S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Qo‘l yuki (богаж) tashish statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
4.4. Qo‘l yuki (богаж) tashish statistikasi 
 
Temir yo‘l transportida, yo‘lovchilarga tegishli bo‘lgan shaxsiy 
narsalardan iborat qo‘l yukini tashish uchun, shu maqsadga mo‘ljallangan 
maxsus qo‘l yuki vagonlaridan foydalaniladi. Pulli yoki bepul yo‘l 
chiptasini yo‘lovchi ko‘rsatib, tashish uchun topshirgan va boshqa 
transport turlaridan hamda xorij temir yo‘llaridan mamlakat temir 
yo‘llarida harakatni davom ettirish uchun qabul qilingan qo‘l yuklari 
statistik hisobga olinadi. Qo‘l yukini tashish jo‘natish bekatida, uni 
tashishga qabul qilish momenti bo‘yicha, hisobga olinadi.
Qo‘l yuki kuzatuv birligi bo‘lib, qo‘l yuki jo‘natmasi xizmat qiladi. Har 
bir qo‘l yuki jo‘natmasi bo‘yicha quyidagi xislatlar qayd etiladi: jo‘natish 
kalendar oyi; jo‘natuvchi va qabul qiluvchi manzil bekati va temir yo‘li; 
jo‘natma massasi; yo‘nalish turi; tashish haqi. Qo‘l yuki tashish 
statistikasida tashish yo‘nalishning ikki turi belgilangan: mahalliy va 
to‘g‘ri yo‘nalishlar.
Mahalliy yo‘nalishda qo‘l yuki tashish bu, bitta temir yo‘l doirasida 
tashilgan qo‘l yuki, to‘g‘ri yo‘nalishda qo‘l yuki tashish – qo‘l yuki 
tashishda bir necha temir yo‘llar ishtirok etadi. 
Qo‘l yuki aylanmasi ko‘rsatkichi, qo‘l yuki massasini tashish 
masofasiga ko‘paytmasi tarzda aniqlanadi. 
Dastlabki hisob manbasi - bularga Qo‘l yuki kvitansiyalari bo‘lagi, 
uzatish Qaydnomalari kiradi. Qo‘l yuki tashish hisobotini tuzish uchun 
Qo‘l yuki kvitansiyalari bo‘lagi, suv transporti va to‘g‘ri aralashgan temir 
yo‘l-suv yo‘nalishidagi xorij temir yo‘llaridan Qo‘l yuki qabul qilish 
to‘g‘risidagi uzatish Qaydnomalari, dastlabki hisob manbasi bo‘lib xizmat 
qiladi. Bu Qaydnomalar qayta ishlanib bo‘lgach, tonna o‘lchov birligida 
tashilgan qo‘l yuki hajmi, tonna-kilometrdagi yuk aylanmasi, qo‘l yuki 
tashish daromadi umumiy summasi, shuningdek qo‘l yuki tashish o‘rtacha
58


masofasi va o‘rtacha daromad stavkasi to‘g‘risida statistik hisobot tuziladi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling