S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
7.2. Asosiy vositalarni guruhlash
Asosiy vositalar turli belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi: vazifasi, ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirok xususiyati, mansubligi bo‘yicha. Vazifasi bo‘yicha asosiy vositalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish turlariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi, noishlab chiqarish vositalariga ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan vositalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish vositalarining umumiy tavsifi uchun mamlakatimizda, quyidagi guruhlar alohida ko‘rsatiladigan, umumiy klassifikatsiyasi qo‘llaniladi: imorat; inshootlar; mashina va asbob-uskuna hamda jihozlar; o‘lchash va boshqaruv qurilmalari va uskunalari; hisob texnikasi; transport vositalari; asbob-uskuna, ishlab chiqarish va xo‘jalik anjomlari va buyumlari; ishchi va zotli hayvon, ko‘p yillik daraxt va butalar; yerlarni obodonlashtirishga sarflangan kapital xarajatlar; xo‘jalik ichi yo‘llari va boshqa obyektlar. Guruhlardagi asosiy vositalar quyidagicha jamlangan: 9 imoratlar guruhiga lokomotiv va vagon depolari, bekatlar, yo‘l distansiyalari, signal va aloqa distansiyalari, energetika xo‘jaligi va boshqalarning ishlab chiqarish va xizmat imoratlari kiradi; 9 inshootlar va uzatish uskunalari guruhiga - yo‘l, uning barcha qurilmalari va elementlari, ko‘priklar, tonnellar, signal va aloqa uzatish uskunalari; kontakt simi liniyalari va boshqalar kiradi; 9 mashina va asbob-uskuna hamda jihozlarga – kuch mashinalari va jihozlar; generatorlar; bug‘ qozoni va turbinalari; ichi yonadigan dvigatellar; to‘g‘rilagichlar; barcha turdagi stanoklar; presslar; o‘lchov va boshqaruv qurilmalari va uskunalari; hisob texnikasi; o‘quv-sinov qurulmalari va boshqalar kiradi; 9 transport vositalariga – lokomotivlar; motovagonli harakatdagi tarkib; barcha turdagi vagonlar; avtomotorelsli transport; avtomobillar, temir yo‘l izi mashinalari va boshqalar kiradi; 9 boshqa asosiy ishlab chiqarish vositalariga – yordamchi-qo‘shimcha fa- oliyat mehnat vositalari sifatida ishlatiladigan obyektlar, qurulish, qish- loq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish obyekt- 82 lari kiradi; 9 noishlab chiqarish vositalariga – uy-joy va kommunal xo‘jalik, ta’lim, madaniyat va san’at, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minot mehnat vositalari kiradi; Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtiroki bo‘yicha foydalanuvdagi va no- foydalanuvdagi turlariga ajratiladi. Nofoydalanuvdagi asosiy vositalar qa- toriga zaxiradagi, konservatsiyadagi va yo‘ldagi obyektlar kiradi. Ishlab chi- qarish jarayonidagi faoliyat xususiyati bo‘yicha asosiy vositalar aktiv va passiv turlarga bo‘linadi. Mansubligi bo‘yicha xususiy va ijaradagi (qisqa muddatli yoki uzoq muddatli) asosiy vositalarga ajratiladi. Asosiy ishlab chi- qarish vositalari tarkibini tavsiflash va tarkibiy o‘zgarishlarni aniqlash uchun, umumiy klassifikatsiya asosida yiriklashtirilgan guruhidan foydalaniladi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling