S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana10.04.2020
Hajmi1.76 Mb.
#99067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
TYTS-o'-q-uzb-l


1.2.3. O‘rtacha miqdorlar 
  
O‘rtacha miqdorlar statistikada darajali o‘rtachalar sinfiga kirib, 
umumiy holda quyidagi formula bilan ifodalanadi: 
m
m
n
х
x

=
 
Amaliyotda o‘rtacha miqdorlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi: 
−  arifmetik o‘rtacha; 
−  garmonik o‘rtacha; 
−  xronologik o‘rtacha; 
−  geometrik o‘rtacha. 
Eng ko‘p qo‘llaniladigani esa o‘rtacha arifmetik miqdordir. 
Arifmetik o‘rtacha o‘z navbatida ikki xil: oddiy va vaznli (salmoqli, tor-
tilgan) bo‘ladi. Oddiy arifmetik o‘rtacha quyidagi formula bilan ifodalanadi: 
n
x
n
x
x
x
X
n

=
+
+
=
....
2
1
 
Vaznli arifmetik o‘rtacha quyidagi formula bilan ifodalanadi: 
f
xf
f
f
f
f
x
f
x
f
x
X
n
n
n


=
+
+
+
+
+
+
=
......
......
2
1
2
2
1
1
 
Oddiy arifmetik o‘rtacha formulasi o‘rganilayotgan to‘plamda belgilar 
bir marta yoki o‘zaro teng marta uchragan hollarda qo‘llaniladi. Vaznli 
13

arifmetik o‘rtachadan esa vaznlar o‘zaro teng bo‘lmagan hollarda, ya’ni 
o‘rtalashtirilayotgan belgilardan tashqari vaznlar ham ishtirok etib, ular 
o‘zaro teng bo‘lmagan hollarda foydalaniladi. 
O‘rtachalarning yana bir turi tuzilmaviy o‘rtachalari mavjud: moda va 
mediana. Uzluksaz taqsimot qatorlarida modani hisoblashda quyidagi 
formuladan foydalaniladi: 
)
(
)
(
3
2
1
2
1
2
0
0
0
f
f
f
f
f
f
i
x
M
m

+


+
=
 
bu yerda: M
0
 - modal miqdor; 
x
0
 - modal oraliqning boshlang‘ich chegarasi; 
i
mo
 - modal oraliq miqdori; 
f

-
 
modal oraliq ro‘parasidagi vazn; 
f
1
 - modal oraliq ro‘parasidagi vazndan oldingi vazn. 
f
3 
- modal oraliq ro‘parasidagi vazndan keyingi vazn. 
Medianani uzluksiz taqsimot qatorida hisoblashda quyidagi formuladan 
foydalaniladi: 
me
me
me
e
f
S
f
i
x
M
1
0
2
/


+
=

 
bu yerda: M

–mediana; 
X
0 
- mediana oraliq boshlang‘ich chegarasi; 
i
me
- mediana oraliq miqdori; 

f _ vaznlar yig‘indisi; 
S
(me-1) 
- jamg‘arilgan vaznlar yig‘indisidan oldingi jamg‘arilgan vazn. 
Statistika amaliyotida o‘zgaruvchanlik ko‘rsatkichlaridan ham keng qo‘l-
lashda foydalaniladi. “O‘TY” AJ kompaniya hisobotlarida, ma’lumotlar ko‘-
pincha umumlashgan holda beriladi. O‘rtalashtirilayotgan belgi bilan vaznlar 
o‘zaro ko‘paytma holida uchraydi, ya’ni vaznlar yashirin holda bo‘ladi. 
Bunday hollarda to‘g‘ri natija faqat garmonik o‘rtachaning qo‘llanilishini 
taqozo etadi. Garmonik o‘rtacha o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: oddiy 
garmonik o‘rtachaga va vaznli garmonik o‘rtachaga. 
Oddiy garmonik o‘rtacha quyidagi formula yordamida hisoblanadi: 
n
g
x
x
x
x
n
X
1
....
1
1
1
3
2
1
+
+
+
+
=

Tortilgan garmonik o‘rtacha esa: 
n
n
n
g
x
M
x
M
x
M
x
M
M
M
M
M
X
+
+
+
+
+
+
+
+
=
....
...
3
3
2
2
1
1
3
2
1
 
O‘zgaruvchanlik (variatsiya) ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: 
d - o‘rtacha chiziqli chetlanish 
σ - o‘rtacha kvadratik chetlanish 
14

σ
2
 - o‘rta kvadrat chetlanish (disperciya) 
V - o‘zgaruvchanlik koeffitsiyenti. 
O‘rtacha chiziqli chetlanish quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
n
x
x
d
i


=
)
(
 oddiy qatorlar uchun, 
п
х
х


=
2
)
(
σ
 



=
f
f
x
x
d
i
)
(
 guruhlangan qatorlar uchun. 
O‘rtacha kvadratik chetlanishni oddiy qatorlarda hisoblash uchun 
quyidagi formula qo‘llaniladi: 
Guruhlangan qatorlar uchun : 



=
f
f
x
x
i
2
)
(
σ
   
 
1.2.4. Dinamika qatorlar 
 
Hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishini ta’riflovchi statistik ko‘rsat-
kichlar qatori dinamika qatori deb yuritiladi. Statistika ijtimoiy hodisa-
larning holatini va ularning o‘zgarishini davrlar bo‘yicha (yillar bo‘yicha) 
o‘rganadi. 
Har qanday dinamika qatori ikki unsurdan tashkil topadi: 
1.  Vaqt momentlari yoki davrlar sanasi. 
2.  Davr (sana)larga tegishli ko‘rsatkichlar. 
O‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning miqdorini ta’riflovchi darajalar 
deganda hodisaning soni, miqdori va hajm ko‘rsatkichlari tushuniladi. 
Hodisalarning darajalariga tegishli bo‘lgan davrlar (momentlar) deganda esa 
sanalar, yillar, oylar tushuniladi. Dinamika qatorlarida boshlang‘ich (bazis) 
davr, oxirgi (joriy) davr, shuningdek, rejalashtirilgan davr mavjud. 
Dinamika qatorlarini tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: 
−  dinamika qatorlarini tuzishda, eng avvalo, miqdorlarni taqqoslama 
holatga keltirish kerak. Buning uchun vaqt birligi, o‘lchov birligi, 
hisoblash usuli bir xil bo‘lishi zarur.  
−  barcha davrlar uchun kuzatish obyekti bir xil bo‘lishi zarur. 
Uchinchidan, ijtimoiy hodisani qamrab olgan davrning uzun qisqali-gi 
va hisoblashdagi aniqlik (0,1; 0,01; 0,001) bir xil bo‘lishi kerak. Agar 
dinamika qatorlari darajasi qaysi bir jihatdan taqqoslab bo‘lmaydigan 
bo‘lsa, ularni tegishli usullarni qo‘llab taqqoslama holatga keltirish lozim. 
Dinamika qatorlar darajalari mutlaq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlardan 
tuzilgan bo‘lishi mumkin. 
Dinamika qatorlarini tavsiflovchi ko‘rsatkich hodisalarning darajasi 
deb atalib, ular har xil xarakterga ega bo‘ladi. Shulardan ayrimlari 
15

hodisalarning holatini aniq bir fursatga (sanaga), ayrimlari esa aniq davrga 
ko‘rsatadi va tavsiflaydi. Shu nuqtayi nazardan, dinamika qatorlari 
quyidagi uch turga bo‘linadi: 
1.  Fursatli (momentli) dinamika qatorlari; 
2.  Davriy dinamika qatorlari; 
3.  Hosilaviy dinamika qatorlari. 
Fursatli dinamika  qatorlari ijtimoiy hodisalarning aniq sana, moment 
bo‘yicha holatini tavsiflaydi. Masalan, asosiy ishlab chiqarish fondlari, 
aylanma mablag‘lar, ishlovchilarning soni, vagonlar soni va shunga 
o‘xshashlar, odatda yil boshiga va yil oxiriga hisoblanadi va hisobotlarda 
aks ettiriladi. Yil boshi, yil oxiri yoki boshqa bir davrning boshi, oxirida 
ko‘rsatilgan mutlaq miqdorlar asosida tuzilgan dinamika qatorlari fursatli 
dinamika qatorlari deb yuritiladi. 
Davriy dinamika qatorlari  ijtimoiy hodisalarning ma’lum davrlar 
ichidagi holatini tavsiflaydi. Masalan, tashilgan yuklar hajmi, sof daroma-
di, ish haqi fondi kabi mutlaq miqdorlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
Bunday mutlaq miqdorlar asosida tuzilgan dinamika qatorlari davriy 
dinamika qatorlari deb at aladi. 
Hosilaviy dinamika qatorlari davriy va fursatli dinamika qatorlari 
asosida yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, ular dinamika qatorlari 
ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi va o‘shalar asosida tuziladi. 
Hosilaviy dinamika qatorlari mutlaq ko‘rsatkichlar negizida aniqlangan 
nisbiy va o‘rtacha miqdorlar negizida tuzilgan dinamika qatorlaridir. Ma-
salan, vagonning dinamik yuklamasi, daromadlilig stavkasi, 1 yo’lovchi 
vagon sigimi, mahsulot bir birligiga sarf bo‘lgan xarajat va hokazo miq-
dorlar asosida tuzilgan qatorlar hosilaviy dinamika qatorlari hisoblanadi. 
Dinamika qatorlari turlariga misollar keltiramiz (1.2.1-jadval). 
 
1.2.1-jadval 
Fursatli, davriy va hosilaviy dinamika qatorlari 
Ko‘rsatkichlar 2010 
2011 
2012 
2013 
2014 
1. Toshkent MTUdagi ishchilar 
soni (yil boshiga, kishi) 
790 800 806 812 
818 
2. O‘rtacha ishchilar soni, kishi 
800 
802 
804 
810 
820 
3. Tashilgan yuklar hajmi, tn 
2800 
2900 
2750 
3020 
3350 
4. Bir ishchi hisobiga tashilgan 
yuklar, tn/ kishi 
35 36 34 37 
41 
 
Jadval ma’lumotlari asosida dinamika qatorlarining turlarini quyida-
gicha tavsiflash mumkin: birinchi qatorda Toshkent MTUdagi yil boshiga 
berilgan ishchilar soni – fursatli bo‘lib, uchinchi qatordagi tashilgan yuklar 
ko‘rsatkichlari – davriy qatorlar bo‘lib, ikkinchi qatordagi o‘rtacha 
ishchilar soni bilan to‘rtinchi qatordagi bir ishchi hisobiga tashilgan yuklar 
16

ko‘rsatkichlari hosilaviy dinamika qatorlari hisoblanadi. Boshqacha 
aytganda, birinchi qator – fursatli, uchinchi qator – davriy, ikkinchi va to‘r-
tinchi qatorlar hosilaviy dinamika qatorlari hisoblanadi. 
Dinamika qatorlari bir-biridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: 
1.  Fursatli dinamika qatorlarida har bir darajada o‘rganilayotgan ijtimoiy 
hodisaning aniq sana, fursatga bo‘lgan holatini, miqdorini ifodalaydi, 
davriy dinamika qatorlarida har bir daraja ma’lum davr ichidagi (yil, oy 
va hokazo davrlar ichidagi) ijtimoiy hodisalar miqdorini, hajmini 
ifodalaydi. 
2.  Fursatli dinamika qatorlaridagi darajalarini qo‘shish orqali olinadi-gan 
natija iqtisodiy mazmunga ega bo‘lmaydi, davriy qatorlardagi daraja-
larni qo‘shish orqali olinadigan natija esa real iqtisodiy mazmunga ega 
bo‘ladi.  
3.  Fursatli va davriy qatorlarida o‘rtacha darajalar turli xil usulda 
aniqlanadi.  
Ijtimoiy hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishini dinamika qatorlari 
asosida statistik tahlil qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalani-
ladi: 
1.  Mutlaq qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish sur’ati; 
2.  O‘sish yoki kamayish sur’ati; 
3.  Qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish sur’ati; 
4.  1% qo‘shimcha o‘sishning mutlaq ahamiyati. 
Ushbu ko‘rsatkichlar ikki davr darajasini taqqoslash natijasida olinadi. 
Bular, o‘z navbatida, zanjirsimon va bazisli ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. 
Agar dinamika qatorlardagi har bir davr darajasini boshlang‘ich davr 
darajasi bilan taqqoslansa, olingan miqdor bazisli ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Agar har bir davr darajasini o‘zidan oldingi davr darajasi bilan taqqoslansa, 
olingan miqdor zanjirsimon ko‘rsatkich deb ataladi. 
Bazisli mutlaq qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish) ko‘rsatkichini 
aniqlash uchun har qaysi davr darajasidan boshlang‘ich davr darajasini 
ayirib tashlash kerak: 
M
o‘
 = D
i
 – D
o

Bunda: M
o‘
 – mutlaq o‘zgarish (mutlaq qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish); 
             D
i  
– taqqoslanuvchi davr darajasi; 
             D
o
 – bazis (boshlang‘ich) davr darajasi. 
Zanjirsimon qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish) ko‘rsatkichini aniqlash 
uchun har qaysi davr darajasidan udan oldingi davr darajasini ayirib 
tashlash kerak: 
1



=
i
i
o
D
D
M
 
Bunda: D
i-1
 – oldingi davr darajasi. 
17

Mutlaq qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish) ko‘rsatkichi taqqoslanuvchi 
davr darajasi bazis davri darajasiga nisbatan yoki o‘zidan oldingi davr 
darajasiga nisbatan qancha birlikka katta yoki kichik ekanligini ko‘rsatadi. 
O‘sish (kamayish) sur’ati ham ikki usul bilan aniqlanadi: birinchi 
usulda, har qaysi davr darajasini boshlang‘ich davr darajasiga bo‘lib, 100% 
ga ko‘paytiriladi. Ikkinchi usulda, har qaysi davr darajasini o‘zidan oldingi 
davr darajasiga bo‘lib, 100% ga ko‘paytiriladi. Ya’ni: 
Bazisli o‘sish sur’ati (K
bo‘
): 
;
100


=
o
i
bo
D
D
К
 
Zanjirsimon o‘sish sur’ati (K
zo‘
): 
.
100
1


=

i
D
D
К
i
zo
 
Qo‘shimcha o‘sish (kamayish) sur’atini aniqlash uchun ham ikki usul – 
bazisli va zanjirsimon usullardan foydalaniladi. 
Birinchi usulda har bir keyingi davr darajasi bilan boshlang‘ich davr 
darajasi orasidagi farqni 100% ga ko‘paytirib, natijasi boshlang‘ich davr 
darajasiga bo‘linadi: 
Do
Do
Di
K
o
q
b
100
)
(

.
.


=
 
Ikkinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan o‘zidan oldingi davr 
darajasini ayirib, farqni 100% ga ko‘paytirib, natijasi o‘zidan oldingi davr 
darajasiga bo‘linadi: 
100
1
1

.
.



=

Di
D
D
K
i
i
o
q
z
 
1% qo‘shimcha o‘sishning mutlaq miqdorini hisoblash uchun mutlaq 
qo‘shimcha o‘sish darajasini qo‘shimcha o‘sish sur’atiga bo‘linadi. Yoki 
har bir keyingi davr darajasini 100% ga bo‘lib, bitta davr pastga tushirib 
yoziladi. 
Demak, 1% qo‘shimcha o‘sishning mutlaq miqdorini hisoblash uchun 
zanjirsimon mutlaq o‘sish (kamayish) darajasini zanjirsimon qo‘shimcha 
o‘sish (kamayish) sur’atiga bo‘lish kerak. 
Yuqorida bayon qilingan usullar asosida dinamika qatorlarining tah-
liliy ko‘rsatkichlarini hisoblash tartibini “Toshkent” MTUda 2009-2014-
yillarda daromad ko’rsatkichi misolida ko‘rib chiqamiz (1.2.2-jadval). 
18

1.2.2-jadval 
Dinamika qatorlarining tahliliy ko‘rsatkichlarini hisoblash tartibi 
Yilla

Daromad 
ko’rsatkichi,  
mlrd. so‘m 
Mutlaq qo‘shim-
cha o‘sish 
O‘sish sur’ati, 

Qo‘shimcha o‘sish 
sur’ati,% 
1% qo‘shim-
cha o‘sish-
ning mutlaq 
ahamiyati, 
mlrd. so‘m 
Bazisli 
usul 
Zanjir-
simon 
usul 
Bazisli 
usul 
Zanjirsi-
mon 
usul 
Bazisli 
usul 
Zanjirsi-
mon 
usul 
2009 
2010 
2011 
2012 
2013 
2014 
302,8 
559,1 
976,8 
1416,2 
2128,7 
3194,5 

256,3 
674,0 
1113,4 
1825,9 
2891,7 

256,3 
417,7 
439,4 
712,5 
1065,8 
100,0 
184,6 
322,5 
467,7 
703,0 
1054,9 

184,6 
174,7 
145,0 
150,3 
150,1 

84,6 
222,6 
367,7 
603,0 
954,9 

84,6 
74,7 
45,0 
50,3 
50,1 

3,030 
5,592 
9,764 
14,165 
21,273 
 
Dinamika qatorlarining zanjirsimon va bazisli o‘sish sur’atlari o‘zaro 
bir-biri bilan bog‘langan. 
Zanjirsimon o‘sish sur’atining ketma-ket ko‘paytmalarining yig‘indisi 
tegishli davrning bazisli o‘sish sur’atiga teng keladi. Masalan, 1,846 x 
1,747 = 3,225 yoki 322,5%; 
1,846 x 1,747 x 1,450 = 4,677 yoki 467,7% va hokazo. 
Bazisli o‘sish sur’atining o‘zidan oldingi bazisli o‘sish sur’atiga 
bo‘lingani shu davrdagi zanjirsimon o‘sish sur’atiga teng bo‘ladi. Masalan, 
3,225 : 1,846 = 174,7% 
4,677 : 3,225 = 1,450 yoki 145,0% va hokazo. 
Dinamika qatorlarida darajalar o‘rtachasini hisoblash, ularning 
xususiyatiga, qator turiga bog‘liq. 
Agar davriy dinamika qatorlaridagi darajalar teng oraliq davrlarda 
keltirilgan bo‘lsa, u holda mutlaq o‘rtacha daraja o‘rtacha oddiy arifmetik 
miqdor formulasi yordamida aniqlanadi: 
;
...
3
2
1
N
D
N
D
D
D
D
D
n
M

=
+
+
+
+
=
 
Bu yerda: 
D
 – o‘rtacha mutlaq daraja; 
                 D
1
, D
2
…D
n
 – har bir davrdagi hodisalarning mutlaq darajasi; 
                N – davrlar soni. 
Fursatli (paytli) dinamika qatorlarida darajalarning soni va davr 
oraliqlariga bog‘liq holda o‘rtacha miqdor quyidagi tartibda hisoblanadi: 
1. Agar momentli dinamika qatorlar darajasi 3 va undan ko‘p bo‘lib, 
qator oralari teng bo‘lsa, u holda darajalarning mutlaq o‘rtacha miqdori 
o‘rtacha xronologik formula yordamida hisoblanadi: 
;
1
2
1
...
2
1
3
2
1

+
+
+
+
=
n
D
D
D
D
D
n
 
19

Bunda: 
D
 – o‘rtacha mutlaq daraja; 
n
D
D
D
...
,
2
1
 – har bir davr boshiga mavjud bo‘lgan hodisalarning 
darajalari; 
n-1 – momentli dinamika qatorlaridagi davrlar soni birga kamaytirilgan. 
2. Agar momentli dinamika qatorlar darajasi 3 va undan ko‘p bo‘lib, 
qatorlar oralig‘idagi vaqt o‘zaro teng bo‘lmasa, u holda o‘rtacha miqdor 
tortilgan arifmetik miqdor formulasi yordamida aniqlanadi: 
1 1
2 2
1
2
...
;
...
n n
n
Dt
D t
D t
D t
D
t
t
t
t
+
+ +
=
=
+ + +


 
3. Momentli dinamika qatorda davr boshi va davr oxiriga ma’lumot 
berilgan bo‘lsa, u holda qator darajalarining o‘rtachasi oddiy arifmetik 
o‘rtacha miqdorlar formulasidan foydalanib aniqlanadi: 
;
2
2
1
D
D
D
+
=
 
O‘rtacha darajalar bilan bir qatorda o‘rtacha qo‘shimcha o‘sish 
ko‘rsatkichlari ham aniqlanadi. O‘rtacha qo‘shimcha mutlaq o‘sish 
quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi: 
1

Δ
=
Δ

n
z
z
 yoki 
;
1
1


=
Δ
n
D
D
n
δ
 
Bunda: 
z
Δ
 – zanjirsimon usulda hisoblangan qatorlar darajalari; 
          
n
 – qatordagi oxirgi davr darajasi; 
          
1
D
 – qatordagi birinchi (dastlabki) davr darajasi. 
O‘rtacha o‘sish (yoki kamayish) sur’ati quyidagi o‘rtacha geometrik 
formula yordamida aniqlanadi: 
п
К
К
К
К
К




=
...
3
2
1
 
Bu yerda: K – zanjirsimon o‘sish (yoki kamayish) sur’atlari. 
O‘rtacha o‘sish (yoki kamayish) sur’atini dinamika qatorlari darajala-
rining boshlang‘ich va oxirgi darajalariga asoslanib ham aniqlash mumkin: 
;
1
1

=
п
n
D
D
К
 
Turli oraliqlarda berilgan qatorlarda o‘rtacha o‘sish (kamayish) sur’ati 
quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
;

=
mi
mi
i
ПK
K
 
Bunda: mi – oraliqlardagi davrlar kengligi. 
20

Tayanch iboralar: statistika ko‘rsatkichi, mutlaq va nisbiy miqdor-lar, 
o‘rtacha miqdor, variatsiya, dinamika qator, mutlaq qo‘shimcha o‘sish, 
o‘sish sur’ati, qo‘shimcha o‘sish sur’ati.  
 
1.3. Mustaqil ishlash uchun masalalar 
 
1-masala. Quyidagi jadvalda korxonalar xodimlarining o‘rtacha oylik 
ish haqlari, ish haqi fondi va xodimlar soni to‘g‘risida ma’lumotlar 
keltirilgan: 
1.3.1-jadval 
Korxonalar 
Sentyabr Oktyabr 
O‘rtacha ish 
haqi, ming so‘m 
Xodimlar soni 
O‘rtacha ish 
haqi, so‘m 
Ish haqi fondi, 
so‘m 
1  1020,0 48 1040,0 
499200 
II  1240,0 110 1260,0 
1386000 
III 1430,0 60 1420,0 
852000 
 
Jami korxonalar bo‘yicha har qaysi oy uchun alohida o‘rtacha ish haqi 
hisoblansin va ish haqining oktyabr oyiga kelib mutlaq va nisbiy jihatdan 
o‘zgarishini aniqlang va tahlil qiling. 
2-masala. Ishlab chiqarish normasining bajarilish darajasiga qarab 
korxona ishchilari quyidagicha taqsimlangan: 
1.3.2-jadval 
Ishchilarning ishlab chiqarish normasining 
bajarilishi bo‘yicha guruhlari, % 
Ishchilarning soni, jamiga nisbatan foizlarda 
yanvar fevral  Mart 
90 
gacha 
4 1 1 
90-100 
8 3 3 
100-110 
30 26 12 
110-120 
21 33 35 
120-130 
19 22 26 
130-140 
14 12 14 
140-150 
4 3 9 
Jami 
100 100 100 
Mavjud ma’lumotlardan foydalanib, har qaysi oy uchun alohida 
hisoblang: 
1) ishlab chiqarish normasining o‘rtacha foizi; 
2) moda va mediana; 
3) o‘rtacha kvadratik chetlanish; 
4) o‘rtacha kvadrat chetlanish (dispersiya); 
5) o‘zgaruvchanlik koeffitsiyenti. 
 
1.4. Nazorat savollari 
 
1.  Statistika fanining predmeti? 
2.  Statistik belgi, to‘plam va ko‘rsatkichga ta’rif berilsin?  
3.  Statistik ko‘rsatkich deganda nimani tushunasiz? 
21

4.  Statistik kuzatishning turlari? 
5.  Statistik hisobot va uning turlari? 
6.  Statistik kuzatishning xatolari va ularni tekshirish? 
7.   Statistikada variatsiya deganda nima tushuniladi? 
8.   Variatsiya qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi? 
9.  Dinamika deb nimaga aytiladi? 
10. Dinamika qatorlari deganda nimani tushunasiz? 
11. Dinamika qatorlarini tuzishdagi qoidalarni bilasizmi? 
12. Momentli qatorlar deb nimaga aytiladi? 
13. Davriy qatorlar deb nimaga aytiladi? 
14. Momentli va davriy qatorlar bir-biridan nima bilan farq qiladi? 
15. Dinamika qatorlarini tahlil qilishda qanday ko‘rsatkichlardan 
foydalaniladi? 
16. Mutlaq qo‘shimcha o‘sish (kamayish) ko‘rsatkichini aniqlash tartibini 
tushuntiring. 
17. O‘sish yoki kamayish sur’atini aniqlash zaruriyati nimada va qanday 
hisoblanadi? 
18. Qo‘shimcha o‘sish (kamayish) sur’ati qanday aniqlanadi? 
19. 1 foiz qo‘shimcha o‘sishning (kamayishning) mutlaq ahamiyati qanday 
hisoblanadi va u nimani tavsiflaydi? 
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling