12-bob. Statistika ma’lumotlarni tahlil qilish
12.1. Tahlil vazifasi va ahamiyati
Temir yo’l transporti faoliyatini texnik iqtisodiy tahlil usullari asosida
baholash mumkin. Ushbu tahlilning maqsadi temir yo’l transportida ishlab
chiqarish faoliyati natijalariga ta’sir etuvchi omillarni,
kamchiliklarni va
yutuqlarni aniqlashdir. Eng muhim vazifalardan biri ishlab chiqarish sama-
radorligini o‘stirish imkoniyatlarni hisoblab chiqishdir. Tahlil qilish uchun
asosiy manbalar statistik, moliyaviy va buxgalteriya hisobotlaridir. Hiso-
botlardan olingan barcha ko‘rsatkichlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Iqtisodiy belgi – barcha ishlab chiqarish va harakat ko‘rsatkichlari.
Iqtisodiy ishlab chiqarish va harakat ko‘rsatkichlari:
yuk aylanmasi,
ta’rif yuk aylanmasi, yo’lovchilar aylanmasi, daromadlar,
foydalanish
netto va brutto yuk aylanmasi.
2. Xarajat ko‘rsatkichlari: harakat tarkibi ish ko’rsatkichlari, moddiy va
energetik resurslar xarajatlari, xodimlar soni, ish haqi fondi.
Tahlilda mahsulotni o‘sish sura’ti va
tengligi, ish hajmi o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatga asosiy e’tibor berish kerak. O‘zlashtirish darajasiga
qarab tahlil ko‘rsatkichlar umumiy (sintetik) va alohida (analitik) ko‘rsat-
kichlarga ajratiladi. Lokomotiv o‘rtacha unumdorligi, yukli vagonning o‘r-
tacha unumdorligi sintetik ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichni
hisoblashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar analitik deb hisoblanadi. Loko-
motiv o‘rtacha unumdorlik ko‘rsatkichining analitik ko‘rsatkichlaridan:
yuk tashish brutto aylanmasi,
tashish davomiyligi, yordamchi bosib
o‘tilgan yo‘l foizi, texnik operatsiyalar ostida turgan vaqti va h.k.
Statistik tahlil uchun asosiy birlamchi manbalar – statistik hisobot,
maxsus o‘tkazilgan statistik tadqiqot natijalari va bashorat ko‘rsatkichlari
hisoblanadi. Temir yo‘l transport statistikasining ko‘rsatkichlar tizimi bir
necha
tizimchalarni biriktiradi, ular o‘rtasidagi bog‘lanish tashish ishlarini
yuqori darajada ekanligini bildiradi.
Statistik tahlilning asosiy vazifasi lokomotiv va vagonlarning hajm
ko‘rsatkichlari vaqt mobaynida qanday o‘zgargan va bu o‘zgarishga qaysi
omillar ta’sir qildi degan savolga javob berish.
Do'stlaringiz bilan baham: