S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘lovchi vagonlar.
Vagon xo‘jaligi. Kuzatuv obyekti bo‘lib vagon deposi xizmat qiladi.
Vagon depolari vazifasi va ta’mirlash ixtisosligi bo‘yicha quyidagi guruhlaga ajratiladi: yo‘lovchi vagon deposi; yuk vagon deposi; refrijerator vagon deposi; aralash vagon deposi; yuk va yo‘lovchi vagonlar ta’mirini bajaruvchi depo; konteynerlarni ta’mirlovchi vagon deposi; undan tashqari, yuvish- bug‘lash bekatlari, texnik tekshirish punktlari (PTO), nazorat- texnik tekshirish, vagonlarni yuk ortishga tayyorlash, refrijerator va muzlatkich vagonlarining ekipirovka manzili va vagon xo‘jaligining boshqa obyektlari alohida hisobga olinadi. Hisob yuritish manbai: texnik pasport VU- 4M shakl; temir yo‘l “Ma’- lumot hisoblash markazi”dagi “Vagonlar parki to‘g‘risidagi avtomatlashti- rilgan ma’lumotlar banki”. Vagonlar temir yo‘l hisobiga va uning balansi- ga kiritiladi. Yuk vagonlari statistik hisobi VU- 4M shakl Texnik pasport asosida olib boriladi. Texnik pasport VU- 4M shakli, har bir vagon uchun bir nusxada tuziladi va unda vagonning konstruksiyaviy tuzilmasi, arava rusumi, boshlang‘ich va tiklangan qiymati, eskirish summasi, zavod ta’- mirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi. VU- 4M shakldagi Texnik pasport vagonlar qayd qilingan temir yo‘lda saqlanadi. Hozirgi vaqtda, texnik pasportdagi ma’lumotlar vagonlar, qayd qilgan temir yo‘l “Ma’lu- mot hisoblash markazi” EHM xotirasida “Vagonlar parki to‘g‘risidagi av- tomatlashtirilgan ma’lumotlar banki”- da saqlanmoqda. Vagonlar yangisini olish, vagon texnik holati bo‘yicha uni park hisobidan o‘chirish va balans- ga o‘tkazish xususidagi joriy o‘zgarishlar, hujjatlar aylanmasi belgilangan tartibida yil mobaynida EHMga kiritilib boriladi. Har yilning 1- yanvar holatiga temir yo‘l bo‘yicha “Yuk vagonlari inventar mavjudligi to‘g‘risida hisobot” tuziladi. Yo‘lovchi vagonlar. Statistikada operatsiyalar xarakteri bo‘yicha bo‘- 92 lingan yo‘lovchi operatsiyalarini bajaruvchi vagonlar deposi, bekatlari, ay- lanish punktlari va blok postlari soni to‘g‘risida; klasslar bo‘yicha bo‘lin- gan vokzallarga ega bekatlar soni to‘g‘risida; yo‘lovchilar dam olish xona- lari, ona va bola xonalariga ega bekatlar soni; kir yuvish sexlari va ular quvvati, yo‘lovchilar qo‘l yukini saqlash xonalari, shuningdek vokzal va ular atrofidagi hovlilarni sipirib-sidirish mexanizatsiya vositalariga ega bekatlar soni to‘g‘risidgi raqamlarni ishlab chiqadi. Dastlabki hisob manbai. Yo‘lovchi vagonlar inventar parkinining sta- tistik hisobini yuritishda VU- 5 shakl Texnik pasport birlamchi manba bo‘- lib xizmat qiladi. Texnik pasport VU- 5 shakli, yo‘lovchi vagon qayd qilin- gan va ro‘yxatga olgan depoda saqlanadi. Ushbu Texnik pasport asosida, Yo‘lovchi vagonlar inventar parkinining rusumi va turi bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida, AGO- 16 shakldagi yillik Hisobot tuziladi. Yo‘lovchi xo‘jaligi asosiy vositalarini tavsiflash uchun statistikada bekatlar soni, o‘tib ketish manzillari va operatsiyalar xarakteri bo‘yicha taqsimlangan yo‘lovchi ope- ratsiyalarini bajaruvchi blok postlar, shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi uskunalarning mavjudligi, yo‘lovchi xo‘jaligida qo‘llaniladi- gan avtomatizatsiya va mexanizatsiya vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqiladi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling