S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100

o‘rtacha tezligi,
 
jo‘natmalar bosgan (jo‘natma-
kilometr) masofasini yuklarning yo‘lda yurish vaqti (jo‘natma-sutka), ya’ni 
yuklarni tashishga qabul qilingan daqiqadan to tushirish daqiqasigacha 
bo‘lgan vaqtga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Yuklarni eltib berish normativi. Har bir jo‘natma kategoriyasi bo‘yicha, 
tezlik tartibi va tashish masofasiga qarab, eltib berish normativi beglgi-
langan. Jo‘natmalarni eltib berish normativi quyidagi vaqt harajatlari jami-
dan iborat: bitta boshlang‘ich va oxirgi opeartsiyalar vaqti; yuk harakati 
vaqti; temir yo‘llar orasidagi uzel va ulashgan bekatlarni o‘tish vaqti.
O‘rtacha statik R
st
 yuklama, tonnada ∑n
gr
 yuklangan yuklar massasini 
bu massa ortilgan vagonlar ∑u 
gr 
soniga nisbati tarzda aniqlanadi:
R
st = 
∑n 
gr 
∑u 
gr
tonna / vagon 
O‘rtacha R
st 
statik yuklama, jami va Operativ nomenklaturadagi 
alohida tashilayotgan yuklarni ortish daqiqasidagi, vagonning yuklanish 
darajasini tavsiflaydi. 
Yuklarning tashishlik koeffitsiyenti, hisobot davrida tashilgan yuklar 
massasining ushbu davrda shu nomda ishlab chiqarilgan tovarlar mas-
sasiga nisbati tarzda, aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich, alohida yuklar qiyma-tida 
transport ulushining tahlilida qo‘llaniladi va u odatda birdan kichik.
Tayanch iboralar: hajm va sifat ko‘rsatkichlari; jo‘natilgan yuklar; 
yo‘l qaydnomasi; yo‘l qaydnomasi koreshogi; tarif yuk aylanmasi; yuklarni 
tashish zichligi; yuk tashish uzoqligi ko‘rsatkichi; yuklarni eltib berish 
davomiyligi; yuklarni eltib berish o‘rtacha tezligi.
3.6. Yuk tashish to‘g‘risida hisobot, tanlov tahsili 
 
Statistik hisobot tizimi, temir yo‘l transporti barcha bo‘g‘inlarida ha-
rakatdagi tarkib, mehnat va moddiy resurslardan foydalanish bilan bog‘-
lagan holda, umuman va yuk turlari bo‘yicha tashish bajarilishi holatini 
tavsiflashni nazarda tutadi. Hisobot, bekatlarda asosan qo‘lyozma shaklida 
kichik mexanizatsiyani, temir yo‘l uzellari va umuman temir yo‘l transporti 
46


darajasida esa elektron hisoblash vositalari qo‘llagan holda tuziladi. Jo‘na-
tilagan, kelgan yuklar to‘g‘risidagi va bekat ma’lumotlari umumlashtirish 
yo‘li bilan temir yo‘lning alohida bo‘limlar bo‘yicha olingan ba’zi bir 
boshqa hisobot ma’lumotlarni, temir yo‘l tarnsportining “Ma’lumot 
hisoblash markazi” da olish mumkin.  
Yuk tashish temir yo‘l statistikasi, temir yo‘llararo va mintaqalararo 
yuk tashish korrespondensiyasi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlariga, 
shuningdek, tashish sifatini har tomonlama tahlil qilish va ularni 
takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi 
boshqa ma’lumot va ko‘rsatkchlarga ega. 
Temir yo‘l foydalanish faoliyatining operativ boshqaruvida 
qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Statistik hisobot esa, yuzaga kelgan 
qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha, qaror qabul qilishga zarur bo‘lgan 
ma’lumotlarga ega emas. Shu bois, tanlovli tekshirish usuli qo‘llaniladi, bir 
yo‘la qayta ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Tashishdagi yuk va vagonlarni bir 
yo‘la qayta ro‘yxatga olishda ularning quyidagi asosiy belgilari qayd 
qilinadi: qayta ro‘yxatga olish sanasi va vaqti, qayta ro‘yxatga olish bekati, 
manzil bekati va temir yo‘li, yuk turi, turlari bo‘yicha vagonlar soni. Bu va 
boshqa belgilar, qayta ro‘yxatga olish paytida temir yo‘ldagi vagonlardagi 
yuklarni yoki yuklangan vagonlarni, temir yo‘l va yuklarni tushirish 
punktlari yoki xorij temir yo‘llariga, boshqa transport turiga uzatilgan 
yuklarni aniqlashga imkon beradi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling