S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Fond samaradorligi ko‘rsatkichi, asosiy ishlab chiqarish vositalari-


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100
7. Fond samaradorligi ko‘rsatkichi, asosiy ishlab chiqarish vositalari-
ning o‘rtacha yillik qiymatiga to‘g‘ri keladigan shartli tkm. yuk 
aylanmasi ko‘rsatkichi nimasi bilan tavsiflanadi? 
a) raqami; 
87


b) qoldig‘i; 
c) *miqdori; 
d) kvadrati. 
8. Asosiy vositalar ekstensiv yuklama koeffitsiyenti, uskunaning 
rejaviy vaqt fondi samaradorligining nimasini tavsiflaydi? 
a) kengligini; 
b) qoldig‘ini; 
c) *darajasini; 
d) ayirmasini. 
9. Fond sig‘imi ko‘rsatkichi, shartli tkm. yuk aylanmasining asosiy 
ishlab chiqarish vositalari o‘rtacha yillik qiymatiga, nimasi 
shaklida aniqlanadi? 
a) darajasi; 
b) qo‘shish; 
c) *nisbati; 
d) ayrish. 
10. Asosiy vositalar intensiv yuklama koeffitsiyenti, uskuna nimasidan, 
foydalanish darajasini tavsiflaydi? 
a) sonidan; 
b) kompleksidan; 
c) *quvvatidan; 
d) mahsulotidan. 
 
 
88


8-bob. Texnik qurollanganlik statistikasi 
 
8.1. Yo‘l xo‘jaligi va inshootlar texnik qurollanganlik statistikasi 
Temir yo‘l transport ishini rejalashtirish va boshqarish uchun uning 
korxonalari texnik qurollanganligi to‘g‘risida natural ifodadagi ma’lumot-
ga ega bo‘lish kerak. Shu bois, asosiy vositalar joriy hisobi faqat pul bir-
ligida emas, balki natural birligida ham ifodalanadi. Statistik hisobotda 
asosiy vositalar mavjudligi, holati va o‘zgarishi odatda yil boshiga, ular-
ning aniq nomlari, korxona va xo‘jaliklar bo‘yicha guruhlarga ajratilib 
beriladi. 
Yo‘l xo‘jaligi va inshootlar texnik qurollanganlik statistikasi. Yo‘l 
xo‘jaligi va inshootlar texnik qurollanganlik xususidagi statistik ma’lumot-
lar kundalik tezkor boshqaruv, temir yo‘l izi joriy holatini saqlash va bar-
cha ta’mir turlarini rejalashtirish uchun katta ahamiyatga ega. Ular, shu-
ningdek umuman temir yo‘l transporti va mamlakat ma’muriy hududlari 
bo‘yicha temir yo‘l izi uzunligi tavsifini beradi. Statistik yig‘ma hisobot 
ko‘rsatkichlari, shuningdek, ulanmaydigan izlar, termik usul bilan mustah-
kamlangan relslar yotqizilganligi, izlarni turli og‘ir ballastga o‘tkazilgan-
ligi, shuningdek, ta’mir ishlari mexanizatsiya darajasini tavsiflaydi. 
Dastlabki hisob manbai bo‘lib, AGU-4 shakl Texnik pasport va 
qurollanganganlik Maxsus hisob hujjatlari kitobi, xizmat qiladi. Texnik 
pasport, muntazam ravishda joriy ma’lumotlar yozma qayd qilinadigan va 
texnik qurollanganlik ifodalab boradigan, quyidagi Maxsus hisob hujjatlari 
asosida yuritiladi: relslarni hisobga olish kitobi; shpallarni hisobga olish 
kitobi; ko‘chirish strelkalari va izning yalandagi kesilish joyini hisobga 
olish kitobi; relslar mahkamligi, ballast, sun’iy inshootlarni hisobga olish 
kitobi; qordan himoyalash kartalari va boshqalar. Yo‘l oralig‘i texnik 
pasportidagi ba’zi jadvallarda, yo‘l xo‘jaligi elementlari har bir kilometr 
bo‘yicha, Kartogramma yordamida ifodalanadi. Yo‘l oralig‘i texnik 
pasporti ma’lumotlari asosida, har yili 1- yanvar holatiga temir yo‘l va 
mintqaviy temir yo‘l uzeliga oid xususiyatlari bo‘yicha guruhlangan 
yig‘ma Hisobot tuziladi. 
Yo‘l xo‘jaligi texnik qurollanganligi statistik ko‘rsatkichlari. Yo‘l xo‘-
jaligi texnik qurollanganligi asosiy statistik ko‘rsatkichi bu, ”Temir yo‘l 
izining uzunligi” ko‘rsatkichidir. Bu ko‘rsatkichi asosida bajarilgan foyda-
lanuv ishi, qurilish va yo‘l ta’miri baholanadi, temir yo‘l ishi rejalash-
tiriladi va tahlil qilinadi, foydalanuvga qabul qilgan temir yo‘l izlari uzun-
ligi hisobga olinadi. Temir yo‘l izining foydalanuv, qurilgan, yoyilgan, 
shartli, virtual uzunligi kabi turlari mavjud. 
Temir yo‘l izining foydalanuv uzunligi bu, bosh yo‘l o‘qlari bo‘yicha
89


o‘lchangan temir yo‘l izi uzunligidan iborat.
Temir yo‘l izining qurilish uzunligi – boshqa izlarga tutashib turgan 
joylar orasidagi o‘qi bo‘yicha o‘lchangan , temir yo‘l izining uzunligi. 
Qurilish uzunligi ko‘rsatkichi qurilish ishlari hajmini rejalashtirishda va 
ular bajarilishi hisob- kitobida, yoyilgan uzunlikni hisoblashda qo‘llaniladi. 
Temir yo‘l izining yoyilgan uzunligi bu, izlarning jami qurilish 
uzunliklardan iborat bo‘lgan, temir yo‘l uzunligidir. Statistikada bosh yo‘l 
izi yoyilgan uzunligi, bekatlar izi yoyilgan uzunligi va maxsus izlarning 
yoyilgan uzunligi aniqlanadi. 
Bosh yo‘llarga, ikki bekat oralig‘idagi masofa va Tarif ko‘rsatmasida 
belgilab qo‘yilgan alohida punktlar chegarasigacha bo‘lgan, uning davomi 
kiradi. 
Bekatlar yo‘liga quyidagilar kiradi: alohidagi punktlar chegarasida 
joylashgan yo‘llar; qabul qiluvchi-jo‘natuvchi yo‘llar; saralash yo‘llari; 
yuk ortish va yuk tushirish yo‘llari; depo (lokomotiv va vagon 
xo‘jaligi)ning yo‘llari; konteyner maydoni, yoqilg‘i ombori, tozalash joyi, 
yuvish, vagonlarni dezinfeksiyalash joyiga olib boruvchi, ulovchi yo‘llar.
Maxsus yo‘llar bu, qo‘riqlanadigan va ushlab oladigan berk yo‘llar va 
korxona, tashkilot vagonlarini uzatish va yig‘ishtirish uchun belgilangan 
hamda temir yo‘lning umumiy izi bilan uzluksiz bog‘liq va temir yo‘lga 
qarashli kirish yo‘llaridan iborat. 
Shartli uzunlik  bu, temir yo‘l izining shartli uzunligining, birinchi 
yoyilgan bosh yo‘l uzunligi kilometrida ifodalangan uzunligidir. Shartli 
uzunlik hisob-kitobida ikkinchi, uchinchi va boshqa bekat va maxsus 
yo‘llar, shuningdek strelka o‘tkazmalari va ajratilgan tutash joylar uchun 
shartli koeffitsiyentlar qo‘llaniladi. 
Virtual uzunlik bu, to‘g‘ri gorizontal yo‘l masofasi foydalanish 
uzunligining kilometrda ifodalangan shartli uzunligidir. Bu ko‘rsatkich 
uchastkalarni o‘zaro solishtirish maqsadida foydalaniladigan tortish kuchi 
hisob-kitobi jarayonida, yangi temir yo‘l izlarini loyihalashda, turli 
variantdagi yo‘llarning foydaliligini solishtirishda qo‘llaniladi. 
Yo‘l ustki qurilmasi elementlarining mavjudligi, yotqizilgan va 
yo‘ldagilar holati bo‘yicha quyidagicha tavsiflanadi: ballast va uning turi 
bo‘yicha; shpallar va ularning temirbeton va yog‘och turi bo‘yicha; relslar 
va uning uzunligi, 1 metrning massasi, o‘tkazilgan tonnasi, ular holati 
bo‘yicha; biriktirish va strelka o‘tkazmalari bo‘yicha; sun’iy inshootlarning 
materiallari, uzunligi va qurilish yili bo‘yicha; bosh asosiy yo‘llarning 
profil va plani, gorizontal uchastkasi, pastlik va tikkalilik uchastkalari, egri 
chiziqli uchastka, shu hisobda egrilik radiusi bo‘yicha guruhlanishi. 
90



Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling