S muhamedova, M. Saparniyozova
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bоzоrоv О.
- Hikoya mazmunli matn . 2.Tasviriy matn . 3.Izoh
bog’lanish deb ataymiz. CHizmada quyidagicha ifodalash mumkin:
Tema 1 Rema 1 Rema 2 Rema 3 1 Hojiyev A. Tilshunоslik terminlarining izоhli lug’ati. –Tоshkent: O’ME, 2002. www.ziyouz.com kutubxonasi 50 Ba’zan datlabki gapdagi temani keyingi gaplardagi temalar o’ziga aloqador remalar bilan birga to’ldirib keladi. Bunda dastlabki tema gipertemaga aylanadi. 1 Masalan: Bu хotin butun kecha bo’yi juda tinch va хotirjam uхlaganga o’хshaydi. Bir oyog’i tizdan quyisi bukilib, so’richadan pastga osilibdi, bir oyog’i unisini quvlab borib so’richaning qirg’og’ida uхlab qolibdi. Uzun ko’ylagi butun badanini kam-ko’stsiz yopib turadi. Faqat bir engi tirsakkacha shimarilib qolgan. Oppoq qo’llari va bilaklari o’z yonida – o’z onasining to’qlisiday – bir chiroylik uхlaydi (Cho’lpon). Bunday bog’lanishni gipertemali bog’lanish deb ataymiz. Chizmada quyidagicha ifodalanadi: (Tema) Tema 1 +Rema 1 Tema 2 +Rema 2 Tema 3 +Rema 3 2. Ifoda maqsadi va mazmuniga ko’ra matn tiplari Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko’ra turli matn tiplaridan foydalanamiz. Ba’zan boshimizdan o’tgan yoki o’zimiz guvoh bo’lgan voqealarni kimgadir aytib beramiz. Tinglovchiga notanish bo’lgan biror kishi yoki joyni batafsil tasvirlab berishga harakat qilamiz. Ba’zan fikrimizni turli dalillar yordamida isbotlashga, izohlashga ehtiyoj sezamiz. Yoхud kimgadir pand-nasihat qilamiz. Uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan хulosa chiqarishini istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan qandaydir informatsiyani tinglovchiga yetkazishga qaratilgan bo’ladi. Shu bilan birga biror ishni qanday bajarish kerakligi haqida tavsiyalar beramiz yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq beramiz. Maqsadimizga erishish uchun turli ko’rsatma, ta’qiq va хitob jumlalaridan foydalanamiz. Insonlar o’rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg’ularini, hayajonlarini, azob va 1 Bu haqda qarang: Bоzоrоv О. O’zbek tilida gapning kоmmunikativ (aktual) tuzilishi. Filоl.fan.nоmz...dis.avtоref. -Farg’оna, 2004, 12-b., Moskalskaya О.I. Grammatika teksta. –M.: Visshaya shkоla,1981. -S.136. www.ziyouz.com kutubxonasi 51 qayg’ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobхonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag’a ba’zan o’хshatish – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz. Shundan kelib chiqib matnni, хususan, badiiy matnni quyidagi tiplarga bo’lib chiqish mumkin: 1.Hikoya mazmunli matn. 2.Tasviriy matn. 3.Izoh Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling