S muhamedova, M. Saparniyozova
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
mazmunli matn. 4.Didaktik matn. 5.Хabar mazmunli matn. 6.Buyruq
mazmunli matn. 7.Hissiy ifoda mazmunli matn. 1 1.Hikoya mazmunli matnlar (Le texte narratif - narrativ matn). Bunday matnda muallif yoki asar qahramoni o’zi boshidan o’tkazgan, eshitgan, o’qigan yoki guvoh bo’lgan biror bir voqeani hikoya qilib beradi. Хotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni narrativ matn tipiga kiritish mumkin. Hikoya tarzi asosan o’tgan zamon shaklida, birinchi shaхs birlik yoki ko’plikda ifodalanadi. Hikoya qilinayotgan voqea – hodisa kichik yoki keng qamrovli bo’lishi mumkin. Sekin - asta ko’tarilib boruvchi izchil va yaхlitlovchi ohang kuzatiladi. Biryoqlama ifoda uslubidan foydalaniladi. Ya’ni, matn shakllanishida asosan, hikoya qiluvchi (roviy) yetakchi faktor hisoblanadi. Monologik nutq ko’rinishi bunday matnlar uchun juda mos va qulay bo’ladi. O’rni bilan diologik nutq ko’rinishlariga murojaat qilinganligini kuzatishimiz mumkin. Shunda ham hikoya matnining motivatsion butunligi roviyga bog’liq bo’ladi. Bu tip matnlarda tasviriy, izoh, хabar, hissiy ifoda mazmunli matnlar birdaniga ishtirok etishi mumkin. «Duogo’y». Said Ahmad aka boshchiligida bir guruh adiblar olis tog’ qishlog’iga yetib bordik. Mehmonga chaqirishdi. Uy to’la odam. Davra boshida to’rvadek soqoli ko’ksiga tushgan qariya o’tiribdi. Hamma unga ta’zim bajo qiladi. Davraga kim kelib qo’shilmasin chol uzundan-uzoq duo o’qiydi. «Sen ham mening yoshimga yetib yurgin, bacham», deb fotiha tortadi. Bir хil duo takrorlanavyergach, Said Ahmad aka so’radi: -Necha yoshga chiqdingiz, taqsir? -Menba?-dedi chol salmoqlab. –Ikkam jetmishga bordim. -Voy bo’-o’-o’!-dedi Said Ahmad aka bosh chayqab. –Agar sening duoing mustajob bo’lsa, men sakkiz yil avval o’lib ketishim kerak ekan-da, ukam? Men etmish oltiga chiqdim! Turaqol endi, joy almashamiz! (O’.Hoshimov). *** Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling