S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   100
Kapital qurilish statistikasi. Kapital qurilish statistikasi kompleks 
qurilish ishlari, qurilayotgan obyekt uskunalari va alohida konstruksiyalar 
montaj ishlarini ham o‘z ichiga olgan qurilish ishlab chiqarish masalalarini 
99


o‘rganadi. Qurilish ishlariga quyidagilar kiradi: imorat va inshoot qurish, 
ularni qaytadan qurish va kengaytirish; imorat va inshoot tarkibiga 
kiruvchi qurilish konstruksiyalarining montaji (metalli, temirbetonli
yog‘ochli), aloqa simi va elektroenergiyani uzatish liniyasining jihozlari, 
qurilma va imoratlari tarkibiga kiruvchi qurilish konstruksiyalarining 
(metall, temirbetonli, yog‘ochli) montaji; sanitar-texnikaviy uskunalar va 
yoritish tarmog‘ini qurish; ichimlik suvi quvuri, kanalizatsiya, issiqlik va 
gaz tarmoqlari va uskunalarini qurish; uskuna tagidagi tayanch 
konstruksiyalarning poydevori va uning tagi va boshqalar. Uskunalar 
montaj ishlari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish, texnologik va 
boshqa uskunalarni yig‘ish va o‘rnatish; montaj qilinayotgan uskuna 
tarkibiga kiruvchi sanoat o‘tkazmasining qurilmasi va boshqalar. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish bu, kelishuvda shartlangan, buyurtma 
shartiga binoan, ishga solib bo‘lmaydigan qurilishi tugallanmagan inshoot 
yoki montaji tugallanmagan uskuna. Kapital qurilish statistikasi quyida-
gilarni o‘rganadi: kapital qurilmalar tarkibi va o‘zlashtirish sur’ati; qurilish 
industriyasining rivojlanishi; qurilish ishlarining mexanizatsiya darajasi; 
qurilish tashkilotlarining ixtisosligi; qurilishdagi mehnat unumdorligining 
darajasi va dinamikasi; qurilish-montaj ishlari tannarxining darajasi va 
o‘zgarishi. 
Kapital qurilish statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari. Asosiy ko‘rsat-
kichlari quyidagilardan iborat: mahsulot, ya’ni bajarilgan qurilish va mon-
taj ishlari, asosiy fondlarni foydalanishga kiritish, qurilish mahsuloti tan-
narxi. Qurilish maxsuloti tugallangan va tayyor turlarga bo‘linadi. Tugalla-
gan mahsulot, bu hisobot davrida qurilishi batamom tugallangan obyekt. 
Qurilish mahsulotlari smeta narxi yoki bir dona qurilish ishlarining 
amaldagi bahosi va uskunalarni montaj qilish ishlari narxlari bo‘yicha hi-
sobga olinadi. Qurilish obyektlari smeta qiymatiga qurilish-montaj va pro-
yekt-qidiruv ishlar, uskunalar qiymati, ustama xarajatlari, shuningdek, qu-
rilish tashkilotining harakati bilan bog‘liq qurilayotgan korxonalar uchun 
kadrlarni tayyorlash xarajatlar qiymati kiradi. Qurilish ishlarini qabul qilish 
yoki qurilish obyektlari va boshqa asosiy fondlarni ishga tushirish momenti 
bo‘lib, ularni foydalanishga qabul qilish sanasi xizmat qiladi. 
Hisobga olish manbai. Hisobga olish manbai bo‘lib, bajarilgan ishlarni 
qabul qilish Dalolatnomasi xizmat qiladi. Ushbu Dalolatnoma ishni qabul 
qilgan buyurtmachi, ishini topshirgan pudratchi, ish bajarilishini moliyaviy 
nazorat qilib turgan va qurilishni moliyalashtirib turgan bank vakili 
tomonidan imzolanadi. Statistik hisobotlarda kapital qurilish hajmi ishlab 
chiqarish usuli va ishni bajaruvchilar, temir yo‘l xo‘jaliklari va ish turlari, 
qurilish obyektlari ishlab chiqarish vazifasi, moliyalashtirish manbalari va 
100


boshqalar bo‘yicha guruhlanadi. Qurilish ishlari ikki usulda bajariladi – 
pudrat va xo‘jalik. Pudrat usulidagi qurilish. Kapital qurilishining asosiy 
qismi pudrat usulida bajariladi, ya’ni ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari 
bajaradi. Xo‘jalik usulidagi qurilish-montaj ishlarini, qurilish uchun kredit 
bergan tashkilot olib boradi. Xo‘jalik usuli unchalik katta bo‘lmagan ish 
hajmida, qulay, mavjud pudrat qurilish tashkilotlaridan foydalanish 
qiyinchilik tug‘dirsa, yangisini tuzish esa iqtisodiy nomuvofiq bo‘lsa, u 
holda xo‘jalik usulidan foydalanish samaralidir. 
Statistika hisobotida qurilish ishlari quyidagicha guruhlanadi: 
1. Turlari bo‘yicha – yangi temir yo‘l izlari, temir yo‘l izlarini 
mustahkamlash, ikkinchi yo‘llar. 
2. Temir yo‘l xo‘jaliklarining sohalari bo‘yicha – elektrlashtirish va elektr 
ta’minoti, yo‘l va inshootlar, lokomotiv, vagon va boshqalar. 
3. Obyektlarning ishlab chiqarishdagi vazifalari bo‘yicha – ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish. 
Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi qurilish obyektlariga temir yo‘l 
transportining ekspluatatsiya va sanoat faoliyatiga xizmat ko‘rsatishga 
mo‘ljallangan imorat, inshoot, uskunalar montaji va qurilishlari kiradi. 
Noishlab chiqarish yo‘nalishidagi qurilish obyektlariga turar joy, maktab, 
bolalar bog‘chasi, shifoxona, poliklinikalar kiradi. 
Hisobotda, kiritilayotgan asosiy ishlab chiqarish fondlari, quyidagi xu-
susiyatlari bilan tavsiflanadi: reja bo‘yicha va haqiqatda qurilishni tugal-
lash sanasi; proyekt bo‘yicha va haqiqatda ishlab chiqarish quvvati; asosiy 
fondlar qiymati; kapital qo‘yilmalar mablag‘i; tugallanmagan qurilish pul 
birligida. Turar joy qurish obyektlari uchun quyidagilar ko‘rsatiladi: umu-
miy foydalanish maydoni; haqiqiy qiymati; o‘tirish joyi soni bilan ifoda-
langan quvvati (maktab, bolalar bog‘chasi va yaslisi, shifoxona) va bosh-
qalar. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling