S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100
3.3. Yuk ortish va tushirish hisobi 
 
Yuk ortishni hisobga olish vazifasi tashish operativ rejasi bajarilishini 
kuzatish va mamlakat iqtisodiyotining yuk tashishga bo‘lgan ehtiyoji 
ta’minlanganligini baholashdan iborat. Yuk ortish va tushurish statistik 
hisobi, shuningdek, temir yo‘l barcha bo‘linmalari foydalanish ishini 
tashkil etish, shu hisobda temir yo‘l vagonlar parkini to‘g‘ri boshqarish, 
yuk vagonlaridan foydalanish ko‘rsatikchlarini hisoblash uchun zarur. 
Kuzutish obyekti bo‘lib, vagonlarga ortilgan va tushurilgan yuklar ja- 
mi xizmat qiladi. 
O‘lchov birligi. Statistikada yuk ortish va tushurishni o‘lchash vagon 
va tonna hisob birligida olib boriladi. Vagon o‘lchov birligidagi yuk ortish 
ko‘rsatkichi, asosan foydalanish ishini tavsiflash va sifat ko‘rsatkichlarini 
hisoblashda, tonna birligidagi yuk ortish ko‘rsatkichi esa tashish operativ 
plani bajarilishini baholashda qo‘llaniladi. 
Hisob momenti. Yuk ortish va tushurishni hisobga olishda har bir daqi- 
37


qa turi alohida ajratiladi:
1. Quyidagi hollarda, yuk ortish momenti tugagan, deb hisoblanadi: 
9 umumiy foydalanuv joylaridagi yuk ortish, boshqa kenglik izidagi 
vagonlardan qayta ortish, avtomobil va suv transoprti yuklarini to‘g‘ri 
aralash yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha qayta ortish – Yo‘l qaydnomasini 
tuzish sharti bilan haqiqatda yuk ortish payti tugagan;
9 umumiy foydalanuvda bo‘lmagan joylardagi yuk ortish – temir yo‘l 
lokomotivi bilan olib chiqilgan vagon tayyorligi to‘g‘risida Xabarnoma 
olish payti yoki yuk jo‘natuvchi lokomotivi bilan kelishuvda 
belgilangan joyga yuklangan vagonni olib chiqish payti (ikkala holda 
ham Yo‘l qaydnomasini tuzish vaqti tugagash sharti bilan); 
9 yuklarni qayta yuklashsiz, shuningdek, boshqa kenglik izlariga qo‘yish 
bilan yangi qurilish va xorij temir yo‘llaridan yuklangan vagonlarni 
qabul qilish – uzatish Qaydnomasida ko‘rsatilgan paytda 
rasmiylashtirish. 
2.Quyidagi hollarda, yuk tushurish momenti tugagan, deb hisoblanadi: 
9 to‘g‘ri aralash yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha umumiy foydalanuv 
joylaridagi yuk tushurish yoki boshqa kenglik temir yo‘l izidagi 
vagonga yoki avtomobil va suv transportiga qayta yuklash –Vagon 
varag‘ida belgilangan yuk tushurish vaqtining haqiqiy tugash payti; 
9 umumiy foydalanuvda bo‘lmagan joylardagi yuk tushirish: 
• temir yo‘l vagonlar parki, shuningdek, xususiy vagonlar uchun esa 
ijarachiga qarashli bo‘lmagan yo‘lda yuklarni tushirish - temir yo‘l 
lokomotivi bilan tortib chiqilgan vagon tayyorligi to‘g‘risida 
Xabarnoma olish payti yoki yuk oluvchi lokomotivi bilan kelishuvda 
belgilangan joyga bo‘shatilgan vagonni olib chiqish payti; 
• umumiy foydalanuvdagi temir yo‘l iziga, belgilangan tartibda 
chiqishga ruxsat berilgan boshqa vazirlik hamda idoralarning korxona 
va tashkilotlariga tegishli vagonlar, shuningdek, arendator temir yo‘l 
izida yuk tushirishi mumkin bo‘lgan ijaradagi vagonlar uchun - 
korxonalar yordamchi yo‘liga vagonlarni yetkazish payti.
Quyida keltirilgan daqiqalar, vagonlarni keltirib berish va yig‘ishtirish 
Qaydnomalarida ko‘rsatiladi: 
9 qo‘shaloq amallar tartibidagi yukli vagonlarni, umumiy foydalanish 
joyiga keltirib berish – kelishuv bo‘yicha tushurish muddatining tugash 
payti; 
9 qayta yuklashsiz yangi qurulish va xorijiy temir yo‘llarga yukli vagon-
larni topshirish, shuningdek, g‘ildirak juftligini almashtirish-Uzatish 
qaydnomasida ko‘rsatilgan yukni topshirishni rasmiylashtirish payti; 
38


9 platformadan olmasdan turib konteynerlardan yukni tushurishda-kon-
teynerga yangi ortilgan yukni tashishga yoki boshqarish tartibida yuk-
siz holdagi konteynerlarni jo‘natish uchun Yo‘l qaydnomasini rasmiy-
lashtirish vaqti tugash payti; 
Yuk ortish va yuk tushurish. Yuk ortish va yuk tushurish ishi, temir 
yo‘lda sutkaviy hisobotning, asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladi. 
Ular tonna va vagon o‘lchov birligida hisoblanadi. Sutkaviy o‘rtacha 
ma’lumotlar, reja bajarilishini nazorat qilish, mintaqaviy temir yo‘l uzellari 
ish darajasini solishtirish uchun qo‘llaniladi.
Qayd etiladigan belgilar va guruhlash. Har bir vagon bo‘yicha, yuk 
ortish va yuk tushirishni hisobga olish asosiy belgilari quyidagilardan ibo-
rat: yuk ortish va tushirish sanasi va vaqti; yuk ortish bekati va temir yo‘li; 
vagon turi va raqami; vagonning tonnada yuk ko‘tarish imkoniyati; yetib 
borish temir yo‘li; ortilgan yuk nomi va massasi; eksport yuk to‘g‘risidagi 
belgi. Mana shunday ma’lumotlar, yuk ortish va tushurish to‘g‘risida tezkor 
statistik Hisobot tuzish, maxsus kuzatuvlarni o‘tkazish imkonini beradi. 
Yuk ortish va yuk tushirish hisob belgilari. Temir yo‘lda quyidagi 
vagonlar, tashish uchun yuklangan vagonlar, deb hisoblanadi: 
9 umumiy va noumumiy foydalanuv joylarida bevosita yuk jo‘natuv-
chidan tashishga qabul qilingan yuklar bilan yuklangan;
9 avtomobil va suv(daryo va dengiz) transportidan, to‘g‘ri aralash 
yo‘nalish hujjatlari bo‘yicha, temir yo‘lda tashishni davom ettirish 
uchun uzatilgan yuklar bilan yuklangan;
9 mamlakat hududida joylashgan, boshqa kenglikdagi temir yo‘l izidan 
tushgan yuklar bilan yuklangan;
9 yangi qurulishlarda yuklangan va yangi qurulayotgan temir yo‘l izla-
ridan qabul qilingan. Foydalanuvdagi temir yo‘l bekatlarida yuklangan 
va yangi qurulishni tranzit bilan o‘tgan vagonlar, yangi qurulishdan 
qabul qilish punktida yuklanganlar hisobiga kirgizilmaydi; 
9 xorij temir yo‘llaridan qayta ortishsiz qabul qilingan yoki boshqa
kenglikdagi temir yo‘l iziga qo‘yilgan yukli vagonlar
9 xorij temir yo‘llariga tegishli vagonlardan chegaradagi bekatlarda yoki 
qaytadan yuklash bazalarida olingan yuklar bilan yuklangan; 
9 temir yo‘l parkidagi yukli vagonlar, egasi boshqa va ular tomonidan 
ijaraga olingan, temir yo‘l boshqaruvi maxsus ruxsati bo‘yicha, rejada 
belgilangan yuklarni tashish uchun, umumiy temir yo‘l iziga chiqish 
huquqiga ega bo‘lgan vagonlar; 
9 yuk hujjatlari bo‘yicha odamlarni tashish uchun (jo‘natish bekatida 
faqat bir martta yuk ortishda hisobga olinadi) yuk parkidan qabul 
qilingan vagonlar; 
39


9 yuk poyezdlaridagi yig‘ma-tarqatma va barcha poyezdlardagi (jo‘natish 
bekatida faqat bir martta yuk ortishda hisobga olinadi) sut vagonlari; 
9 bekat ichidagi, temir yo‘l rahbariyati ruxsati asosida va kalendar oy 
tashish rejasida belgilangan, tashishdagi yuklar bilan yuklangan; 
9 mayda jo‘natmalar va tranzit bilan birga, ularni 50 % va undan ortiq 
yuklari ushbu temir yo‘lning o‘zi qabul qilgan konteynerlar bilan 
yuklangan yig‘ma vagonlar. Mayda jo‘natmali vagonlar, yuk ortishda 
ortilgan yuk massasiga qarab, konteynerlar bilan esa - yukli 
konteynerlarni vagonga ortilgan soni bo‘yicha hisobga olinadi; 
9 tirmakli uzun o‘lchamli yuklarni tashish uchun band qilingan vagonlar. 
Quyidagi vagonlar, yuk ortishda U
gr 
hisobga olinmaydigan vagonlar 
qatoriga kiritiladi: 
9 “Manzili o‘zgartirilgan” shtempelli yangi va eski yuk hujjatlari 
bo‘yicha harakat yo‘lida yoki yetib borish bekatida manzili 
o‘zgartirilgan vagonlar; 
9 mayda jo‘natma va konteynerlarni saralash va texnik hamda tijorat 
nosozligi tufayli qayta yuklangan, shuningdek, agar qayta yuklash 
nochegara bekatida bajarilayotgan bo‘lsa, xorij temir yo‘llariga 
taalluqli keng izli vagonlardan qayta yuklashda band bo‘lgan vagonlar; 
9 bevosita chegara yoki davlat chegarasiga yaqin bekatda yuklangan, chet 
elga chiquvchi va chegara bekatga yetib keluvchi, xorijdan kelgan yoki 
umumiy foydalanuvdagi izga chiqish huquqi bo‘lmagan boshqa vazirlik 
hamda idoralar, korxona va tashkilotlariga tegishli vagonlar; 
9 bekat va depo hududini tozalashda chiqqan qor va axlat bilan 
yuklangan vagonlar; 
9 umumiy temir yo‘l bekatlarida va yangi qurulishlarda, faqat yordam-
chi temir yo‘l izlarida tashish uchun yuklangan vagonlar, ruxsat 
berilgan bekat ichidagi tashishdan tashqari; 
9 chipta bo‘yicha yo‘lovchi tashish uchun band qilingan; 
9 yo‘lovchi va yo‘lovchi yuk poyezdlarida va qo‘l yuki sifatida vaqtincha 
ishlatiladigan yuk vagonlari; 
9 pochta tashish uchun band qilingan yuk parki vagonlari; 
Vagondan yuk tushirishni ∑U

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling