S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuk tashish bo‘yicha tijorat ishlari xo‘jaligi.
Tashishni boshqarish xo‘jaligi. Kuzatuv obyekti bo‘lib, quyidagilar
xizmat qiladi: temir yo‘l izlari va toifaliligi (класс) bo‘lgan, shuningdek, vazifasi va bajaradigan ish xislati bo‘yicha mintaqaviy temir yo‘l uzellari, bekat va boshqa alohida punktlar; uzunligi bo‘yicha guruhlangan qabul qi- lish-jo‘natish va saralash izlari; manyovr va yuk ishlari dispetcher boshqa- ruvi mavjud bekatlar; manyovr lokomotivlar, poyezdlar yaqinlashuvi to‘g‘- risidagi ma’lumotlar uchun teletayp apparati, harakatdagi tarkib kelganida va jo‘natish parkiga o‘tkazilganida tekshiruv ma’lumotlarini yozish uchun magnitofon va boshqalarga ega bekatlar. Statistik hisob hujjatlarida, shu- ningdek quyidagilari mavjud bo‘lgan bekatlar, alohida ko‘rsatiladi: avto- matli, mexanizasiyalashgan, mexanizatsiyalashmagan saralash tepaligi bo‘lgan bekatlar; yarim tepalik va qiyali tortma, surish va tepalikdan tushirish yo‘llari bo‘lgan bekatlar; avtomatlashtirilgan tepalik markazi, temir yo‘llarda qo‘llaniladigan tepalik programmasi va boshqa uskunalari bo‘lgan bekatlar; yuk va poyezd hujjatlarini, saralash varaqlarini jo‘natish uchun pnevmatik, elektrik va mexanik pochta bilan jihozlangan bekatlar. Yuk tashish bo‘yicha tijorat ishlari xo‘jaligi. Kuzatuv obyekti – yuk ortish, yuk tushirish operatsiyalarini bajarish, saqlash va yuklarni qayta ishlash, yuk omborlari, maydoni ko‘rsatilgan ochiq va berk platformalar; katta tonnali konteynerlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan konteyner maydonlari; balandroq temir yo‘l izi va estakadalar; yuk hujjatlarini rasmiylashtirish, yuklarni qabul qilish va topshirish hamda boshqa ishlarni bajarish Tovar idorasi; ta’mir-mexanika ustaxonasi; turli ortish-tushurish texnik vositalaridan iborat. Statistik hisobotda quyidagilar soni to‘g‘risida ma’lumot beriladi: yuk omborlari; ochiq va berk turdagi platformalar; saralash platformalari may- doni bilan; konteyner maydonlari, shu hisobda katta tonnali konteynerlarni qayta ishlash maydoni; balandroq izlar va estakadalar; tashish hujjatlarini rasmiylashtirish, yuklarni qabul qilish va berish va boshqa ishlar Tovar kontorasi; ta’mir mexanika ustaxonasi; muz tayyorlash zavodlari ularning o‘rtacha sutkaviy unumdorligini ko‘rsatib; turli ortish-tushirish vositalari yuk ko‘tarish va ixtisosligi bo‘yicha guruhlangan kranlar, avtoyuk ortish va 94 elektr yuk ortish vositalari, avtomashinalar. Yuk tashish bo‘yicha tijorat ishlari xo‘jaligi bo‘yicha, AGO-7 shakl Umumlashtirilgan hisobot tuziladi. Umumlashtirilgan AGO-7 shakl hisobotda quyidagilar mavjudlik ko‘r- satkichlari keltiriladi: statsionar bug‘ qozonlari, birlamchi dvigatellar, ge- neratorlar, kuch transformatorlari, elektromotorlar, havo kompressorlari ularning tavsiflari bilan, ko‘tarish-transport mexanizmlari, kuydirish agre- gatlari, eritish va qizdirish mashina va mexanizmlari, metall qirquvchi va daraxt qiruvchi stanoklar, temir presslash uskunalar ma’lum klassifikatsi- yasi bo‘yicha. Uskunalar samarali ishlatilishini tavsiflash maqsadida quyidagi koeffitsiyentlar aniqlanadi: ekstensiv yuklama koeffitsiyenti ex K , uskuna haqiqatda ishlagan vaqtining normativ vaqt fondi nisbatiga teng; intensiv yuklama koeffitsiyenti int R , uskunaning haqiqiy quvvati pasportida ko‘rsatilgan potensial quvvatga nisbati tarzida aniqlanadi; integral yuklama koeffitsiyenti g R int , uskuna haqiqiy bajargan ishini pasportda ko‘rsatilgan potensial ish hajmiga nisbatini ko‘rsatadi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling