S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Yuk tashuvchi vagonlar bosib o‘tgan masofasining guruhlanishi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100
3. Yuk tashuvchi vagonlar bosib o‘tgan masofasining guruhlanishi: 
a) yuklangan va yuklanmagan holda
b) chiziqli masofa, shartli masofa; 
c) boshqa yo‘llarga va boshqa yo‘llardan safarbar etilgan; 
d) ”O‘TY” AJ tasarrufida, ”O‘TY” AJ tasarrufidan tashqari. 
4. Yuk tashuvchi vagonning statik yuklamasini xisoblash uchun: 
a) ekspluatatsion yuk aylanmasini ishchi vagon parkining bosib o‘tgan 
umumiy masofasiga bo‘lamiz; 
b) ortilgan yuk massani tezlikka bo‘lamiz; 
c) ortilgan yuk massani vagonlar soniga ko’paytiramiz; 
d) ortilgan vagonlar sonini yuk og‘irligiga bo‘lamiz. 
80


7-bob. Asosiy vositalar statistikasi 
 
7.1. Asosiy vositalar statistik kuzatuvni uyushtirish 
Asosiy vositalar – mahsulot ishlab chiqarishda mehnat vositasi sifatida 
yoki bir yildan kam bo‘lmagan uzoq muddatda boshqaruv maqsadida 
ishlatiladigan moddiy obyektlar. Bunda asosiy vositalar tabiiy asl holatini 
saqlaydi va iste’mol qiymatini yo‘qotmaydi. Avanslangan kapital asosiy 
vositalarni qaytadan tiklash, ya’ni amortizatsiya natijasida pul shakliga ega 
bo‘ladi. Bu, qiymatning bir qismini amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida, 
ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shish natijasida yuzaga keladi. Asosiy 
vositalarga avanslangan mablag‘lar qaytadan baholash yoki kapital qo‘yil-
malar hisobiga ortib boradi. Asosiy vositalar, kapital qurulish va obyektlar 
harid qilish shaklidagi kapital qo‘yilmalar natijasida , yangilanadi.
Temir yo‘l transport – mamlakat iqtisodiyotidagi eng katta kapital 
sig‘imga ega tarmoqlardan biri. Temir yo‘l transportda kapital qo‘yilmalar 
yangi temir yo‘l liniyalari va ikkinchi izlarni qurushga, avtomatika, 
telemexanika va elektron-hisoblash texnikasi, lokomotiv va vagonlarni 
joriy qilishga yo‘naltirilmoqda. Asosiy vositalar to‘g‘risidagi statistik 
ma’lumot asosiy vositalar mavjudligi va harakati, joylashuvi va texnik 
holati; temir yo‘l bo‘linmalari asosiy vositalar bilan texnik qurollanganligi; 
temir yo‘l moddiy-texnika bazasining proporsional rivojlanishi va uning 
elementlari rivojidagi disproporsiyalarni aniqlash; yangi texnikani joriy 
qilinishi, undan foydalanilishi va samaradorligi; kapital qurulmalar 
o‘zlashtirilishi, ishlab chiqarish vositalarini faoliyatga kiritish, shuningdek, 
temir yo‘l va uning bo‘linmalari asosiy vositalaridan effektiv foydalanish 
bo‘yicha raqamlarga ega bo‘lishi shart. Temir yo‘l statistikasi quyidagi 
bo‘limlardan iborat: asosiy vositalar statistikasi; texnik qurollanganlik 
statistikasi; kapital qo‘yilmalar va kapital qurulish statistikasi. 
Kuzatuv obyekti bo‘lib, moddiy mehnat vositalari xizmat qiladi. Hisob 
va o‘lchov birligi bo‘lib inventar obyekt xizmat qiladi.
Asosiy hisob belgilari: asosiy vositalar turi; qurulish sanasi; foydala-
nishga kiritilgan sana; qiymati; ushbu turning konstruktiv o‘lchamlari.
Dastlabki hisob manbai – texnik pasport, dastlabki hujjat – inventar 
varag‘i yoki unga o‘xshash nusxadan iborat. 
Inventar raqam, har bir asosiy vositalar holati va mavjudligini hisobga 
olish uchun, butun foydalanish muddatiga beriladi. Hozirgi vaqtda yuk va 
yo‘lovchi vagonlar, motorli harakatdagi tarkib, yo‘l mashina va 
mexanizmlari nazorat uchun himoyali umumiy 8 ta sonli tartib raqamga 
ega. Raqamda, saqlash va foydalanishi bilan bog‘liq masalalarni operativ 
yechish uchun zarur bo‘lgan lokomotiv va vagonlarning ba’zi texnik tavsifi
81


to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan. 
Kuzatuv shakli. Asosiy vositalar mavjudligi va harakati tavsifini olish 
uchun qo‘llaniladigan kuzatuv shakli bu, joriy hisobdir.
Qayta baholash maqsadi bu, mehnat vositalari qayta tiklanishiga sha-
roit yaratadigan miqdordagi, amortizatsiya ajratmalarini bajarish uchun, 
asosiy vositalar qiymatini bozorda yuzaga kelgan qiymatga muvofiq-
lashtirish.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling