S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
K
foydalanish =O‘rtacha amalda ishlagan xodimlar soni/O‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni Keyingi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil keyingi bo‘limlarda qarab chiqiladi. Ishchi kuchi harakatini vaqt bo‘yicha, korxonalar bo‘yicha intensivligi- 111 ni o‘rganish maqsadida quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlar aniqlanadi: K qabul qilish = Ishga qabul qilinganlar soni/ o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni *100% K ishdan bo‘shash = Ishdan bo‘shaganlar soni / o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni *100% K xodimlar sonini to‘ldirish = Ishga qabul qilinganlar soni/bo‘shaganlar soni *100% K doimiylik = O‘rganilayotgan davr ro‘yxatda turgan xodimlar soni/ o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni100% Ishga qabul qilish va ishdan bo‘shash natijasida ishchi kuchi sonining o‘zgarishi ishchi kuchi harakati deb ataladi. Undan ifodalash uchun quyidagi mutlaq ko‘rsatkichlar aniqlanadi: – qabul qilish oboroti (ishga qabul qilinganligi haqida buyruq chiqaril- gan); – ishdan bo‘shash oboroti (ishdan bo‘shaganligi haqida buyruq –chiqa- rilgan); – ishchi kuchi umumiy oboroti (qabul qilingan va bo‘shaganlarning umumiy soni). O‘z xohishi bilan ishdan bo‘shagan kishilar qatoriga quyidagilar kiradi: o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shaganlar, shuningdek, quyidagilar: tanlovdan o‘tish natijasida boshqa joyga o‘tganlar, yashash uchun boshqa joyga ko‘chganlar, kasallik yoki nogironlik, o‘qishga kirish, nafaqaga chiqish, oilada bemor kishiga qarash, ikki tamonlama bitimga asosan ishdan bo‘shagan kishilar. Ishga qabul qilish va bo‘shash haqidagi ma’lumotlar asosida ham kor- xona, ham milliy iqtisodiyot darajasida quyidagicha ishchi kuchi balansi tuziladi. T 0 +QQ-B=T 1 Bunda, T 0 –davr boshidag xodimlar soni QQ-qabul qilinganlar soni, shu jumladan, manbalar bo‘yicha: – bandlik xizmati yo‘llanmasi bilan; – boshqa korxonalardan o‘tkazilganlar; – boshqa manbalardan (korxonalarning o‘zlari qabul qilgan, o‘qishdan, armiya xizmatidan qaytgan). B- ishdan bo‘shaganlar soni, shu jumladan, sabablar bo‘yicha: – boshqa tashkilotga o‘tkazish sababli; – xodimning xohishi bilan mehnat bitimini tugallash (o‘z xohishi bilan); – korxonaning xohishi bilan mehnat bitimini to‘xtatish, armiya safiga chaqarish sababli; – boshqa sabablar bilan. 112 T 1 - davr oxiridagi xodimlar soni. Aholi bandligini o‘rganish uchun korxona va tashkilotdagi ish joylari- ning yangisini barpo qilish va ba’zilarini tugatish bo‘yicha harakatini ham o‘rganishni taqoza qiladi. Bandlik xizmatlari idoralari korxona va tashkilotlardan ularning xodimlarga bo‘lgan talabini olib o‘rganadilar va shu ma’lumotlar asosida statistika quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblaydi: – ish joylarining umumiy soni - umumiy mavjud ish joylari + bo‘sh ish o‘rinlari; – bo‘sh ish joylar soni (korxona va tashkilotlarning byurtmasi asosida aniqlanadi; – yangi kiritilgan ish joylari soni (ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta qurish va ish smenalarining ortishi natijasida va h.k.) – bir bo‘sh ish joyga band bo‘lmagan aholining yuklamasi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling