S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Boshqa xo‘jaliklar texnik qurollanganlik statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100
8.2. Boshqa xo‘jaliklar texnik qurollanganlik statistikasi 
 
Aloqa va hisoblash texnikasi, avtomatika va telemexanika xo‘jaligi. 
Aloqa va hisoblash texnikasi, avtomatika va telemexanika xo‘jaligi texnik 
qurollanganligi to‘g‘risida AGO-5 shakl Hisobot tuziladi. Bu hisobotda, 
asosiy vositalar tarkibida quyidagi obyektlar hisobga olinadi: avtoblokirov-
kali va markazlashgan dispetcherli, yarimavtomat blokirovkali, poyezdli 
radioaloqali, avtomat lokomotiv aloqali, markazlashgan elektrli strelkalar 
(ES) soni; SSB uskunasi; SSB, magitral liniyalar, yo‘l va operativ-texno-
logik aloqa kabel va simlari uzunligi; telefon va telegraf tarmog‘i uskuna-
lari; signal va aloqa oraliq masofalarining turlari hamda qo‘shimcha aloqa 
xizmati va ish hajmi bo‘yicha guruhlari soni; elektron hisoblash texnikasi-
ning mavjudligi: EHM ish unumdorligi, shaxsiy kompyuterlarning turi, 
serverlari, teleqayta ishlash vositalari, ma’lumotlarni uzatish va tayyorlash, 
teletayplar; PEHM va chipta-kassa apparatlari uchun pechatlash uskuna-
lari, beto‘xtov to‘ydirish manbalari, ASU chipta-kassa uskunasi, marshruti-
zatorlar, modemlar. 
Lokomotiv xo‘jaligi texnik qurollanganligi. Lokomotiv xo‘jaligi 
texnik qurollanganligi to‘g‘risidagi statistik hisob va hisobot manbalari 
quyidagilardan iborat: 
• Lokomotiv xo‘jaligi texnik qurollanganligi to‘g‘risida, lokomotiv 
depolar kesimi bo‘yicha, AGO-2 shakl Hisoboti. 
• Tortuvchi harakatdagi tarkib, ya’ni lokomotivlar inventar parki 
mavjudligi to‘g‘risida , AGO- 14 shakl Hisoboti. 
• Tortuvchi harakatdagi tarkib, ya’ni lokomotivlar TU- 9 shakl Texnik 
pasporti.
Lokomotiv xo‘jaligi texnik qurollanganligi AGO-2 shakl Hisobotida 
hisob lokomotiv depolar kesimi bo‘yicha olib boriladi. Statistik hisob va 
hisobotda, lokomotiv depolari quyidagi guruhlarga ajratiladi: harakatdagi 
tarkib tortish kuchi va rusumi bo‘yicha - teplovozli, elektrovozli, parovoz 
va aralash; harakatdagi tarkib bajaradigan vazifasi bo‘yicha - asosiy depo; 
aylanma depo, qayd qilingan lokomotivlar bilan aylanadigan; beaylanma 
depo, qayd qilingan lokomotiv bilan aylanmaydigan. Lokomotiv xo‘jaligi 
obyektlariga quyidagilar kiritiladi: lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatuv-
chi punktlar (PTOL); harakatdagi tarkib tortish kuzovini yuvadigan 
puntklar; tortuvchi harakatdagi tarkibni qum, yoqilg‘i, surtish, suvlar bilan
ta’minlovchi ekipirovka punktlari; qum qurutish, quruq qum ombori va 
boshqa ekipirovka uskunalari. 
“O‘zbekiston temir yo‘llari” K-ga tegishli tortuvchi harakatdagi tarkib, 
ya’ni lokomotivlar (elektrovozlar, teplovozlar, prarovozlar) va motor 
vagonli harakatdagi tarkib (elektr poyezdlar, dizel-poyezdlar, avtomot-
91


rislar), uning inventar parkini tashkil etadi. Inventar park lokomotiv 
depolari orasida taqsimlanadi, ular deponing inventar hisobiga kiritiladi va 
ushbu depolar balansida hisobga olinadi. Har bir lokomotiv raqamlanadi va 
bu raqam “Temir yo‘ldan texnik foydalanish tartibi (PTE) “ talablariga 
muvofiq farqlanuvchi belgiga ega bo‘lishi shart: ro‘yxatga olgan temir yo‘l 
texnik belgisi, nomi, ro‘yxatga olgan depo nomi, raqami, seriyasi; ishlab 
chiqargan zavod nomi, joyi, sanasi, konstruktiv tezligi va boshqa belgilar. 
Lokomotivlar inventar parki mavjudligi to‘g‘risida AGO- 14 shakl 
Hisoboti, har yilning 1-yanvar holatiga TU- 9 shakl Texnik pasporti 
asosida tortish kuchi turlari va g‘ildirak izi eni, qurish yili va konstruktiv 
uskunalari bo‘yicha guruhlangan holda tuziladi. Undan tashqari, har 
kalendar oy uchun soat 18.00 holatiga, Tortuvchi harakatdagi tarkib 
mavjudligi va holati to‘g‘risidagi TO-4 shakl operativ Hisobot tuziladi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling