S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Tayanch iboralar: qo‘l yukini tashish; pulli yoki bepul yo‘l chiptasi;
qo‘l yuki jo‘natmasi; qo‘l yuki kvitansiyalari bo‘lagi; uzatish Qaydnomalari; qo‘l yuki hajmi. 4.5. Temir yo‘l transporti shartli ko‘rsatkichi Temir yo‘l transporti shartli ko‘rsatkichi, uning mahsulotini ifoda- lovchi asosiy hajm ko‘rsatkichi, bo‘lib hisoblanadi. Yuk va qo‘l yuki tashish bo‘yicha tarif yuk aylanmasi , yo‘lovchi tashish bo‘yicha esa yo‘lovchi aylanmasi temir yo‘l mahsulotining muhim hajm ko‘rsatkichi- dir. Umumiy mahsulotni tavsiflash va ishlab chiqarish samaradorligining yuk va yo‘lovchi tashish bilan band bo‘lgan transport xodimlari mehnat unumdorligi, tashish tannarhi va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlash, shu- ningdek, temir yo‘l ishi iqtisodiy tahlili uchun, tashish jarayonida yara- tilgan temir yo‘l transportining umumiy mahsulotini tavsiflay oladigan ko‘rsatkich zarur. Ana shunday ko‘rsatkich bo‘lib, temir yo‘l transporti- ning shartli mahsuloti ko‘rsatkichi, xizmat qiladi. Temir yo‘l transporti- ning shartli mahsuloti, tonna kilometr netto yuk aylanmasi va yo‘lovchi kilometr yo‘lovchi aylanmasi, yig‘indisi bilan ifodalanadi: ( ) ( ) ( ) ∑ ∑ ∑ + = l P l P Pl q P , shartli t.km. Bu transport mahsulotini tavsiflovchi umumiy ko‘rsatkichdir. Tayanch iboralar: tarif yuk aylanmasi; yuk va qo‘l yuki tashish; yo‘lovchi aylanmasi; umumiy mahsulotni tavsiflash; xodimlar mehnat unumdorligi; tashish tannarhi; temir yo‘l ishi iqtisodiy tahlili; shartli mahsulot ko‘rsatkichi. 4.6. Mustaqil ishlash uchun masalalar 1-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘lda yo‘lovchi tashish yo‘nalish turlari bo‘yicha guruhlanishi va yo‘lovchi aylanmasi” shartli statistik ma’lumotlar asosida yo‘nalish turlari bo‘yicha tashilgan yo‘lovichlar soni va yo‘lovchi aylanmasi dinamikasi va o‘sish darajasi aniqlansin. Yo‘nalish turlarining umumiy ko‘rsatkichdagi ulushi aniqlansin. Hisob-kitob natijalarini jadval shaklida ifodalab, ular tahlil qilinsin hamda xulosa va takliflar bildirilsin. Yo‘lovchi tashish yo‘nalish turlari bo‘yicha iqtisodiy guruhlanishining ahamiyati va yo‘lovchi aylanmasi bilan yo‘lovchi tashish masofasi orasidagi bog‘liqlik izohlansin. 59 4.6.1-jadval T/r Ko‘rsatkichlar 2011 y. 2012 y. 2013 y. 2014 y. 1 Tashilgan yo‘lovchilar, mln.nafar, shundan yo‘nalishlar bo‘yicha mln.nafar: 1310 1271 1303 1335 - uzoq yo‘nalishda 135 122 126 133 - shahar atrofida 1175 1149 1177 1202 2 Yo‘lovchi aylanmasi, mlrd. yo‘lovchi-km, shundan yo‘nalishlar bo‘yicha mln.nafar: 167 152 157 164 - uzoq yo‘nalishda 112 06 109 115 - shahar atrofida 55 46 48 49 3 Yo‘lovchi tashish o‘rtacha masofasi, km. shundan yo‘nalishlar bo‘yicha, mln.nafar: 121 120 121 123 Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling