S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Tayanch iboralar: yo‘lovchi tashish hajmi; yo‘lovchi tashish hajmi va
tarkibi; ishlarini rejalashtirish va tashkil etish; to‘lovli chipta va unga tenglashtirilgan hujjatlar; yo‘lovchi safari; dastlabki kuzatuv manbalari. 4.2. Yo‘lovchi tashish statistikasi ko‘rsatkichlari va guruhlash Yo‘lovchi tashish statistikasi ko‘rsatkichlari hajm va sifat ko‘rsatkichlari guruhlaridan iborat. Yo‘lovchi tashish statistikasi hajm ko‘rsatkichlari qatoriga quyidagilar kiradi: 9 jo‘natilgan yo‘lovchilar ∑ p gr P bu, temir yo‘l bekatlaridan hisobot davrida sotilgan yo‘lovchi tashish chiptalar soni. 9 tashilgan yo‘lovchilar ∑ P P bu, hisobot davrida xarid qilingan chip- talar bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni. 9 yo‘lovchi aylanmasi ∑ l P P bu ko‘rsatkich, yo‘lovchilar sonini ular tashilgan masofa bilan birga tavsiflaydi va yo‘lovchi kilometrda o‘lchanadi. Yo‘lovchi aylanmasi ko‘rsatkichi, temir yo‘l uchun barcha yo‘nalishdagi yo‘lovchi aylanmasining yig‘indisi tarzida aniqlanadi: ( ) ( ) ( ) ∑ ∑ ∑ + = l P l P l P P P P (yo‘lovchi-km) 55 shahar atrofidagi yo‘nalishda uzoq yo‘nalish Qabul qilingan Olib kirilgan Tranzit yo‘lovchilar soni = yo‘lovchilar soni + yo‘lovchilar soni Tashilgan Jo‘natilgan Qabul qilingan yo‘lovchilar soni = yo‘lovchilar soni + yo‘lovchilar soni Temir yo‘l statistikasida yo‘lovchi tashish yo‘nalish turi, hududiy belgisi, geografik pozitsiyasi va uzoqlik poyaslari bo‘yicha alohida guruhlarga ajratib hisobga olinadi. Yo‘lovchi tashish quyidagi alohida yo‘nalish turlariga ajratiladi: 9 shahar atrofida tashish - katta ma’muriy markazlarga tutash bo‘lgan uchastkalar doirasida yo‘lovchi tashish; 9 mahalliy tashish - bitta temir yo‘l miqyosidagi yo‘lovchi tashish; 9 to‘g‘ri yo‘nalishda tashish – ikkitadan kam bo‘lmagan temir yo‘llar doirasidagi yo‘lovchi tashish; 9 uzoq yo‘nalishda tashish – mahalliy va to‘g‘ri yo‘nalishlardagi tashish yig‘indisiga teng; 9 to‘g‘ri yo‘nalishda tashish – olib ketish, keltirish va tranzit yig‘indisidan iborat. Yo‘lovchi tashish, yo‘nalish turlari bo‘yicha iqtisodiy guruhlanishi quyidagilarni tavsiflaydi: a) hududiy guruhlash - tashilgan yo‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumot-larni hududiy guruhlarga ajratish asosida muhim bekat yoki uzellar bo‘yicha jo‘natish ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Jo‘natilgan yo‘lovchilar to‘g‘risi- dagi bekatlar ma’lumoti umumlashtirilgach, mintaqaviy temir yo‘l uzellari, temir yo‘l transporti va ma’muriy rayonlar bo‘yicha jo‘natil- gan yo‘lovchilar soni aniqlanadi. Bu har bir bekat, mintaqaviy temir yo‘l uzeli, temir yo‘l transporti, ma’muriy rayon bo‘yicha umuman va yo‘nalishlar kesimida tashish miqdorini tavsiflashga imkon yaratadi. b) geografik pozitsiyalar bo‘yicha mahalliy va to‘g‘ri yo‘nalish turlariga guruhlash - mamlakat rayonlari va mintaqaviy temir yo‘l uzellari orasida yo‘lovchi tashish bo‘yicha aloqalarni tavsiflashga sharoit yaratadi. Tashish statistikasi hajm ko‘rsatkichlari yo‘lovchi tashish miqdori va temir yo‘l mahsulotini tavsiflaydi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling