S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4. Nazorat savollari
8.3. Mustaqil ishlash uchun masalalar
1-masala. Yo‘l xo‘jaligi va inshootlar texnik qurollanganligi statistika- sida qo‘llaniladigan temir yo‘l izining foydalanuv, qurilgan, yoyilgan, shartli, virtual uzunliklari ko‘rsatkichlari ta’rifi jadval shaklida ifodalansin va ularning o‘zaro farqlari izohlansin. Temir yo‘l izi uzunligi ko‘rsatkich- lar ta’rifi asosida nimalar baholanishi, rejalashtirilishi va tahlil qilinishi jadvalda ko‘rsatilsin. 2-masala. Yo‘l xo‘jaligi va inshootlar texnik qurollanganlik ko‘rsat- kichlari uchun dastlabki hisob ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladigan AGU-4 shakl Texnik pasport va qurollanganganlik Maxsus hisob hujjatlar kitobi asosiy mazmunlari va farqlari jadval shaklida ifodalansin va ular farqlari izohlansin. Ushbu dastlabki hisob manbalari qayerda va nima maqsadda qo‘llanilishi jadvalda ifodalab berilsin. 8.4. Nazorat savollari 1. Yo‘l xo‘jaligi texnik qurollanganlik ko‘rsatkichlari, ular zarurati va ahamiyati nimadan iborat? 2. Temir yo‘l izining qurilish uzunligi, uni hisoblash usuli, mazmuni va zarurati nimadan iborat? 3. Temir yo‘l izining yoyilgan uzunligi, uni hisoblash usuli, mazmuni va zarurati nimadan iborat? 4. Temir yo‘l izining shartli uzunligi, uni hisoblash usuli, mazmuni va zarurati nimadan iborat? 5. Aloqa va hisoblash texnikasi, avtomatika va telemexanika xo‘jaligi texnik qurollanganligi to‘g‘risida AGO-5 shakl Hisoboti, uning mazmuni va ahamiyati nimadan iboratligi izohlansin. 6. Temir yo‘l transporti boshqa xo‘jaliklarining texnik qurollanganlik ko‘rsatkichlari, ularning zarurati va mazmuni nimadan iborat? 7. Yo‘l xo‘jaligi texnik qurollanganligi to‘g‘risidagi AGU-4 shakl Texnik pasporti, uning mazmuni va ahamiyati nimadan iboratligi izohlansin. 8. Yo‘l xo‘jaligi texnik qurollanganligi to‘g‘risidagi Maxsus hisob hujjatlari kitobi, unig mazmuni va zarurati nimadan iborat? 9. Yuk tashish tijorat ishlari xo‘jaligi bo‘yicha statistik hisobotidagi ma’lumot, ular mazmuni va ahamiyati nimadan iboratligi izohlansin. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling