S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100
Tashishni boshqarish xo‘jaligi. Kuzatuv obyekti bo‘lib, quyidagilar 
xizmat qiladi: temir yo‘l izlari va toifaliligi (класс) bo‘lgan, shuningdek, 
vazifasi va bajaradigan ish xislati bo‘yicha mintaqaviy temir yo‘l uzellari, 
bekat va boshqa alohida punktlar; uzunligi bo‘yicha guruhlangan qabul qi-
lish-jo‘natish va saralash izlari; manyovr va yuk ishlari dispetcher boshqa-
ruvi mavjud bekatlar; manyovr lokomotivlar, poyezdlar yaqinlashuvi to‘g‘-
risidagi ma’lumotlar uchun teletayp apparati, harakatdagi tarkib kelganida 
va jo‘natish parkiga o‘tkazilganida tekshiruv ma’lumotlarini yozish uchun 
magnitofon va boshqalarga ega bekatlar. Statistik hisob hujjatlarida, shu-
ningdek quyidagilari mavjud bo‘lgan bekatlar, alohida ko‘rsatiladi: avto-
matli, mexanizasiyalashgan, mexanizatsiyalashmagan saralash tepaligi 
bo‘lgan bekatlar; yarim tepalik va qiyali tortma, surish va tepalikdan 
tushirish yo‘llari bo‘lgan bekatlar; avtomatlashtirilgan tepalik markazi, 
temir yo‘llarda qo‘llaniladigan tepalik programmasi va boshqa uskunalari 
bo‘lgan bekatlar; yuk va poyezd hujjatlarini, saralash varaqlarini jo‘natish 
uchun pnevmatik, elektrik va mexanik pochta bilan jihozlangan bekatlar. 
Yuk tashish bo‘yicha tijorat ishlari xo‘jaligi. Kuzatuv obyekti – yuk 
ortish, yuk tushirish operatsiyalarini bajarish, saqlash va yuklarni qayta 
ishlash, yuk omborlari, maydoni ko‘rsatilgan ochiq va berk platformalar; 
katta tonnali konteynerlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan konteyner 
maydonlari; balandroq temir yo‘l izi va estakadalar; yuk hujjatlarini 
rasmiylashtirish, yuklarni qabul qilish va topshirish hamda boshqa ishlarni 
bajarish Tovar idorasi; ta’mir-mexanika ustaxonasi; turli ortish-tushurish 
texnik vositalaridan iborat.
Statistik hisobotda quyidagilar soni to‘g‘risida ma’lumot beriladi: yuk 
omborlari; ochiq va berk turdagi platformalar; saralash platformalari may-
doni bilan; konteyner maydonlari, shu hisobda katta tonnali konteynerlarni 
qayta ishlash maydoni; balandroq izlar va estakadalar; tashish hujjatlarini 
rasmiylashtirish, yuklarni qabul qilish va berish va boshqa ishlar Tovar 
kontorasi; ta’mir mexanika ustaxonasi; muz tayyorlash zavodlari ularning 
o‘rtacha sutkaviy unumdorligini ko‘rsatib; turli ortish-tushirish vositalari 
yuk ko‘tarish va ixtisosligi bo‘yicha guruhlangan kranlar, avtoyuk ortish va 
94


elektr yuk ortish vositalari, avtomashinalar. Yuk tashish bo‘yicha tijorat 
ishlari xo‘jaligi bo‘yicha, AGO-7 shakl Umumlashtirilgan hisobot tuziladi.
Umumlashtirilgan AGO-7 shakl hisobotda quyidagilar mavjudlik ko‘r-
satkichlari keltiriladi: statsionar bug‘ qozonlari, birlamchi dvigatellar, ge-
neratorlar, kuch transformatorlari, elektromotorlar, havo kompressorlari 
ularning tavsiflari bilan, ko‘tarish-transport mexanizmlari, kuydirish agre-
gatlari, eritish va qizdirish mashina va mexanizmlari, metall qirquvchi va 
daraxt qiruvchi stanoklar, temir presslash uskunalar ma’lum klassifikatsi-
yasi bo‘yicha. 
Uskunalar samarali ishlatilishini tavsiflash maqsadida quyidagi 
koeffitsiyentlar aniqlanadi: ekstensiv yuklama koeffitsiyenti 
ex
K
, uskuna 
haqiqatda ishlagan vaqtining normativ vaqt fondi nisbatiga teng; intensiv 
yuklama koeffitsiyenti
int
R
, uskunaning haqiqiy quvvati pasportida 
ko‘rsatilgan potensial quvvatga nisbati tarzida aniqlanadi;
integral yuklama koeffitsiyenti
g
R
int
, uskuna haqiqiy bajargan ishini 
pasportda ko‘rsatilgan potensial ish hajmiga nisbatini ko‘rsatadi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling