S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Asosiy vositalarning texnik holati va xizmat muddati


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100
7.4. Asosiy vositalarning texnik holati va xizmat muddati 
ko‘rsatkichlari 
 
Asosiy vositalardan foydalanish ular texnik holati va xizmat muddati 
ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Asosiy vositalar texnik holati ko‘rsatkichi – mehnat vositalari belgilan-
gan xizmat muddati, haqiqiy yemirilishi yoki bajarilgan ish hajmini 
o‘lchash, ekspert baholash, ballik baholash asosida aniqlanadigan va ular 
yemirilishining (a) darajasi. Asosiy vositalar texnik holati ko‘rsatkichi 
quyidagi xizmat muddati turlari bilan ifodalanadi: to‘liq xizmat (K) 
muddati, o‘tgan xizmat (n) muddati, qolgan xizmat ( m) muddati. 
To‘liq xizmat muddati (K) – asosiy vositalar vazifasi bo‘yicha, ishlati-
lishi mumkin bo‘lgan yillar soni. Ko‘rsatkich darajasi foydalanishdan 
chiqarib tashlangan asosiy vositalar xizmat muddati to‘g‘risidagi statistik 
ma’lumotlar yoki mutaxasislarning ekspert bahosi asosida aniqlanadi. 
To‘liq xizmat muddati asosida, asosiy vositalarning har yillik amortizatsiya 
ajratmalari belgilanadi. 
O‘tgan ishchi xizmat (n) muddati – foydalanuvga kiritilgan daqiqadan 
to belgilangan xizmat muddatigacha bo‘lgan yillar soni.  
Qolgan xizmat (m) muddati iste’mol xususiyatini yo‘qotishgacha 
bo‘lgan yillar soni:
m = K - n yil 
Temir yo‘l izi uchun yemirilish belgilangan shkala bo‘yicha balli 
baholash asosida aniqlanadi. Bunda, yangi temir yo‘l izi yemirilishi 0 ball, 
to‘liq yemirilgani-10 ball bilan baholanadi. 
7.5. Asosiy vositalardan foydalanishni baholash 
 
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini umumiy tavsifi uchun 
fond samaradorligi va fond sig‘imi ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi.
Fond samaradorligi ( F)
N
, temir yo‘l asosiy faoliyati bo‘yicha, 1 so‘m.
84


asosiy ishlab chiqarish vositalarining o‘rtacha yillik qiymatiga ∑ N to‘g‘ri 
keladigan shartli ∑ (pl)
pg 
tkm. yuk aylanmasi ko‘rsatkichi miqdori bilan 
tavsiflanadi: 
(F)
N
 = ∑ (pl)
pg 
/ ∑ N tkm / so‘m 
Fond sig‘imi ( F)
s
, fond samaradorligi ( F) 

ko‘rsatkichiga teskari 
tartibda hisoblanadi: 
(F)

∑ N / ∑ (pl)
pg 
so‘m / tkm 
Ekstensiv yuklama koeffitsiyenti ( k
ex
) - uskunaning rejaviy vaqt fondi 
samaradorligi darajasini tavsiflaydi va smena mobaynida uskuna haqiqatda 
ishlagan ish vaqtining (t
l
) uskunaning shu davrdagi rejaviy vaqt fondi 
samaradorligiga (t
n
) nisbati tarzda aniqlanadi: 
(k
ex
) = (t
l
) / (t
n

Intensiv yuklama koeffitsiyenti ( k
lnt 
) – uskuna quvvatidan foydalanish 
darajasini tavsiflaydi va haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini (q
l

normativ bo‘yicha ishlab chiqarilgan maxsulot hajmiga (q
n
) nisbati tarzda 
aniqlanadi:
(k
lnt 
) = (q
l
) / (q
n
) 
Integral yuklama koeffitsiyenti (k 
integ
)–uskunaning vaqt va quvvati 
bo‘yicha yuklamasini tavsiflaydi va uni ekstensiv yuklama koeffitsiyenti-
ning (k
ex
) intensiv yuklama koeffitsiyentiga (k
lnt
) nisbati tarzda aniqlanadi: 
(k 
integ
)= (k
ex
) / (k
lnt

Smenalik koeffitsiyenti (k
 sm
) – barcha uskunalar ishlagan smenalar 
sonini (n) ular ishlagan mashina(stanok) kuniga (t) nisbati tarzda 
aniqlanadi:
(k
 sm
)= (n) / (t) 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling