S muhamedova, M. Saparniyozova
Balli Sh. Fransuzskaya stilistika. –M.: Izd-vо inоstrannоy literaturi , 1961. –S.355 – 357. 2 Balli Sh
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
Balli Sh. Fransuzskaya stilistika. –M.: Izd-vо inоstrannоy literaturi , 1961. –S.355 –
357. 2 Balli Sh. Ko’rsatilgan asar.-B.355. 3 O’zbek tilining izоhli lug’ati. 5 jildli. 1-jild. Tоshkent: O’zbekistоn milliy ensiklopediyasi, 2006. –B.627. www.ziyouz.com kutubxonasi 63 Frantsuz tili stilistikasini tavsif etar ekan, K.A.Dolinin Sh.Ballining dislokatsiya haqidagi fikrlarini rivojlantiradi, emotsional sintaksis hodisasi bo’lmish dislokatsiyaning turli ko’rinishlarini tahlil qiladi va parsellyatsiyalangan konstruktsiyalar ham ayni shu dislokatsiya hodisasining mahsuli ekanligini, dislokatsiyaning bir ko’rinishi ekanligini aytadi. 1 Gap sintaktik strukturasining bunday nutqiy bo’laklanishi E.V.Guliga, A.A.Andrievskaya, V.G.Admoni kabi ayrim tadqiqotchilar tomonidan “separatizatsiya” termini bilan nomlanib o’rganilgan, bu hodisaning badiiy nutqdagi o’rniga alohida urg’u berilgan. 2 Separatizatsiya (separatsiya) so’zining “ajratish, tarkibiy qismlarga bo’lish” ma’nosidan 3 kelib chiqilsa, mazkur termin ayni hodisaning mohiyatini ifodalay olishini ta’kidlash mumkin. Ammo aytish joizki, bu tilshunoslarning ba’zilari, masalan, nemis tili sintaksisining taniqli tadqiqotchisi V.G.Admoni “separatlashtirilgan konstruktsiyalar” (“separatizovannыe konstruktsii”)ni ilova konstruktsiyalar bilan bir хil hodisa sifatida talqin qiladi. U bunday konstruktsiyalarning mohiyati elementar gapga хos bo’lgan sintaktik aloqalarning uzilishi, buzilishidan iboratligini aytadi. 4 Hamonki, “separatizatsiya”ning mohiyati gapga хos bo’lgan sintaktik aloqalarning buzilishidan iborat ekan, uni ilova konstruktsiyalar bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Chunki “ilova”da keyin qo’shilganlik ta’kidi hamisha mavjud, ya’ni oldin tayyor gap bor, keyin unga qo’shimcha qilib, boshqa tuzilma tirkaladi. Separatizatsiyada esa mohiyatan muayyan sintaktik tuzilmaning mavjudligi, ayni shu tuzilmaning o’zini qismlarga ajratish nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda, separatizatsiya butunni qismlarga ajratish, ilova esa muayyan butunga boshqa qismni qo’shishdan iborat hodisalardir. Ana shu ma’noda separatizatsiya parsellyatsiyani o’z ichiga oladi. Gapning nutqiy bo’laklanishi nemis tilining E.I.Shendels, E.Rizel kabi yana boshqa tadqiqotchilari tomonidan “izolyatsiya” termini ostida ham o’rganilgan. 5 Bunda, albatta, muayyan gapdan ma’lum bir qismni ajratib alohidalashga urg’u berilgan. Shubhasizki, bunday alohidalash parsellyatsiyaning mohiyatiga ham хosdir. Gapni nutqda muayyan qismlarga – segmentlarga ajratish hodisasi tilshunoslikda “segmentatsiya” nomi bilan ham yuritiladi. Sh.Ballidan boshlangan segmentatsiya nazariyasi 6 turli tilshunoslar tomonidan 1 Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling