9-bob. Kapital qo’yilmalar, kapital qurilish va yangi texnika
statistikasi
9.1. Kapital qo‘yilmalar, kapital qurilish va qurilish tannarxi
statistikasi
Kapital qo‘yilmalar statistikasi. Muntazam ortib borayotgan tashish
hajmi va yuk turlarini o‘zlashtirish uchun, temir yo‘l transporti texnik
qurollanganligini doimo to‘ldirish va muntazam
yangilash hamda ular
statistik kuzatuvini olib borish
zarur.
Kapital qo‘yilmalar. Mavjud asosiy vositalarni yangilashga va rekon-
struksiya qilishga yo‘naltirilgan harajatlar jami kapital qo‘yilmalar deb ata-
ladi. Rejalashtirish va tahlil bilan bog‘liq bo‘lgan
bir qator masalalarini
yechish uchun kapital qo‘yilmalari quyidagi xususiyatlari bo‘yicha guruh-
lanadi: moliyalashtirish manbai, o‘zlashtirish shakli, yo‘nalishi, vazifasi,
hududiy-boshqaruv bo‘linishi va boshqalar. Temir yo‘lda kapital qo‘yilma-
lar quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi: xususiy
va boshqa tashkilotlar
mablag‘laridan, shuningdek, kreditlar shaklida jalb etilgan mablag‘lardan.
Kapital mablag‘larni o‘zlashtirish asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
yangi temir yo‘l izlarini, ikkinchi izlarni, sun’iy
qurilmalarni qurish, usku-
nalar xaridi, montaji va boshqalar. Ana shu guruhlash asosida kapital qo‘-
yilmalar tarkibi tavsiflanadi. Kapital qo‘yilmalar asosiy qismi qurulishga
va birinchi navbatda yangi texnika, kompleks mexanizatsiyani joriy qilish
va ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishga yo‘naltiriladi.
Kapital
qo‘yilmalar yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi turlarga ajratiladi: yangi quru-
lishga, kengaytirishga, rekonstruksiyaga, texnik
qayta qurollanishga va
modernizatsiyaga.
Kapital qo‘yilmalar statistikasi asosiy ko‘rsatkichlari. Kapital
qo‘yilmalar statistikasi asosiy ko‘rsatkichlari kapital qo‘yilma hajmi va
kapital qo‘yilmalar salmog‘i ko‘rsatkichlaridan iborat.
Kapital qo‘yilma hajmi ko‘rsatkichi - smeta narxida ifodalangan kapital
qo‘yilmalar miqdorini tavsiflaydi.
Kapital qo‘yilma salmog‘i ko‘rsatkichi kapital qo‘yilmalar miqdorining
asosiy fondlar qiymatiga nisbatini tavsiflaydi.
Kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish
shakliga qarab, temir yo‘l transporti
statistikasida quyidagi bo‘limlar alohida ajratib ko‘rsatiladi: kapital
qurilish statistikasi; harakatdagi tarkib va ishlab
chiqarish uskunalari haridi
statistikasi; kapital ta’mir statistikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: