S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


 Yuk tashish tugagach “Yuk xati” kimga beriladi?


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
13. Yuk tashish tugagach “Yuk xati” kimga beriladi? 
a) revizorga; 
b) fuditorga; 
c) *yuk oluvchiga
d) kassaga. 
14. Tashilayotgan yuk miqdori va harakatini ifodalovchi ko‘rsatkich-
lar qanday ko‘rsatkichlar deb ta’riflanadi? 
a) sifat ko‘rsatkichlari; 
b) oddiy ko‘rsatkichlar; 
c) *hajm ko‘rsatkichlari; 
d) murakkab ko‘rsatkichlar. 
15. Temir yo‘l transporti mahsulotini qaysi ko‘rsatkich ifodalaydi? 
a) tashish; 
b) yuk ortish; 
c) *tarif yuk aylanmasi; 
d) yuk tushirish. 
16. Tarif yuk aylanmasi qaysi hujjat asosida aniqlanadi? 
a) nakladnoy; 
b) kvitansiya; 
c) *yo‘l qaydnomasi; 
d) ro‘yxat. 
17. Tarif yuk aylanmasi, yukni hisobga olishning qaysi daqiqasi 
bo‘yicha, aniqlanadi? 
a) jo‘natilgan; 
b) turgan; 
c) *yuk yetib kelgan daqiqasi; 
d) ortilgan
52


18. Yuk tashishda, qaysi ko‘rsatkich harakatdagi tarkibga bo‘lgan 
talabni belgilash uchun, asos qilib olinadi? 
a) sifat ko‘rsatkich; 
b) park soni; 
c) *hajm ko‘rsastkichi; 
d) nisbiy ko‘rsatkich; 
19. Bir tonna tashilgan yuk masofasini ifodalovchi ko‘rsatkich nima 
deb ataladi? 
a) zichlik; 
b) yuklama; 
c) *yuk tashish o‘rtacha masofasi; 
d) jo‘natma; 
20. Uchastkadagi yuk oqimi shiddatini qaysi ko‘rsatkich tavsiflaydi? 
a) yuk ortish; 
b) yuk tushirish; 
c) *tashish zichligi; 
d) tashish uzunligi. 
 
53


4-bob. Tashish statistikasi. Yo’lovchi tashish statistikasi
 
4.1. Yo‘lovchi tashish hisobini uyushtirish 
 
Yo‘lovchi tashish statistikasining zarurati. Mamlakat ijtimoiy va 
iqtisodiy hayotida yo‘lovchilarni tashish, ularni o‘z vaqtida manziliga 
yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Temir yo‘l transportida yo‘lovchi 
tashish yil sayin muntazam ortib bormoqda. Bu o‘z navbatida, mamlakat 
aholisining ortib borishi, respublika hududlarida ishlab chiqarish kuchla-
rining rivojlanishi, aholi farovonligining ortishi, xorij mamlakatlari bilan 
iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarning kengayishi bilan bog‘liq. Yo‘-
lovchi tashish hajmining muntazam ortib borishi tashish ishlarini 
rejalashtirish va tashkil etishni takomillashtirishni taqozo etadi. Ushbu 
masalalarni yechishda yo‘lovchilarni tashish to‘g‘risidagi statistik ma’lu-
mot muhim ahamiyatga ega.
Yo‘lovchi tashish statistikasining asosiy vazifasi. Yo‘lovchi tashish 
statistikasining asosiy vazifalari yo‘lovchi tashish hajmi va tarkibi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, shuningdek, ular rivojining asosiy 
qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
Yo‘lovchi tashish statistikasining kuzatuv obyekti. Yo‘lovchi tashish 
statistikasining kuzatuv obyekti bo‘lib, to‘lovli chipta va unga tenglash-
tirilgan hujjatlar hamda amaldagi ko‘rsatmaga muvofiq bepul chiptalar 
asosida yo‘lovchi park vagonlarida, motorvagon va dizel harakatidagi 
tarkibda, umumiy temir yo‘l bo‘ylab avtomotritsallarda tashilgan yo‘lov-
chilar xizmat qiladi. Temir yo‘lda yo‘lovchi tashish poyezdlari ikki 
kategoriyaga ajratilgan: yo‘lovchi va tezkor poyezdlar. 
Yo‘lovchi tashish statistikasining hisob birligi. Yo‘lovchi tashishni 
hisobga olishda uning kuzatuv birligi bo‘lib, jo‘natish bekatidan manzil 
bekatga bir yo‘nalishda bajarilgan bitta yo‘lovchi safarini ifodalovchi 
Yo‘lovchi safari” xizmat qiladi. Yo‘lovchi tashishni hisobga olishda, zona 
chiptalari asosidagi “u yoqqa” yo‘lovchi safari bo‘yicha jo‘natish bekati 
bo‘lib, chiptani sotgan bekat esa jo‘natish bekati deb hisoblanadi , “orqaga 
qaytish” safarida esa faqat jo‘natgan zona hisobga olinadi. Yo‘-lovchi 
safari masofasi, sotilgan chiptalarda ko‘rsatilgan jo‘natish punkti-dan 
oraliq uzellar orqali to manzil punktgacha aniqlanadi. Temir yo‘l uchun 
yo‘lovchi tashish umumiy masofasi, sotilgan chiptalar to‘g‘risi-dagi 
hisobotda ko‘rsatilgan, yo‘lovchi yurgan yo‘nalish bo‘yicha aniqla-nadi. 
Mintaqaviy temir yo‘l uzellari doirasida yo‘lovchi tashish maso-fasi, 
barcha hollarda yo‘lovchi tashish poyezdlarining, eng qisa yo‘nalish yo‘li 
bo‘yicha hisobga olinadi. Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish 
bo‘yicha statistik hisobot, to‘g‘ri, mahalliy, shahar atrofi va xalqaro 
54


yo‘nalishlar bo‘yicha alohida tuziladigan, yo‘lovchi chiptalari sotilgan-ligi 
to‘g‘risidagi bekatlar hisobotlari asosida tuziladi. Yo‘lovchi tashish, shahar 
atrofidagi yo‘nalishda quyidagi tarif turlari bo‘yicha, hisobga olinadi: 
zonali; kilometr bo‘yicha; abonementli; umumiy. 
Yo‘lovchi tashish kuzatuvining hisob momenti. Chipta sotilgan sana, 
yo‘lovchi tashish kuzatuvining hisob daqiqasi bo‘lib xizmat qiladi. Jo‘-
natish bo‘yicha hisobotda yo‘lovchi boshqa kalendar oyida safar qilgan 
bo‘lsada, u chipta sotib olgan kalendar oyida chiptaga muvofiq hisobga 
olinadi. Shahar atrofi abonent chiptalari bo‘yicha safarlar, ushbu chipta-lar 
foydalanilgan kalendar oylar bo‘yicha, teng bo‘laklarda hisobga olinadi. 
Yo‘lovchining har bir safari bo‘yicha hisobotda quyidagi belgi-lar 
ifodalanadi: jo‘natish va manzil bekati va temir yo‘li; poyezd va va-gon 
kategoriyasi; uzatish punktlari; poyaslar raqami; uzoqlik masofasi va 
zonasi; tashish kategoryasining bahosi; chipta sotilganligi hisobi; tarif turi 
va tashish haqi miqdori. 
Yo‘lovchi tashish kuzatuvining dastlabki manbalari. Sotilgan chipta-lar 
to‘g‘risidagi kalendar oylik bekatlar hisobotlari , yo‘lovchi tashish 
statistikasining dastlabki manbalari bo‘lib xizmat qiladi. Sotilgan chipta-lar 
to‘g‘risidagi kalendar oylik bekatlar hisobotlari asosida, temir yo‘l 
Ma’lumot hisoblash markazi” belgilangan dastur bo‘yicha, yo‘lovchi-
larni tashish to‘g‘risidagi statistik hisobotni ishlab chiqadi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling