S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100
Tayanch iboralar: qo‘l yukini tashish; pulli yoki bepul yo‘l chiptasi; 
qo‘l yuki jo‘natmasi; qo‘l yuki kvitansiyalari bo‘lagi; uzatish 
Qaydnomalari; qo‘l yuki hajmi. 
4.5. Temir yo‘l transporti shartli ko‘rsatkichi 
 
Temir yo‘l transporti shartli ko‘rsatkichi, uning mahsulotini ifoda-
lovchi asosiy hajm ko‘rsatkichi, bo‘lib hisoblanadi. Yuk va qo‘l yuki 
tashish bo‘yicha tarif yuk aylanmasi , yo‘lovchi tashish bo‘yicha esa 
yo‘lovchi aylanmasi temir yo‘l mahsulotining muhim hajm ko‘rsatkichi-
dir. Umumiy mahsulotni tavsiflash va ishlab chiqarish samaradorligining 
yuk va yo‘lovchi tashish bilan band bo‘lgan transport xodimlari mehnat 
unumdorligi, tashish tannarhi va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlash, shu-
ningdek, temir yo‘l ishi iqtisodiy tahlili uchun, tashish jarayonida yara-
tilgan temir yo‘l transportining umumiy mahsulotini tavsiflay oladigan 
ko‘rsatkich zarur. Ana shunday ko‘rsatkich bo‘lib, temir yo‘l transporti-
ning shartli mahsuloti ko‘rsatkichi, xizmat qiladi. Temir yo‘l transporti-
ning shartli mahsuloti, tonna kilometr netto yuk aylanmasi va yo‘lovchi 
kilometr yo‘lovchi aylanmasi, yig‘indisi bilan ifodalanadi: 
( )
( )
( )



+
=
l
P
l
P
Pl
q
P
shartli t.km. 
Bu transport mahsulotini tavsiflovchi umumiy ko‘rsatkichdir. 
Tayanch iboralar: tarif yuk aylanmasi; yuk va qo‘l yuki tashish; 
yo‘lovchi aylanmasi; umumiy mahsulotni tavsiflash; xodimlar mehnat 
unumdorligi; tashish tannarhi; temir yo‘l ishi iqtisodiy tahlili; shartli 
mahsulot ko‘rsatkichi. 
 
4.6. Mustaqil ishlash uchun masalalar 
 
1-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘lda yo‘lovchi 
tashish yo‘nalish turlari bo‘yicha guruhlanishi va yo‘lovchi aylanmasi” 
shartli statistik ma’lumotlar asosida yo‘nalish turlari bo‘yicha tashilgan 
yo‘lovichlar soni va yo‘lovchi aylanmasi dinamikasi va o‘sish darajasi 
aniqlansin. Yo‘nalish turlarining umumiy ko‘rsatkichdagi ulushi 
aniqlansin. Hisob-kitob natijalarini jadval shaklida ifodalab, ular tahlil 
qilinsin hamda xulosa va takliflar bildirilsin. Yo‘lovchi tashish yo‘nalish 
turlari bo‘yicha iqtisodiy guruhlanishining ahamiyati va yo‘lovchi 
aylanmasi bilan yo‘lovchi tashish masofasi orasidagi bog‘liqlik izohlansin. 
59


4.6.1-jadval 
T/r 
Ko‘rsatkichlar 
2011 y. 
2012 y. 
2013 y. 
2014 y. 

Tashilgan yo‘lovchilar, mln.nafar, shundan 
yo‘nalishlar bo‘yicha mln.nafar: 
1310 1271 1303 1335 
- uzoq yo‘nalishda
135 
122 
126 
133 

shahar 
atrofida 
1175 1149 1177 1202 

Yo‘lovchi aylanmasi, mlrd. yo‘lovchi-km, 
shundan yo‘nalishlar bo‘yicha mln.nafar: 
167 152 157 164 
- uzoq yo‘nalishda
112 
06 
109 
115 

shahar 
atrofida 
55 46 48 49 

Yo‘lovchi tashish o‘rtacha masofasi, km.
shundan yo‘nalishlar bo‘yicha, mln.nafar: 
121 120 121 123 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling