S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana10.04.2020
Hajmi1.76 Mb.
#99067
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
TYTS-o'-q-uzb-l


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ 
Toshkent temir yo'l muhandislari instituti 
 
 
 
 
 
 
 
 
S.M. Sultanova, E.V. Krivoruchko,  
G.T. Zakirova, A.A. Baymatov 
 
 
TEMIR YO‘L TRANSPORTI STATISTIKASI 
 
 
5230100-“Iqtisodiyot (temir yo‘l transporti)”, 5230200-“Menejment (temir 
yo‘l transporti) ”, 5230900-“Buxgalteriya hisobi va audit (temir yo‘l 
transporti)”, 5610600 - «Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi» 
(temir yo‘l transporti), 5620100 - «Tashishlarni tashkil etish va transporti 
logistikasi» (temir yo‘l transporti) ta’lim yo’nalishlari 3-bosqich 
bakalavriat talabalari va professor-o’qituvchilar uchun  
o’quv qo’llanma 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2016 

UDK 31.311 
 
Temir yo‘l transporti statistikasi. O`quv qo`llanma. S.M. Sultanova, 
E.V. Krivoruchko, G.T. Zakirova, A.A. Baymatov. – Toshkent, 2016y.   
155 b.  
 
Ushbu o’quv qo’llanmada temir yo‘l transporti statistikasining 
mohiyati, ahamiyati, zarurligi, funksiyalari, tashish tizimi jarayonidagi roli, 
tarkibiy tuzilishi, statistik hisobi masalalari yoritib berilgan bo’lib, 
shuningdek, O’zbekiston Respublikasida statistika nazariyasi, uning hisobi, 
temir yo‘l transportining o’ziga xos xususiyatlariga e’tibor berilgan. 
O`quv qo`llanma O’liy ta’limning 230000- “Iqtisod”, 300000 - “Ishlab 
chiqarish-texnik sohasi”, 600000 - “Xizmatlar sohasi”, «Xizmat ko‘rsatish 
texnikasi va texnologiyasi» (temir yo‘l transporti), «Tashishlarni tashkil 
etish va transporti logistikasi» (temir yo‘l transporti) ta’lim sohasidagi 
talabalar va iqtisodiy ta’lim yo’nalishlari Oliy o’quv yurtlarining 
bakalavrlari, magistrlari, moliya va texnik-muhandislik mutaxassislari, 
buxgalterlar, auditorlar, professor-o’qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarga 
mo’ljallangan. 
 
Institut Ilmiy-uslubiy Kengashi qaroriga muvofiq nashrga tavsiya 
etildi. 
 
Taqrizchilar: A.X. Ayubjanov –i.f.d., dots. (TDIU); 
M.L. Fayzihojaeva – i.f.n, dots.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
© Toshkent temir yo'l muhandislari instituti, 2016 y. 

Kirish 
 
Temir yo‘l transporti statistikasi – iqtisodiy statistikaning tarmoqlar 
statistikasi ajralmas bo‘limi hisoblanadi. Uning o‘rganish predmeti temir 
yo‘l tansporti bo’lib, yuk va yo‘lovchilarni aniq masofaga tashishni 
tashkillashtiruvchi korxonalar majmuasi hisoblanadi. Temir yo‘l transporti 
oldida turgan asosiy vazifa mamlakat miqyosidagi temir yo‘l transportida 
tashishlarga bo’lgan ehtiyojni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq qondirish hamda 
tarmoqni va uning har bir korxonasi ishi samaradorligini oshirishdan 
iborat.  
Bozor iqtisodietida xujalik mexanizmi va temir yo‘l transporti 
boshqarish tuzilmasida katta o‘zgarishlar ro’y bermoqda. Statistika 
ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini 
ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog‘langan holda o‘rganadi. 
Ma’lumotlarni to‘plash, ularni qayta ishlash, tahlil va bashorat (prognoz) 
qilish statistikaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun xo‘jalik 
boshqaruvni takomillashtirishda statistik hisob va hisobotning ahamiyati 
katta va ular bir-biri bilan bevosita bog‘liqdir.  
Statistika korxonalar ishlab chiqarish faoliyati natijalarining moddiy va 
mehnat resurslari mavjudligi, ularning ishlatilishi, foydalanilgan zaxiralari, 
moliyaviy holatini tavsiflaydi hamda joriy va bashorat loyihalarni tuzish 
uchun ma’lumotlarni yig‘adi, qayta ishlaydi, tahlil qilish uchun 
tayyorlaydi. 
Istiqbolni belgilash va Davlat statistika qo‘mitalari, viloyat statistika 
bo‘limlari 1997 yil 15 maydagi Farmonga asosan birlashtirilib 
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tashkil etildi. Davlat Statistika 
qo’mitasi O‘zbekiston Respublikasi “Davlat Statistikasi haqida” va 
respublika Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va 
statistika vazirligini qayta tashkil etish haqida” gi 24 dekabr 2002 yil UP-
3183 sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 8 yanvar 2003 yil 8-sonli qaroriga asosan tuzilgan bo‘lib, 
mamlakatimizda statistika sohasida yagona siyosat ishlab chiquvchi va 
amalga oshiruvchi mustaqil yuridik shaxsdir. Davlat Statistika qo‘mitasi 
o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat Statistikasi to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa rasmiy 
hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.  
Temir yo‘l transporti tuzilmaviy korxonalari uchun statistik 
ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish hamda ularni tahlil qilish usullari 
temir yo‘l transporti statistika bo‘limida o‘rganiladi. 
Ushbu o‘quv qo‘llanmaga qadar mavjud statistika umumiy nazariyasi, 
mikroiqtisodiy statistikaga oid o‘quv adabiyotlarida, xususan yetakchi 
3

iqtisodchi olim, professor I.I.Yeliseyevaning “Общая теория статистики” 
dasrligida asosan statistikaning nazariy asoslariga e’tibor berilgan bo‘lsa, 
M.R.Yefimovaning «Социально-экономическая  статистика» o‘quv 
qo‘llanmasida makroiqtisodiy statistikaning pirovard statistik 
ko‘rsatkichlari, milliy hisoblar tizimiga ko‘proq e’tibor berilgan. 
Ye.V.Petrova, O.I.Ganchenko, I.M.Alekseyevalarning “Практикум  по 
статистике  транспорта” o‘quv qo‘llanmasida har xil turdagi transport 
faoliyatlari aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimi va ularning tahlili keltirilgan. 
Bugungi kunda statistika va statistika hisobi bo‘yicha ilmiy ishlar 
respublikamiz iqtisodchi olimlari tomonidan bir necha o‘quv-uslubiy 
adabiyotlarda o‘rganilib nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilgan. 
Professor Yo.A.Abdullayevning “Statistika nazariyasi” o‘quv qo‘llanma-
sida asosan statistikaning nazariy asoslariga e’tibor berilgan bo‘lsa, 
N.M.Soatov, G.N.Tillaxodjayevaning “Statistika” o‘quv qo‘llanmasida 
tasviriy statistikaning nazariy asoslari, iqtisodiy balanslar turlarining o‘ziga 
xos xususiyatlari hamda muhim makroiqtisodiy yakuniy ko‘rsatkichlariga 
katta e’tibor berilgan bo‘lib, mikroiqtisodiy statistikaning amaldagi 
uslubiyoti yetarli darajada yoritib berilmagan.  
A.A.Polikarpov, A.A.Vovkning “Статистика  железнодорожного 
транспорта” darsligida statistika nazariyasi va temir yo‘l transporti statisti-
kasining asoslari va xususiyatlari o‘rganilgan. Darslikning birinchi bo‘li-
mida statistikaning umumiy nazariyasi asoslari ko‘rib chiqilqan. Ikkinchi 
bo‘limda esa Rossiya federatsiyasida temir yo‘l transporti statistikaning 
xususiyatlari, statistik ko‘rsatkichlari, ularning uslubiy asoslari keltirilgan.  
Mazkur o‘quv qo‘llanma yuqorida qayd etilgan adabiyotlardan shunisi 
bilan farq qiladiki, unda boshqa o’quv qo’llanmalarga qaraganda 
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda statistika hisobini yuritishning o‘ziga 
xos tartibi, statistik kuzatish shakllari, ko‘rsatkichlari, har bir mavzu 
bo’yicha qisqa nazariy ma’lumotlar, talabalarning amaliy mashg`ulotga 
tayyorgarliklarini aniqlash uchun nazorat savollari, tegishli topshiriqlar va 
ularni bajarish tartibi keltirilgan.  
Ushbu o‘quv qo‘llanmani yaratish jarayonida yuqorida nomlari zikr 
etilgan iqtisodchi olimlarning statistika bo‘yicha olib borgan ilmiy ishla-
ridan keng foydalanildi. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi 
Statistika to‘g‘risidagi Qonun, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi-
ning Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat statistika 
qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar va Internet tarmog‘i 
ma’lumotlaridan hamda Davlat statistika qo‘mitasi hisoboti materiallaridan  
keng foydalanildi. 
O‘quv qo‘llanma ikki bo‘lim va 12 bobdan iborat: 
4

1-bo‘lim. Statistikaning umumiy nazariyasi. 
2-bo‘lim. Temir yo‘l transporti statistikasi. 
Har bir bo‘limda statistik ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari va tahlili 
bo‘iycha umumiy ma’lumotlar, namunaviy misollarni yechimlari va 
mustaqil yechish uchun masalalar, testlar berilgan.  
O‘quv qo‘llanmaning kirish qismi va 1, 5, 6, 11, 12-boblarini 
S.M.Sultanova; 2-bobini Ye.V. Krivoruchko; 3, 4, 7, 8, 9, 11-boblarini 
G.T.Zakirova; 5, 6, 10, 11-boblarini A.A.Boymatov tayyorlagan. 
 Mazkur o‘quv qo‘llanma “Temir yo‘l transporti statistikasi” kursining 
namunaviy dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, u transport ta’lim muassasalari-
dagi, “Iqtisodiyot”, “Menejment”, “Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnolo-
giyasi”, “Tashishnilarni tashkil etish va transport logistikasi” ta’lim yo‘na-
lishlari hamda temir yo‘l transporti mutaxasisslari uchun mo‘ljallangan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5

1-BO’LIM. STATISTIKA UMUMIY NAZARIYASI ASOSLARI 
 
1-bob. Statistika kuzatish va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar 
 
1.1. Statistik kuzatish 
  
Idora, korxona, tashkilotlarda statistika ishlari ma’muriy statistika deb 
yuritiladi. Amaliyotda yagona hisobi joriy qilingan, u uch turdagi hisobni 
o‘z ichiga oladi: 
1.  Tezkor texnika hisobi. 
2.  Buxgalteriya hisobi. 
3.  Statistik hisobi. 
Statistik hisobi quyidagi vazifalarni bajaradi: 
−  statistik axborotni takomillashtirish va iqtisodiy tahlil qilishni yanada 
chuqurlashtirish; 
−  iqtisodietning barcha hisobotlarni tartibga solish va ularning aniqligini 
ta’minlash; 
−  xalqaro statistika andozalari va qoidalariga mos ilmiy asoslangan 
statistika uslubiyat va ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish; 
−  xo‘jalik yuritishning turli shakllarini (davlat, xususiy, aralash) mulk-
chilikning ko‘p qirraligini ifodolovchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab 
chiqish; 
−  bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning ish samaradorligini, 
yuqori mehnat unumdorligi va aholi ehtiyojini to‘liqroq qondirilishini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqarish; 
−  respublikalar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar va mintaqalararo 
xo‘jalik aloqalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish; 
−  milliy hisoblar tizimi va yakuniy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, ularga 
bo‘lgan talabga e’tiboran, ishlab chiqarish hamda O‘zbekiston 
Respublikasida statistika tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish.  
Statistika amaliyotida asosiy masalalardan biri statistik to‘plam, uning 
tuzilishi, tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi tushunchalaridir. 
Statistik to‘plamning muhim belgisi – unda ichki o‘zgaruvchanlikning, 
ya’ni variatsiyaning mavjudligidir. Masalan, temir yo‘l transportida yuk 
tashish jarayonida yuk tashuvchi vagonlarini toifalari va yuk ko‘tarish 
qobiliyati bo‘yicha hisobga olish. Yuk ortish va yuk tushirish bo‘yicha 
statistik hisobotlar bekatlar, mintaqaviy temir yo‘l uzeli (MTU), yuk turlari 
bo‘yicha tuziladi va tahlil qilinadi. Statistik to‘plam statistik tadqiqot 
natijasida paydo bo‘ladi. Har qanday statistik tadqiqot uch bosqichini o‘z 
ichiga oladi: statistik kuzatish; kuzatish materiallarini jam-lash va 
guruhlash; kuzatilayotgan voqeani har tomonlama tavsiflovchi 
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil qilish. 
6

Ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, 
uyushtirilgan asosda to‘plash jarayoni statistik kuzatish deb ataladi. 
Statistik kuzatish turlari quyidagilar: 
1.  Voqealar sodir bo‘lishini qayd qilish vaqtiga qarab: uzluksiz kuzatish; 
fursatli kuzatish; bir yo‘la kuzatish. 
2.  Boshlang‘ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab: bevosita kuzatish; 
xujjatli kuzatish; savol-javob usuli. 
3.  O‘rganilayotgan to‘plam birliklarini o‘z ichiga qamrab olishiga qarab: 
yoppasiga kuzatish; qisman kuzatish. 
Statistik kuzatish o‘tkazilgandan so‘ng uning natijalarini qabul qilish 
boshlanadi. Qabul qilish jarayonida ma’lumotlar uch nuqtai nazardan 
tekshiriladi: 
1)  Tashqi nazorat; 
2)  Mantiqiy tekshirish; 
3)  Arifmetik tekshirish. 
Statistik kuzatish materiallarini tekshirish va qabul qilish davomida 
ikki xildagi xatolar aniqlanishi mumkin: qayd qilishdagi xatolar va rep-
rezentativ (vakolatli) xato. Statistik kuzatish natijasida o‘rganilayotgan 
hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plangach, keyingi vazifa olingan 
ma’lumotlarni umumlashtirish, ma’lum tartibga solishdan iboratdir. Bu 
bosqich har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo‘lib, statistik 
kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash deb yuritiladi. 
Svodkalash oldindan tuzilgan va tasdiqlangan dastur hamda reja aso-
sida amalga oshiriladi. Svodkalash oddiy va murakkab svodkalashlarga 
bo‘linadi. Svodkalash tashkil qilinishiga qarab markazlashgan va mar-
kazlashmagan svodkalashlarga bo‘linadi. Kayta ishlash texnikasiga qa-rab 
svodkalash qo‘lda yoki mashinada bajarilishi mumkin. Mexanizatsiya-
lashgan usulda kam mehnat talab qilinadi va svodkalash arzonga tushadi, uni 
bajarish muddati qisqaradi va olingan natijalarning aniqligi oshadi. 
1) Keng ma’noda svodkalash deyilganda to‘plangan boshlang‘ich 
ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar nuqtai-
nazaridan qayta ishlash tushuniladi.  
Statistik guruhlash deb ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har 
tomonlama o‘rganish maqsadida eng muhim, xarakterli belgilar bo‘yicha 
bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o‘rganishga aytiladi. 
Guruhlash usuli ommaviy to‘plamlarda keng qo‘llaniladi. Guruhlash 
usuli yordamida bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch turdagi vazifa yechiladi:  
1)  Hodisalar ijtimoiy-iqtisodiy tiplarga ajratiladi
2)  Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar tuzilmasi o‘rganiladi; 
3)  Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish aniqlanadi. 
7

Guruhlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi 
tushuniladi. Ko‘zlangan maqsad va vazifalarni hal qilish nuqtai-nazaridan 
statistik guruhlash uch turga: 1) tipologik; 2) tuzilmaviy; 3) analitik 
guruhlashga bo‘linadi. 
Tipologik guruhlash yordamida to‘plamning turli xildagi birliklari sifat 
jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratiladi. Tuzilmaviy guruhlash 
yordamida bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil bo‘lgan guruhlarning sal-
mog‘i hisoblanadi va to‘plam tarkibi o‘rganiladi. Bunday guruhlashlar yor-
damida temir yo‘l transportida xujaliklar bo‘yicha daromad va xarajatlar 
ko‘rsatkichlari, ishchilarning kasbiy tarkibi yoki tuzilmasi kabilar 
o‘rganiladi. 
Analitik guruhlash yordamida hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish 
o‘rganiladi. Ikki va undan ortiq belgilar bo‘yicha amalga oshirilgan 
guruhlashlar kombinatsion guruhlash deyiladi. 
Statistik kuzatish ma’lumotlari qayta ishlab bo‘lingach, guruhlarga 
ajratilib, jadvallarda aks ettiriladi. Ijtimoiy voqea va hodisalar to‘g‘risi-
dagi ma’lumotlarni ko‘rishi, tushunish oson bo‘ladigan va ixchamlashgan 
sonlar yordamida tartib bilan yozishga statistik jadval deyiladi. Jadval 
qatorlari va ustunlari o‘z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo‘lib, 
sonlar bilan to‘ldirilmagan bo‘lsa, u jadval maketi deb ataladi. Umumiy 
sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan 
bo‘lishi va shuningdek, qaysi territoriya, qaysi davrga nisbatan olinganligi 
ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek, o‘lchov birligi ham berilgan bo‘lishi 
lozim. Har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. 
Har xil ko‘rsatkichlarda ifodalanadigan statistik to‘plamlar jadvalning 
egasi, o‘rganilayotgan to‘plamlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar esa 
jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi odatda, jadvalning chap 
qismida, kesimi esa ung tomonida bo‘ladi. 
Temir yo‘l transportida tashilgan yuklarning tahlilini o‘tkazishda 
1.1.1.-jadvalda berilgan shartli raqamlar misolida analitik guruhlashni 
ko‘rishimiz mumkin.  
Keltirilgan 1.1.1-jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, hisobot 
davrida (1-chorakda) jami bajargan ish, ya’ni netto yuk tashish ko‘rsatkichi 
5036 mln. tonna-kmni tashkil etdi. Shu davrda ishlab chiqarish xarajatlari 
esa 184065,3 mln. so‘mni tashkil etdi. Boshlang‘ich yakuniy operatsilariga 
ketgan jami xarajatlar 43472,9 mln.so‘mda ifodalangan. 
 
 
8

1.1.1-jadval 
Hisobot yil 1 choraqida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yuk toifalari bo‘yicha ishlab 
chiqarilgan xarajatlarini taqsimlanishi* 
Yuk toifasi  
Tonna-
kilometr 
netto, 
mln 
Boshlang‘ich-yaku-
niy operatsiyalaridan
tashqari ishlab 
chiqarish xarajatlari 
Boshlang‘ich-
yakuniy 
operatsiyalariga 
xarajatlar 
Jami  
Tosh ko’mir 
110,9 
4052,4 
3940,5 
7993,0 
Koks 1,6 
58,6 
13,7 
72,3 
Neft mahsulotlari  
1146,6 
41905,3 
9116,5 
51021,8 
Ruda 194,1 
7094,3 
3268,3 
10362,5 
Qora metallar 
302,8 
11067,1 
941,7 
12008,8 
O‘rmon-yog‘och mahsulotlari  
222,3 
8126,5 
745,8 
8872,3 
Qurilish mahsulotlari  
559,3 
20443,1 
3947,2 
24390,2 
Mineral o‘g‘itlar 
399,9 
14617,5 
2998,5 
17615,9 
Non mahsulotlari  
234,7 
8578,8 
1268,9 
9847,7 
Sement 281,8 
10299,7 
2693,8 
12993,5 
Sanoat xomashyo  
135,8 
4962,2 
2824,5 
7786,7 
Paxta 185,7 
6787,1 
302,8 
7089,9 
Boshqa yuklar 
1260,6 
46072,7 
11410,7 
57483,4 
Hammasi  
5036,2 
184065,3 
43472,9 
227538,1 
*Manba: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ statistik hisobot ma’lumotlari 
 
1.2. Statistikaning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari 
1.2.1. Mutloq miqdorlar 
 
Statistikaning tub mohiyatidan kelib chiqan holda umumlashtiruvchi 
ko‘rsatkichlar jumlasiga mutlaq miqdorlar, nisbiy miqdorlar va o‘rtacha 
miqdorlar kiradi. 
Mutloq miqdorlar har qanday statistik ko‘rsatkichlarning dastlabki 
boshlang‘ich ko‘rinishidir. Mutlaq miqdorlar yordamida ommaviy hodisa 
va jarayonlarning miqdori, hajmi o‘rganiladi.  
Ijtimoiy hodisa va jarayonlar bilan bogliq bo‘lgan ma’lumotlarni 
jamlab yakunlash natijasida statistik ma’lumotlar hosil bo‘ladi. Ushbu 
ma’lumotlar nima to‘g‘risida bo‘lsa, o‘shaning nomini ko‘rsatib, mutlaq 
sonlarda ifodalanadi. Bular statistik kuzatish natijasida olinadigan 
dastlabki, boshlang‘ich mutlaq miqdorlar deyiladi. Xo‘jaliklar soni, 
tashilgan yuklar hajmi, ishchilar soni, tashilgan yo‘lovchilar soni, daromad, 
sof foyda kabi boshqa to‘plangan miqdorlar haqidagi ko‘rsatkichlar mutlaq 
miqdorlarga misol bo‘la oladi. 
Mutlaq miqdorlar ma’lum davrda va ma’lum hududda u yoki bu 
hodisaning fizik miqdori (hajmi)ni ifodalaydi. Ular barcha ijtimoiy 
hodisalar to‘g‘risida hisob-kitoblarning, tadqiqotlarning va iqtisodiy-
statistik tahlilning asosi hisoblanadi. Mutlaq miqdorlar ifodalanishi 
bo‘yicha quyidagi 2 turga bo‘linadi: 
9

1.  Yakka mutlaq miqdorlar
2.  Umumiy mutlaq miqdorlar. 
Yakka mutlaq miqdorlar o‘rganiladigan to‘plamning alohida 
birliklarining miqdoriy belgilarini tavsiflaydi va ular statistik tadqiqot 
uchun manba hisoblanadi. Masalan, yuk tashuvchi vagonlarning inventar 
parki, mavjud lokomotivlar parki, har bir ishlovchining olayotgan ish haqi 
va hokazolar yakka mutlaq miqdorlar hisoblanadi. 
Umumiy mutloq miqdorlar o‘rganiladigan u yoki bu to‘plam bir-
liklarining umumiy miqdorini ta’riflaydi. Masalan, temir yo‘l tasarrufidagi 
vagonlar inventar parki, ishlovchilarning ish haqi fondi kabi ko‘rsatkichlar 
umumiy mutlaq miqdorlar hisoblanadi. Umumiy mutlaq miqdorlar 
boshlang‘ich statistik kuzatish materiallarini jamlash natijasida yuzaga 
keladi. Umumiy mutlaq miqdorlar mohiyati jihatidan bir xil bo‘lgan yakka 
mutlaq miqdorlar yig‘indisi hisoblanadi. Xullas, umumiy mutlaq miqdorlar 
ijtimoiy hodisalarning umumiy sonini, hajmini, qiymatini o‘zida aks 
ettirib, muayyan olingan mamlakat, viloyat, tuman, korxona, tashkilot 
faoliyatining turli tomonlarini tavsiflaydi. 
Mutlaq miqdorlar natura, shartli-natura, pul va kompleks o‘lchov 
birliklarida ifodalanadi. 
Natura o‘lchov birligi deganda ijtimoiy hodisaning ichki xususi-yatini 
ifodalovchi birliklar tushuniladi, ya’ni og‘irlik, uzunlik, hajm kabi birliklar 
natura o‘lchov birliklari hisoblanadi. Masalan, tashilgan yuklar hajmi - 
vagonlar, tonna-km brutto, ishlovchilar soni – kishi, bosib o‘tilgan masofa 
– kilometrlar kabi o‘lchov birliklarida ifodalanadi. 
Shartli-natura o‘lchov birligi deganda turdosh iste’mol qiymatga ega 
bo‘lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o‘lchov birliklari tushunila-
di. Bu birlikni aniqlashda iste’mol qiymatlari nisbatiga asoslangan 
koeffitsiyentlardan foydalaniladi. Masalan, temir yo‘l transporti keltirilgan 
mahsuloti misol bo‘la oladi. 
Murakkab ijtimoiy hodisalarni ifodalovchi ikki va undan ortiq o‘lchov 
birliklarining o‘zaro birikmasi kompleks o‘lchov birligi deyiladi. Bularga 
tonna-kilometr, kishi-soat, kishi-kuni, kilovatt-soat kabi o‘lchov birliklarini 
misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
Pul o‘lchov birligi deganda har xil turdagi va turlicha iste’mol xususi-
yatiga ega bo‘lgan hodisalarni (mahsulotlar, xizmatlarni) bir xil birlikka 
keltiruvchi o‘lchov birligi tushuniladi. Masalan, tashishdan tushgan daro-
mad pul birligi yordamida ifodalanadi. U tashilgan yuklar, tashilgan yo‘-
lovchilar kabi natura mahsulotlarining pul shaklida ifodalangan qiymati 
hisoblanadi. Demak, pul o‘lchov birligi yordamida barcha umumlashti-
ruvchi ko‘rsatkichlar aniqlanadi. 
10

1.2.2. Nisbiy miqdorlar 
 
Mutlaq miqdorlarning bir biriga taqqoslash natijasida kelib chiquvchi 
uchinchi miqdor nisbiy miqdor deb ataladi. Nisbiy miqdorlar hisoblanayot-
ganda taqqoslash bazasi qilib har xil miqdorlar qabul qilinishi mumkin. 
Nisbiy miqdorlar asosan koeffitsiyent, foiz, promille va prodetsimellada 
ifodalanadi. Nisbiy miqdorlar koeffitsiyentda ifodalansa, baza 1 ga teng-
lashtiriladi, foizda ifodalansa, baza 100 ga, promelleda ifodalansa, baza 
1000 ga, prodetsimelleda ifodalansa, baza 10000 ga tenglashtirib olinadi. 
Nisbiy miqdorlarni ta’riflashda, ularga baho berishda u yoki bu 
ifodalash shaklini qo‘llash taqqoslanayotgan miqdorlar orasidagi farqqa 
bog‘liq. Agar bo‘linuvchi miqdor bo‘luvchiga nisbatan bir necha marta 
katta bo‘lsa, u holda nisbiy miqdorni koeffitsiyent yordamida ifodalash 
ma’quldir. Agar taqqoslanadigan miqdorlar bir-biridan uncha farq qilmasa, 
u holda nisbiy miqdorni foizda ifodalash qulay. Promella va prodetsimella 
shakllari ko‘pincha aholi statistikasi nisbiy ko‘rsatkichlarini ifodalashda 
qo‘llaniladi. 
Taqqoslash bazasidagi miqdorlar har xil ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni 
o‘tgan davr (yil) ning haqiqiy ko‘rsatkichi, hisobot davrining rejalashti-
rilgan ko‘rsatkichi, boshqa xo‘jalik ko‘rsatkichi, o‘rganilayotgan hodisa 
yig‘indisi kabi ko‘rsatkichlar ko‘rinishida bo‘ladi. Shuning uchun ham
nisbiy miqdorlar har xil bo‘ladi va quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1)  reja topshirig‘i nisbiy miqdorlari; 
2)  reja bajarilishi nisbiy miqdorlari; 
3)  dinamika nisbiy miqdorlari; 
4)  tuzilma (struktura) nisbiy miqdorlari; 
5)  taqqoslash nisbiy miqdorlari; 
6)  koordinatsiya nisbiy miqdorlari; 
7)  intensiv nisbiy miqdorlar. 
Reja bajarilishi nisbiy miqdori yordamida rejaning bajarilish darajasi 
aniqlanadi. U ko‘rsatkich orqali ya’ni ishlab chiqarish hajmining yoki 
boshqa qandaydir jarayon hajmining (miqdorining) rejaga nisbatan necha 
foizga oshganligi yoki kamayganligi ta’riflanadi. Bu ko‘rsatkich quyida-
gicha hisoblanadi: 
 
rt
nm
D
х
D
RB
100
1
=
 
 
Bu yerda: RB
nm
 – reja bajarilishi nisbiy miqdori (%); 
          D
1
 – joriy davr (haqiqiy) darajasi; 
          D
rt 
– joriy davr uchun reja topshirig‘i. 
Reja topshirig‘ini ifodalovchi nisbiy miqdorlar.  Ushbu miqdorlar 
11

rejalashtirilgan davr ko‘rsatkichini oldingi davrning haqiqiy ko‘rsatkichiga 
nisbatan o‘zgarishini ifodalaydi, ya’ni u yoki bu hodisa bo‘yicha o‘sish, 
qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish topshirig‘i foizini ifodalaydi. Buni 
quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 
0
100
D
D

rt
nm

=
 
Bunda: RT
nm
 – reja topshirig‘i nisbiy miqdori (% hisobida); 
      D
rt
 – joriy davr uchun reja topshirig‘i; 
      D
0
 – bazis davr darajasi. 
Dinamika nisbiy miqdorlari deganda bir xil turdagi ijtimoiy ho-
disalarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ifodalovchi miqdorlar tushuniladi. 
Dinamika nisbiy miqdorlarni aniqlash uchun kamida ikki hisobot davri 
(ikki yil)ning haqiqiy miqdorlari (ko‘rsatkichlari) olinadi va birini ikkin-
chisiga taqqoslab ushbu nisbiy miqdor aniqlanadi. Buning uchun hisobot 
davridagi haqiqiy miqdorni 100 foizga ko‘paytirib, bazis davridagi haqiqiy 
miqdorga bo‘lish kerak. Natijada kelib chiqqan uchinchi ko‘rsatkich 
dinamika nisbiy miqdori hisoblanadi. Bu miqdor darajasiga qarab hisobot 
davridagi muayyan hodisaning bazis davridagi u yoki bu hodisaga nisbatan 
necha foizga oshganligini yoki kamayganligini ta’riflaydi.  
Tuzilmaviy nisbiy miqdorlarni aniqlash uchun to‘plamning har bir 
qismini ifodalovchi miqdorni 100 foizga ko‘paytirib, uning jami miqdoriga 
bo‘lish kerak. Masalan, mamlakatning jami ichki mahsulotini 100 foiz deb 
olib, shundan necha foizi sanoat hissasiga, necha foizi qishloq xo‘jalik 
hissasiga va necha foizi boshqa tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelishini aniqlash 
tuzilmaviy nisbiy miqdorga misol bo‘la oladi. Shu tariqa sof ichki mahsulot, 
yalpi milliy daromad, qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti kabi boshqa ijtimoiy 
hodisalarning tarkibiy tuzilishini aniqlash mumkin. 
Tuzilmaviy nisbiy miqdorlar foizlarda ifodalanadi. Ana shu foizlar bu-
tun to‘plamga nisbatan ayrim qism, guruhlarning qancha hissa tashkil eti-
shini ko‘rsatadi, ya’ni ijtimoiy hodisalarning tarkibiy tuzilishini ta’riflaydi. 
Turli xil obyektlarga aloqador bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlarini taqqos-
lash yo‘li bilan aniqlanadigan miqdorlar taqqoslash nisbiy miqdorlari 
deyiladi. Har xil xo‘jaliklarning hamma turdosh ko‘rsatkichlarini taqqos-
lab, nisbiy ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin emas, ayniqsa miqdoriy (haj-
mi) ko‘rsatkichlarni taqqoslab xulosa chiqarish mumkin emas, agar xulosa 
qilinganda ham ular aniq mazmunga ega bo‘lmaydi, aksincha katta 
xatoliklarga olib
 
keladi. 
Shuning uchun faqat xildosh, turdosh bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlarini 
taqqoslab aniqlash va ular asosida turli xulosalar chiqarish mumkin.  
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari.  Koordinatsiya nisbiy miqdorlari 
12

deganda statistik to‘plamdagi guruhlar (qismlar)ning bir-biriga bo‘lgan 
nisbati tariqasida aniqlanadigan nisbiy miqdorlar tushuniladi. Tashilgan 
netto tonno-km umumiy sonidagi yuk va yo’lovchilarning nisbati, umumiy 
ishchilar sonida tashish faoliyatida ishchilar soni koordinatsiya nisbiy 
miqdoriga misol bo‘la oladi. 
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari statistik to‘plam birliklari o‘rtasidagi 
zaruriy nisbatlarni nazorat qilish va har birining tutgan o‘rniga baho 
berishda qo‘llaniladi. 
Intensiv nisbiy miqdorlar. Intensiv nisbiy miqdorlari deganda u yoki bu 
hodisaning aniq joyda, hududda tarqalish yoki rivojlanish darajasini 
tavsiflovchi miqdorlar tushuniladi. Ushbu miqdorlar bir-biri bilan bog‘liq 
bo‘lgan turli xildagi hodisalarni o‘zaro nisbati tariqasida yuzaga keladi. 
Intensiv nisbiy miqdorlar, odatda, o‘rganiladigan hodisalarning 100, 
1000 yoki boshqa birliklar nisbati tariqasida aniqlanadi. Mintaqada 
yashyatgan 1000 aholi soniga to‘g‘ri keladigan yo’lovchilar soni, 1 km
2
 ga 
to‘g‘ri keladigan aholi soni, 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan tug‘ilgan 
bolalar soni va hokazolar intensiv nisbiy miqdorlarga misol bo‘la oladi. 
Ushbu nisbiy miqdorlar faqat aniq son (raqamlar) – hajm ko‘rsatkichlari 
orqali ifodalanadi. 
 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling