S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Yuk tashish tugagach “Yuk xati” kimga beriladi?
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15. Temir yo‘l transporti mahsulotini qaysi ko‘rsatkich ifodalaydi
- 17. Tarif yuk aylanmasi, yukni hisobga olishning qaysi daqiqasi bo‘yicha, aniqlanadi
- 18. Yuk tashishda, qaysi ko‘rsatkich harakatdagi tarkibga bo‘lgan talabni belgilash uchun, asos qilib olinadi
- 20. Uchastkadagi yuk oqimi shiddatini qaysi ko‘rsatkich tavsiflaydi a) yuk ortish; b) yuk tushirish; c) *tashish zichligi; d) tashish uzunligi.
- 4-bob. Tashish statistikasi. Yo’lovchi tashish statistikasi 4.1. Yo‘lovchi tashish hisobini uyushtirish
13. Yuk tashish tugagach “Yuk xati” kimga beriladi?
a) revizorga; b) fuditorga; c) *yuk oluvchiga; d) kassaga. 14. Tashilayotgan yuk miqdori va harakatini ifodalovchi ko‘rsatkich- lar qanday ko‘rsatkichlar deb ta’riflanadi? a) sifat ko‘rsatkichlari; b) oddiy ko‘rsatkichlar; c) *hajm ko‘rsatkichlari; d) murakkab ko‘rsatkichlar. 15. Temir yo‘l transporti mahsulotini qaysi ko‘rsatkich ifodalaydi? a) tashish; b) yuk ortish; c) *tarif yuk aylanmasi; d) yuk tushirish. 16. Tarif yuk aylanmasi qaysi hujjat asosida aniqlanadi? a) nakladnoy; b) kvitansiya; c) *yo‘l qaydnomasi; d) ro‘yxat. 17. Tarif yuk aylanmasi, yukni hisobga olishning qaysi daqiqasi bo‘yicha, aniqlanadi? a) jo‘natilgan; b) turgan; c) *yuk yetib kelgan daqiqasi; d) ortilgan; 52 18. Yuk tashishda, qaysi ko‘rsatkich harakatdagi tarkibga bo‘lgan talabni belgilash uchun, asos qilib olinadi? a) sifat ko‘rsatkich; b) park soni; c) *hajm ko‘rsastkichi; d) nisbiy ko‘rsatkich; 19. Bir tonna tashilgan yuk masofasini ifodalovchi ko‘rsatkich nima deb ataladi? a) zichlik; b) yuklama; c) *yuk tashish o‘rtacha masofasi; d) jo‘natma; 20. Uchastkadagi yuk oqimi shiddatini qaysi ko‘rsatkich tavsiflaydi? a) yuk ortish; b) yuk tushirish; c) *tashish zichligi; d) tashish uzunligi. 53 4-bob. Tashish statistikasi. Yo’lovchi tashish statistikasi 4.1. Yo‘lovchi tashish hisobini uyushtirish Yo‘lovchi tashish statistikasining zarurati. Mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy hayotida yo‘lovchilarni tashish, ularni o‘z vaqtida manziliga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish yil sayin muntazam ortib bormoqda. Bu o‘z navbatida, mamlakat aholisining ortib borishi, respublika hududlarida ishlab chiqarish kuchla- rining rivojlanishi, aholi farovonligining ortishi, xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarning kengayishi bilan bog‘liq. Yo‘- lovchi tashish hajmining muntazam ortib borishi tashish ishlarini rejalashtirish va tashkil etishni takomillashtirishni taqozo etadi. Ushbu masalalarni yechishda yo‘lovchilarni tashish to‘g‘risidagi statistik ma’lu- mot muhim ahamiyatga ega. Yo‘lovchi tashish statistikasining asosiy vazifasi. Yo‘lovchi tashish statistikasining asosiy vazifalari yo‘lovchi tashish hajmi va tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, shuningdek, ular rivojining asosiy qonuniyatlarini aniqlashdan iborat. Yo‘lovchi tashish statistikasining kuzatuv obyekti. Yo‘lovchi tashish statistikasining kuzatuv obyekti bo‘lib, to‘lovli chipta va unga tenglash- tirilgan hujjatlar hamda amaldagi ko‘rsatmaga muvofiq bepul chiptalar asosida yo‘lovchi park vagonlarida, motorvagon va dizel harakatidagi tarkibda, umumiy temir yo‘l bo‘ylab avtomotritsallarda tashilgan yo‘lov- chilar xizmat qiladi. Temir yo‘lda yo‘lovchi tashish poyezdlari ikki kategoriyaga ajratilgan: yo‘lovchi va tezkor poyezdlar. Yo‘lovchi tashish statistikasining hisob birligi. Yo‘lovchi tashishni hisobga olishda uning kuzatuv birligi bo‘lib, jo‘natish bekatidan manzil bekatga bir yo‘nalishda bajarilgan bitta yo‘lovchi safarini ifodalovchi “Yo‘lovchi safari” xizmat qiladi. Yo‘lovchi tashishni hisobga olishda, zona chiptalari asosidagi “u yoqqa” yo‘lovchi safari bo‘yicha jo‘natish bekati bo‘lib, chiptani sotgan bekat esa jo‘natish bekati deb hisoblanadi , “orqaga qaytish” safarida esa faqat jo‘natgan zona hisobga olinadi. Yo‘-lovchi safari masofasi, sotilgan chiptalarda ko‘rsatilgan jo‘natish punkti-dan oraliq uzellar orqali to manzil punktgacha aniqlanadi. Temir yo‘l uchun yo‘lovchi tashish umumiy masofasi, sotilgan chiptalar to‘g‘risi-dagi hisobotda ko‘rsatilgan, yo‘lovchi yurgan yo‘nalish bo‘yicha aniqla-nadi. Mintaqaviy temir yo‘l uzellari doirasida yo‘lovchi tashish maso-fasi, barcha hollarda yo‘lovchi tashish poyezdlarining, eng qisa yo‘nalish yo‘li bo‘yicha hisobga olinadi. Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish bo‘yicha statistik hisobot, to‘g‘ri, mahalliy, shahar atrofi va xalqaro 54 yo‘nalishlar bo‘yicha alohida tuziladigan, yo‘lovchi chiptalari sotilgan-ligi to‘g‘risidagi bekatlar hisobotlari asosida tuziladi. Yo‘lovchi tashish, shahar atrofidagi yo‘nalishda quyidagi tarif turlari bo‘yicha, hisobga olinadi: zonali; kilometr bo‘yicha; abonementli; umumiy. Yo‘lovchi tashish kuzatuvining hisob momenti. Chipta sotilgan sana, yo‘lovchi tashish kuzatuvining hisob daqiqasi bo‘lib xizmat qiladi. Jo‘- natish bo‘yicha hisobotda yo‘lovchi boshqa kalendar oyida safar qilgan bo‘lsada, u chipta sotib olgan kalendar oyida chiptaga muvofiq hisobga olinadi. Shahar atrofi abonent chiptalari bo‘yicha safarlar, ushbu chipta-lar foydalanilgan kalendar oylar bo‘yicha, teng bo‘laklarda hisobga olinadi. Yo‘lovchining har bir safari bo‘yicha hisobotda quyidagi belgi-lar ifodalanadi: jo‘natish va manzil bekati va temir yo‘li; poyezd va va-gon kategoriyasi; uzatish punktlari; poyaslar raqami; uzoqlik masofasi va zonasi; tashish kategoryasining bahosi; chipta sotilganligi hisobi; tarif turi va tashish haqi miqdori. Yo‘lovchi tashish kuzatuvining dastlabki manbalari. Sotilgan chipta-lar to‘g‘risidagi kalendar oylik bekatlar hisobotlari , yo‘lovchi tashish statistikasining dastlabki manbalari bo‘lib xizmat qiladi. Sotilgan chipta-lar to‘g‘risidagi kalendar oylik bekatlar hisobotlari asosida, temir yo‘l “Ma’lumot hisoblash markazi” belgilangan dastur bo‘yicha, yo‘lovchi- larni tashish to‘g‘risidagi statistik hisobotni ishlab chiqadi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling