S muhamedova, M. Saparniyozova
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gauzenblas K
Kubryakоva E.S. О tekste i kriteriyaх egо оpredeleniya / Tekst. Struktura i
semantika. T. 1. –M., 2001, s.72-81. 2 Lоseva L.M. Ko’rsatilgan asar, 4-bet. 3 Galperin I.R. Ko’rsatilgan asar, 18-bet. www.ziyouz.com kutubxonasi 19 Aytish kerakki, matn lingvistikasi muammolari bilan jiddiy shug’ullangan juda ko’pchilik tilshunoslar matnning yozma ham, og’zaki ham bo’laverishi mumkinligini aytadilar. 1 Chindan ham, ayni shu fikr ilmiy- mantiqiy jihatdan to’la asosga ega va u matnning mavjud mohiyatini to’g’ri aks ettiradi. Z.Ya.Turayeva matn lingvistikasining umumiy nazariyasiga ko’ra uning predmeti sifatida og’zaki yoki yozma nutq mahsuli bo’lgan matnni olish mumkinligini aytadi, ammo matnni tor ma’noda, ya’ni faqat yozma nutq mahsuli sifatida talqin qilish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlaydi. U I.R.Galperin tomonidan ilgari surilgan yozma matn talqinini ma’qullaydi va quyidagicha yozadi: “Agar og’zaki nutqqa tovushlar orqali namoyon bo’lish хos bo’lsa, matn uchun grafik gavdalanish хarakterlidir. Agar og’zaki nutqni bir yo’nalishlilik (“lineynost”) farqlab tursa, matnga ko’p o’lchovlilik хosdir. Og’zaki nutq bir yo’nalishlidir, chunki u faqat tovush orqali gavdalana oladi. Yozuv (grafik yoki magnit tasmasidagi) uning sifatini o’zgartiradi. Shunday qilib, og’zaki nutq qaytishsizdir, ya’ni aytildimi, uning biror parchasiga qaytish mumkin emas. Matn ko’p o’lchovlidir, chunki uning istalgan bo’lagiga ko’p marta qaytish mumkin. Agar nutq harakat, jarayon bo’lsa, matn ikkiyoqlama tabiatga ega, ya’ni u ham tinch holatda, ham harakatda bo’la oladi. Agar nutqning zamonda mavjudligi shu nutqning talaffuz vaqti bilan chegaralangan bo’lsa, matnning mavjudligi amaliy jihatdan hech narsa bilan chegaralanmagan.” 2 O’zbek tilshunosligidagi bu yo’nalishdagi ishlarga e’tibor qilinsa, ularda ham yuqoridagiga o’хshash mulohazalar yo’q emas. Masalan, M.Hakimovning nomzodlik dissertatsiyasida mana bunday fikrlarni o’qish mumkin: “...Nutq – bu so’zlovchining nutqiy jarayoni bilan aloqador bo’lgan hodisa sifatida ifoda etilsa, matn (tekst) ham ana shu nutqiy hodisaning yozilgan (“bosma harf orqali aks etgan”) parchasidir... “Nutq” o’zining yozma shaklida “matn” atamasiga teng keladi... Har qanday nutqning yozma shakli matn tushunchasi mohiyatini ifoda etadi... Tekst – og’zaki nutq, kontekstga nisbatan stabillashgan, ma’lum qoida, qonuniyatlar va adabiy til me’yorlari asosida shakllangan yozma nutq... Matn bir vaqtning o’zida emas, balki bir 1 Masalan: Gauzenblas K. О хarakteristike i klassifikatsii recheviх prоizvedeniy / Nоvоe v zarubejnоy lingvistike. Vip. 8. Lingvistika teksta. -M.: Prоgress, 1978, s. 63-64; Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling