan biri. Yuk tashish statistikasi temir yo‘l transportining aso-siy 
vazifasi, ya’ni yuk, yo‘lovchi, qo‘l yuki tashishni o‘rganadi. Tashish 
statistikasining ma’lumotlari ishlab chiqarishni mamlakat miqyosida joy-
lashtirish, temir yo‘l transportidan foydalanish va tashishini tashkil etish 
maslalarini yechish uchun keng qo‘llaniladi, uning boshqaruv tashkilot-lari 
uchun tezkor-taqsimlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular temir yo‘l 
transportining, yuk va yo‘lovchi tashish umumiy hajmidagi, salmog‘ini 
tavsiflashga imkon yaratadi. 
Yuk tashish statistikasining vazifasi. Tashish to‘g‘risidagi statistik 
ma’lumotlarning vazifalari turlicha bo‘lganligi sabab, ular quyidagi ikki 
guruhda ifodalanadi: 
a) yuk tashish statistikasining mamlakat iqtisodiyoti oldidagi vazifasi 
quyidagilarni tavsiflashdan iborat: temir yo‘l transporti mahsuloti va yuk 
tashish hajmini, umumiy transportning bir bo‘lagi tarzida, tavsiflash; mam-
lakat iqtisodiyotining asosiy mahsulotlari bo‘yicha tuman va hu-dudlararo 
aloqani tavsiflash; aholining harakatchanlik darajasini, mam-lakat, uning 
alohida hudud va tashish sifati hamda iqtisodiyot tarmoqlari va aholi 
ehtiyojini qondirish darajasini ta’minlovchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab 
chiqish;
b) yuk tashish statistikasining tarmoq, ya’ni temir yo‘l transporti 
oldidagi vazifasi quyidagilardan iborat: yuk jo‘natuvchilarning, tashishga 
bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini baholash va tahlil qilish uchun asos 
sifatida, tashish hajmi va tarkibini tavsiflash; ilmiy bashoratlash uchun 
tashish rivoji qonuniyatini o‘rganish; noratsional tashishni aniqlash; temir 
yo‘ldagi tashish sifati darajasini tavsiflab beruvchi ko‘rsatkichlar tizimini 
ishlab chiqish. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling