S. matyakupov, H. Allambergenov navoiyshunoslik
ISTIQLOL DAVRI O`ZBEK NAVOIYSHUNOSLIGI
Download 169 Kb.
|
Навоийшунослик китоб
ISTIQLOL DAVRI O`ZBEK NAVOIYSHUNOSLIGI 1991-yilda O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach, navoiyshunoslikda ham yangi davr boshlandi. Chunki bu davrda milliy istiqlol g’oyasi talablari asosida xalq va mamlakat tarixi, qadriyatlari, boy ilmiy-adabiy merosiga xolisona va ilmiy asosda baho berish, uni ilk va ishonchli manba’larga tayanilgan holda o’rganishga keng yo’l ochildi. Bu esa Alisher Navoiy hayoti, faoliyati va merosini chuqur o’rganish va yoritishga yangi ufqlarni ochib berdi. Shuning natijasida Alisher Navoiyning yigirma tomlik mukammal asarlar to’plamining nashri amalga oshirilmoqda, ilgari nashr qilinmagan «Munojot», «Siroj ul muslimin», «Badoye’ ul-bidoya», «Navodir un-nihoya» asarlari bosilib chiqdi. Shu yillarda Alisher Navoiy merosining kam o’rganilgan qirralari (masalan, tasavvuf muammolari) keng tekshirilib, bu sohada anchagina ilmiy va ilmiy-ommabop asarlar yaratildiki, bunda adabiyotshunoslardan N.Komilov, I.Haqqulov, R.Vohidov, S.Olimov, N.Jumayev, S.G’aniyeva, M.Muhiddinov, Sh.Sirojiddinov, D.Salohiy va boshqalarning munosib hissalari bor.Mustaqillik davrida Toshkent va Navoiy shaharlarida Alisher Navoiyga bag’ishlangan muhtasham yodgorliklar maydonga keldi. Hozirgi kunda – Alisher Navoiy hayoti va xususan, ko’pqirrali merosini o’rganishda shoir va nosirning badiiy mahorati, badiiyati olamining ko’lam va mohiyatini kashf etish, ularni keng kitobxonlarga tushinarli tarzda sharh va talqin qilish hamda istiqlol ma’naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini belgilash asosiy yo’nalish bo`lib qolmoqda. 1999-yilda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zMU madaniyot saroyida atoqli olmon adibi, davlat arbobi, qomusiy ilm sohibi Yohann Volfgang Gyote tavalludining 250 yilligiga bag`ishlab “Gyote va Navoiy” mavzuida tadbir o`tkaziladi. Mustaqillikka erishilgach, Alisher Navoiy lirikasida yangi ufq ochildi desak mubolag`a bo`lmaydi. Chunki tasavvufiy, diniy g`azallari, ruboiylari to`g`ri talqin etila boshlandi. Navoiyshunoslikda yana shunday an’ana paydo bo`ldiki, shoir ijodiyotidan fikr yurituvchi, muammoli sahifalarini ochishga xizmat qiluvchi turli navoiyshunoslarning maqolalari to`planib, kitob holida nashr etila boshlandi. Jumladan, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyotida chop etilgan “Navoiyga armug`on” deb nomlangan majmua uch marta nashr etildi. Unda Navoiy lirikasiga doir turli qorong`u masalalarni oydinlashtiruvchi maqolalar o`z aksini topgan. “Navoiy va ijod saboqlari” to`plami ham navoiyshunos olimlarning Navoiy ijodidan, xususan, lirikasidan qilgan tadqiqotlari natijasida yuzaga kelgan. Bulardan tashqari Navoiy lirikasi bo`yicha har-xil jurnal va to`plamlarda navoiyshunos olimlarning g`azal, ruboiy, tuyuq kabi janrlari tadqiqi ham ko`plab uchramoqda. Masalan, «Qaro ko`zim», «Kelmadi», «18 ming olam», «Oraz.» g`azallari, «Fido», «G`urbat.», «Ey umri aziz» kabi ruboiylari adabiyotshunoslikda ko`pgina bahslarga sabab bo`lgan, har-xil navoiyshunoslar o`z nuqtai nazaridan fikr bildirganlar. Bu kabi maqolalar bir tomondan navoiyshunos olimlarning Navoiy ijodiyotiga munosabati, shoir merosi ustida katta qiziqish va muhabbat bilan ilmiy-tekshirish ishlarini olib borganlarini ko`rsatsa, ikkinchi tomondan bu merosning, xazinaning benihoyat kengligi, uning yechilmagan, lekin hal etilishi zarur va foydali bo`lgan masalalari ham ko`p ekanligidan dalolat beradi. XX asr o`zbek matnshunosligi, navoiyshunosligi va mumtoz adabiyotimiz matnlari, nashr ishlarini Suyima G`aniyeva nomi va faoliyatisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Zehn-u zakovati yuksak bu olimamizning ishlari faqat mamlakatamizda emas, balki Rossiya, Turkiya, Eron, Tojikiston, Ozarbayjon kabi xorijiy o`lkalarda ham yaxshi ma’lum. Suyima G`aniyevada haqiqiy olim – o`tkir didli, tolmas tadqiqotchi uchun zarur bo`lgan deyarli barcha fazilat va xususiyatlar mavjud desak, aslo mubolag`a bo`lmaydi. U, avvalo, til biladi. Fors va rus tillarida havas qilarli tarzda o`qib, yoza oladi. Buning eng e’tiborli dalili «Kalila va Dimna» ning o`zbek tiliga o`girilishi, Alisher Navoiyning rus tilidagi o`n jildlik asarlar to`plamida «Majolis un-nafois», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlarining Suyima G`anieva tarjimasida chop ettirilganidir. Suyima G`aniyevaning alohida e’tibor va tahsinga loyiq xizmati – bu Alisher Navoiy asarlarini nashrga tayyorlashi hisoblanadi. Olima «Majolis un-nafois»ning ilmiy-tanqidiy matnini chop ettirgach, «Navoiy dastxati» kitobini o`quvchilar hukmiga havola etdi. Alisher Navoiy mukammal asarlar to`plami (20 tomlik)da u «Majolis un-nafois», «Mahbub ul-qulub», «Munshaot», «Vaqfiya», «Hamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Nazm ul-javoxir», «Muhokamat ul-lug`atayn» kabi asarlarni izoh va tarjimalar bilan nashrga tayyorlanganki, bu olimaning zahmatkashligi, shijoati va fidoiyligining daxlsiz isbotidir. Keyingi yillardagi mashhur nashrlardan Alisher Navoiy 20 tomligining bir necha jildi Suyima G`anievaning mashaqqatli mehnati tufayli yuzaga kelgan. Olimaning Navoiy merosi yuzasidan olib borgan ko`p yillik izlanishlari natijasi bo`lmish «Navoiy nasri nafosati», «Navoiy yodga olgan asarlar», Navoiyning «Xamsat ul-mutaxayyirin» asari (tabdil matn, izoh, tarjima va so`zboshi bilan) nashrlar matnshunoslar uchun qo`llanmalar sifatida tan olindi. Suyima G`anieva hozirgi kunda ham Navoiy ijodi, mumtoz adabiyot, adabiy manbashunoslik, tarjimashunoslik bilan bog`liq bir qator fanlardan talabalarga saboq berib kelmoqda. Mustaqillik yillari ta’lim sohasidagi barcha o`zgarishlarga munosabatini hozirjavoblik bilan bildira olgan murabbiy sifatida, «Navoiy asarlari matnshunosligi», «Balog`at ilmi», «Insho san’ati», «G`arb va Sharq adabiy aloqalari», «Qo`lyozmalar nashri» kabi o`quv fanlariga dasturlari tuzib, soha mutaxassislari e’tiboriga havola etdi. Suyima G`anievaning televidenie va radiodagi chiqishlari ham ko`pdan-ko`p kishilarni o`ziga rom etgandir. Chunki olima ko`rsatuv va eshittirishlarida doimo zarur, adabiyot muxlislari uchun qiziqarli fikr-mulohazalarni bayon qilishni juda yaxshi biladi. Suyima G`anieva yigirmadan ortiq kitob, risolalar, uch yuzdan ziyod ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalarning ijodkori. Bularni ko`zdan kechirganda, olima ko`p vaqti va kuchini Navoiyning nasriy asarlari tadqiqiga bag`ishlaganligiga iqror bo`lasiz. Va Navoiy nasrining g`oyaviy-badiiy olamiga alohida bir nigoh ila nazar tashlaysiz, tasavvur va mushohadalaringizning boyishidan mamnuniyat sezasiz. Zero, Navoiyning nasriy merosini o`rganish – Suyima G`anieva ilmiy faoliyatining eng salmoqli, eng namunali qismini tashkil etadi. U yaratgan ilmiy merosning deyarli 90 foizi Alisher Navoiy ijodiga bag`ishlanganligi olimani «O`zbek navoiyshunoslarining malikasi» deb atashga huquq beradi. 1999-yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan ulkan salohiyatli navoiyshunos olima Beruniy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosidir.
Insonni to`lqinlantiradigan voqealardan eng muhimi – shoh va amir, o`rtasidagi do`stlikdir. Shuning uchun ham Navoiyning vafoti Husayn Boyqaroni juda katta qayg`uga soladi. “Sultoni sohibqiron uch kungacha ul ahli dillar boshlig`inin g uyida turdi. Xudoyi va xatm buyurdi. Shuning bilan nur sochuvchi zotning mozori boshiga borib ziyorat shartlarini bajo keltirdi. Biroq saodatli sohibqironning katta bir chaqiriq o`tkazish uning ravshan xotiridan o`tdi… Mazkur oyning 23-chisida panjshanba kuni ulug` mashoyixlar, baland darajali saidlar, olimlar, fozillar, boshliqlar va hukumat boshliqlari va boshqalarni Sarixiyobon (katta va ko`pchilik ziyofati uchun qurilgan podshohlik bog`i) dalasiga chaqirdi va buyuk alloma xotirasiga bag`ishlab marosim o`tkazdi” Asrlar osha Navoiy siymosi katta va kichikning xotirida bir umrga saqlanib qolmoqda. “Makorim ul-axloq”ni qayta-qayta o`qir ekanmiz, bu buyuk zotning haqiqiy ma’naviy yuksak inson – “avliyolar avliyosi” ekanligigga yana bir bor iqror bo`ldik. XX asrdagi navoiyshunoslik o`z ko`lamining kengligi va bosib o`tgan yo`lining o`ziga xosligi bilan belgilanadi. Bu o`ziga xoslik shundan iboratki, XX asrning 20-80 yillarida O`zbekistonda hamda MDH mamlakatlarida Alisher Navoiy hayoti va merosini o`rganishda sho`rolar siyosati o`z ta`sirini o`tkazdi. Shunday bo`lsa-da, Alisher Navoiy hayoti, faoliyati va merosini o`rganish, uning 500 yillik (1948), 525 yillik (1968), 550 yillik (1991) yubileylarini o`tkazish ; asarlarini (1948 yilda 3 tomlik, 1968 yilda 15 tomlik), ularning ilmiy-tanqidiy matnlarini («Majolis un- nafois», «Lison ut-tayr», «Hayrat ul-abror», «Farhod va Shirin», «Mezon ul-avzon») nashr etish, doktorlik (A.Sa`diy, A,Hayitmetov, H.Sulaymon, A.Abdug`afurov, S.Erkinov, N.Mallayev, M.Hakimov va boshqalar), nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilish, turli mavzularda monografiya va ilmiy maqolalar to`plamlarini nashr etish davom etdi. Bu davrda A.Fitrat, S.Ayniy, O.Sharafiddinov, V.Mahmudiy, Oybek, Vohid Zohidov, Izzat Sulton, Vohid Abdullayev, Maqsud Shayxzoda, Aziz Qayumov, Hamid Sulaymon, Abduqodir Hayitmetov, Abdurashid Abdug`afurov, Sodir Erkinov, Saida Narzullayeva, Suyima G`aniyeva, Yoqubjon Is`hoqov (O`zbekiston), Ye.E.Bertels, S.N.Ivanov (Rossiya), H.Arasli, J.Nag`iyeva (Ozarboyjon), A.Mirzoyev, R.Hodizoda (Tojikiston), B.Karriyev (Turkmaniston) kabi yetuk navoiyshunoslar faoliyat ko`rsatdilar. Shuning bilan bir qatorda Turkiya (Ogoh Sirri Levend), Eron (Ali Asg`ar Hikmat, Rukniddin Humoyun Farrux), Afg`oniston (Muhammad Ya`qub Juzjoniy) va boshqa mamlakatlarda ham navoiyshunoslar faoliyat ko`rsatib, asarlarini nashr ettirdilar, turli xildagi risolalar, maqolalar to`plamlarini yaratdilar. Bu davrda mamlakatimizda Alisher Navoiy xotirasini abadiylashtirish sohasida ayrim ishlar amalga oshirildi. Uning nomi bilan teatr (Toshkent), universitet, maydon (Samarqand), kutubxona (Toshkent), ko`cha, xo`jaliklar ataldi. Uning haqida roman (Oybek «Navoiy»), drama (Uyg`un, Izzat Sulton «Alisher Navoiy»), qissalar (Mirkarim Osim) yaratildi. MUNDARIJA KIRISH . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .3 NAVOIY MEROSINI O'RGANISHNING DASTLABKI BOSQICHI . . . . . . . . . . 10 O'TMISHDA NAVOIY HAYOTI VA IJODINING O'RGANILISHI . . . . . . . . . . .17 NAVOIY IJODINING SHO`ROLAR DAVRIDA O`RGANILISHI . . . . . . . . . . . . 27 ISTIQLOL DAVRI O`ZBEK NAVOIYSHUNOSLIGI. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .33 XULOSA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .37 1 Karimov I. Yuksak ma`naviyat engilmas kuch. Toshkent. “Ma`naviyat”, 2008. 47-bet. 1 Majolisun nafois, 28 – bet. Baytning mazmuni: Uzoq yo’l va Mo’g’iliston tikani mashaqqatidin Ka’baga kelganingdan pushaymon bo’lgaydirsan. 2 Karru far – dabdaba, hashamat, kibr - havo 1 Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, Toshkent, O’zFAN – 1960, 233-bet. 1 Valixo`jaev B. O`zbek adabiyotshunosligi tarixi. Toshkent, O`zbekiston», 1993, 169-175-betlar. 1. A.J. Hayitov, Alisher Navoiy «Xamsa»sini nasriylashtirish: an`ana, tabdil va talqin. NDA, Toshkent, 2000. 1 Quramboyev K. Navoiyga armug`on: Ko`ngul bermish so`zumga… Toshkent – G`afur G`ulom nomidagi Nashriyot-birlashmasi. 1992 2 Magtыmgulы. Saylanan esarlar. Iki tomluk. 1 – tom. Ashgabat.1983. 67 – bet. 1 A.Hayitmetov, Alisher Navoiy ijodini o`rganishning metodologik asoslari haqida // O`zbek tili va adabiyoti 2001. 2-son 3-bet. 2 A.Navoiy, Xazoyin ul maoniy, O`zFA nashriyoti, 1959, 7-bet. 1 Narzullaeva S. Alisher Navoiy ijodiy biografiyasidan. Toshkent, Fan. 1966. 52-bet. Download 169 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling