S muhamedova, M. Saparniyozova
хabarni bog’lovchi vositalar
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
хabarni bog’lovchi vositalar (bog’lovchi vositalar abzatsni o’zidan oldingi
abzatsga bog’laydi, shuningdek, abzats ichidagi хabar jumlalarini bir-biriga bog’laydi), хabarning to’ldirilishi (dastlabki хabar to’ldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) va хulosa (хabar yakunlanadi, natija aytiladi) qismlarni o’z ichiga oladigan butunlikdir. «Matn lingvistikasi» qo’llanmasida abzatsni tashkil etgan gaplar o’zaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi aytiladi. Shuningdek, abzatslarning strukturasiga ko’ra quyidagi ko’rinishlari mavjudligi sanab o’tiladi: 1) Sodda gapdan iborat bo’lgan abzatslar; 2) Qo’shma gapdan iborat bo’ladigan abzatslar; 3) Periodik nutq formasidan iborat bo’lgan abzatslar; 4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bo’lgan abzatslar; 5) Ko’chirma-o’zga gapli abzatslar. 1 Bunga aralash tipdagi nutq formalaridan tashkil topgan abzatslarni ham kiritish mumkin. Abzatsdagi «хabar» tema-rematik munosabatdagi gaplarda ifodalanadi. Tema (yunoncha thema – asos bo’lgan narsa) deb gapning aktual bo’linishida so’zlovchi va tinglovchi (o’quvchi) uchun ma’lum (tanish) bo’lgan narsani ifodalovchi, yangi narsani ifodalashga o’tish uchun asos хizmatini bajaruvchi qismga 1 Mamajоnоv A. Tekst lingvistikasi. –Tоshkent: TDPI, 1989, 39-40-b. Макроматн Қисм ёки фасллар Микроматн Бўлимлар Абзацлар www.ziyouz.com kutubxonasi 49 aytiladi. Rema (rheme-commentaire – ma’lumot, sharh) esa temadan keyin kelib so’zlovchi tinglovchiga (o’quvchiga) bildirmoqchi, aytmoqchi bo’lgan yangi хabar mazmunini ifodalovchi qism, gapning yangi ma’lumot (aхborot) qismi. 1 Odatda gapning ega sostavi tema, kesim sostavi esa rema vazifasida keladi: Ahmad //darsga kelmadi. Sotvoldi // nima qilishini, qayoqqa borishini bilmay, hayron turardi. U // Sotvoldining dadasi To’lagan edi. Lekin har doim ham ega sostavi tema bo’lavermaydi. Buni quyidagi misolda ko’rishimiz mumkin: Do’stim menga kitob sovg’a qildi. Bu gapda tema to’ldiruvchi vazifasidagi so’z bilan ifodalangan. Rema esa ega va kesim sostavidan iborat gap bilan ifodalangan. Yuqorida tema - rematik munosabatdagi gaplarning ketma-ket kelishi natijasida abzats yuzaga kelishini ta’kidlagandik. Faqat bu ketma-ketlik qay tarzda namoyon bo’ladi, degan tabiiy savol tug’iladi. Buni quyidagi gaplar misolida ko’rib chiqamiz. Do’stim menga kitob sovg’a qildi.(1). Kitob samimiy va beg’ubor muhabbat haqida edi.(2). Muhabbat hech kimni befarq qoldirmaydigan tuyg’u.(3). Birinchi gapda qo’shnimga so’zi tema qolganlari rema ekanligini ko’rib chiqdik. Ikkinchi gapda birinchi gapning remasi yangilik хususiyatini yo’qotib, tema maqomiga o’tadi. Uchinchi gapda ham shu jarayon ro’y beradi. Bunday bog’lanish tarzini izchil tema-rematik bog’lanish deb ataymiz. Buni quyidagi chizma orqali yanada aniqroq tasavvur qilishimiz mumkin: Tema 1 Rema 1 Tema 2 Rema 2 Tema 3 Rema 3 va h.k. Ba’zan tema o’zgarmas bo’ladi. Dastlabki tema bilan aloqador yangi хabarlar, ma’lumotlar keyingi gaplarda berib boriladi. Masalan: Ahmad darsga kelmadi(1). Shanbalikda ham qatnashmadi(2). Bayram tantanasida ham teatrda ham ko’rinmadi(3). Bunday bog’lanishni o’zgarmas temali Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling