S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Mavjud asosiy vositalarni baholash, eskirish va yemirilish
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
7.3. Mavjud asosiy vositalarni baholash, eskirish va yemirilish tushunchalari Asosiy vositalarni baholash. Mavjud asosiy vositalar har bir inventar obyekti bo‘yicha quyidagi baholash qiymatiga ega: boshlang‘ich qiymat, qayta tiklash qiymati, qoldiq qiymati. Asosiy vositalar boshlang‘ich qiymati - ularni xarid qilishga ketgan haqiqiy, shu hisobda transportda tashish, o‘rnatish yoki montaj xarajatlari jamidan iborat. Qayta tiklangan qiymat - asosiy vositalarni aktiv yangilash va ilmiy- texnika rivojini tezlatishda iqtisodiy sharoit yaratish uchun, zamonaviy ob- yektlarga zarur miqdordagi mablag‘larni belgilash maqsadida, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq asosiy vositalar qayta baholan- moqda. Asosiy vositalar qayta baholanishi natijasida hosil bo‘lgan qiymat qayta tiklangan qiymat deb ataladi va u, boshlang‘ich qiymat sifatida qo‘llaniladi. Yemirilish va amortizatsiya tushunchalari. Asosiy vositalardan foyda- lanish muddatining boshidan boshlab ajratilgan amortizatsiya ajratmasi miq- dori yemirilish deb, bir yil muddatidagi miqdori esa amortizatsiya deb ataladi. Qoldiq qiymat – asosiy vositalarning, yemirilish miqdoriga kamaytirilgan qiymati, boshlang‘ich qiymat deb ataladi. Temir yo‘l transportida asosiy vositalar hisobi texnik qurollanganlik statistikasi doirasida tashkil etilgan. Temir yo‘l transporti asosiy vositalar mavjudligining hisobi, ular aniq nomlari, korxonalari va xo‘jaliklari bo‘yicha olib boriladi. Lokomotivlar inventar soni to‘g‘risida AGO-14 shakl Hisobotda tortish turi va temir yo‘l izi, qurulish yili va konstruktiv tuzilishi bo‘yicha ma’lu- 83 motlar keltiriladi. Yuk vagonlari inventar soni to‘g‘risida umumiy Hisobot shaklida qurulish, konstruktiv tuzilishi, yuk ko‘tarish qobiliyati va boshqalar bo‘yicha vagonlar taqsimoti keltiriladi. Yo‘lovchi vagonlar turi va xili bo‘yicha taqsimoti, AGO-16 shakl Hisobot vagonlar texnik pasporti asosida tuziladi. Mexanik, energetik jihoz va qurulmalar to‘g‘risida AGO-7 shakl Hisobot temir yo‘l transporti barcha xo‘jaliklari bo‘yicha tuziladi. Bu AGO-7 shakldagi Hisobot ma’lumotlari umuman temir yo‘l transporti va uning asosiy xo‘jaliklari bo‘yicha mexanik, energetik jihoz va qurulmalarni tavsiflashga imkon beradi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling