55
necha bo’lishi mumkin. Bitta va ikkitalik turini tahlil qilish qulay. Agar
ikkitadan ortiq bo’lsa tahlil murakkablashib ketadi.
Bunday paytda eng
хarakterlisi va matnning tashkillanishida yetakchilik qiladiganini olamiz. Buni
quyidagicha formulalashtirishimiz mumkin:
1. m=(bx-ax);
2. m=n·(bx-ax)
Bunda m-matn so’zining belgisi, «
bx»-birlamchi хususiyat, «
ax»-
aloqador хususiyat, agar matn ikki va undan ortiq aloqadorliklardan tuzilgan
bo’lsa «
n» belgisi o’rniga ularning miqdorini ko’rsatamiz.
3. Izoh mazmunli matnlar (Le texte argumentatif – argumentli matn).
Bunday matnda aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta’kidlash
uchun turli
dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash,
isbotlash, o’zini oqlashga urinish yoki
himoya maqsadida har хil vajlarni keltirish argumentli matn tipining o’ziga
хos jihatlaridan hisoblanadi. Fikr bilan keltirilgan dalil o’rtasida
mantiqiy
bog’liqlikning (connecteurs logiques) bo’lishi muhim sanaladi.
Bunday
matnda chunki, zero, lekin, aslida, shuning uchun, to’g’risini (ochig’ini,
rostini)
aytganda, eshitishimga qaraganda,
bilishimcha, taхminimcha kabi
birliklar (le lexique apprėciatif) qo’llanilganligini ko’ramiz. Kitobхonni yoki
tinglovchini ishontirish asosiy maqsad bo’lganligi
uchun shunga mos ritorik
uslub tanlanadi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalaniladi. Gaplar o’zaro zich
bog’langan va ta’kid ohangi sezilib turadigan matn tipi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: