S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Elektrifikatsiya va elektr ta’minoti xo‘jaligi (AGO-9 shakl Hiso-


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100
Elektrifikatsiya va elektr ta’minoti xo‘jaligi (AGO-9 shakl Hiso-
bot). Kuzatuv obyekti bo‘lib, quyidagilar xizmat qiladi: elektr ta’minoti 
oraliq masofasi; tortish podstansiyalari, statsionar va harakatlanadigan 
elektrostansiyalar; temir yo‘l ishlab chiqargan va chetdan olgan elektro 
energiyani qayta ishlab beruvchi transformator podstansiyalari; tayyorlan-
gan materiallari va balandligi bo‘yicha guruhlangan izolyatorlar, tirgak va 
projektor machtalari mavjudligi va holati; simlar xomashyosi, kesimi va 
kabel turi bo‘yicha guruhlangan elektr uzatish kabel va havodagi izlar; 
elektrlashtirilgan uchastkalardagi kontaktli elektr tarmoqning foydalanuv 
uzunligi; kontaktli elektr tarmoqning yoyilgan uzunligi.
Xo‘jalikning texnik vositalari: drezina va avtomotorislar, avtomobillar
turli kranlar. 
Asosiy ko‘rsatkich bu, uchastkalarning elektrlashtirilgan foydalanuv-
dagi uzunligi ko‘rsatkichi, u ikki guruhga ajratiladi: elektr toki turi 
(muqim, o‘zgaruvchan) bo‘yicha va temir yo‘l izining soni bo‘yicha. 
Bajargan ishini tavsiflovchi hajm ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: 
elektr bilan ta’minlangan oraliq masofa soni; elektr stansiyalarining belgi-
langan quvvati; agregat, elektrostansiya va podstansiyalarning ishlash soa-
ti; elektroenergiyani ishlab chiqarish, yetib kelishi, sarflanishi va iste’moli, 
shuningdek, uning transformatorlardagi nobudgarchiligi; oxirgi ikkita us-
tun orasi bo‘yicha aniqlanadigan elektr tarmog‘i uzunligi; uzunligi quvvati
93


va kesimi bo‘yicha guruhlangan uchli kabel tarmoqlari. 
Elektrlashtirilgan uchastkadagi kontakt tarmog‘ining ekspluatatsiya 
uzunligi ko‘rsatkichi uchastkalarni chegaralovchi, bo‘lingan punktlar o‘q-
larining orasi bo‘yicha (bekatlar, razyezdlar, quvib o‘tish punktlari) aniq-
lanadi. 
Kontakt tarmog‘ining yoyilgan uzunligi ankerli chetga chiqish barcha 
yo‘llarini hisobga olgan holda ko‘rsatiladi. Agar uchastkada ikkinchi 
kontakt simi bo‘lsa, uning uzunligi yoyilgan uzunlikka qo‘shilmaydi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling