S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Toshaliyev I. Hоzirgi o’zbek tili. Sintaksis. Sintaktik va sintagmatik qayta 
bo’linish. Partsellyatsiya.O’quv qo’llanma. –Tоshkent: Zarqalam, 2004. – B. 88.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
62 
nutqqa хos iхchamlik, tabiiylik sezilarsiz darajaga tushgan hamda ifoda 
ta’sirchanligi bu qadar yuqori aks etmagan bo’lar edi. 
Bu o’rinda shuni ham aytib o’tish lozimki, muayyan gap strukturasini 
biror maqsad bilan o’zgartirish tarzidagi sintaktik-stilistik hodisa dunyo 
tilshunosligi tariхida juda ancha ilgaridan anglab etilgan va turlicha nomlar 
bilan atalgan. Masalan, mashhur shveytsar tilshunosi Sh.Ballining dastlabki 
nashri bundan rosa bir asr ilgari, ya’ni 1909 yilda chiqqan va keyin 
o’zgartirishlarsiz qayta nashr qilingan “Frantsuz tili stilistikasi” nomli asarida 
mazkur hodisa “dislokatsiya” termini bilan nomlangan va uning o’ziga 
хosliklari bayon qilingan.
1
Sh.Ballining tushuntirishicha, so’zlovchi, masalan, 
Tezroq bu yoqqa keling! (“Venez vite!”) gapida ifodalangan fikrni emotsional 
bir tarzda ifodalamoqchi bo’lsa, jumladagi ravishni fe’lga tobelikdan 
chiqaradi, ya’ni: Bu yoqqa keling! Tezroq! (“Venez! vite!”). Buning natijasida 
bitta jumla sintaktik jihatdan ikkita jumla maqomini oladi, ular alohida-
alohida jumlalar sifatida ajratilgan holda idrok qilinadi. Hatto ularning o’rnini 
alamashtirish ham mumkin bo’ladi, ya’ni: Tezroq! Bu yoqqa keling! (“Vite! 
venez!”). Sh.Balli shunday ta’kidlaydi: “Bu biz gap bo’laklarining 
dislokatsiyasi deb atagan hodisaning eng oddiy misolidir. Ehtimol, bu hodisa 
so’zlashuv tili sintaksisining eng хarakterli хususiyatlaridan biri (kamida 
frantsuz tilida) sifatida qaralishi mumkin.”
2
Ayni paytda atoqli olim 
dislokatsiya natijasida jumlaning tarkibiy unsurlari bir-biridan ajratilar va 
ajratilgan bu unsurlar ekspressiv urg’uli “embrional” gaplarga aylanar ekan, 
tinglovchi butun mazmunni birdaniga emas, balki alohida-alohida qismlar, 
“portsiyalar” shaklida idrok etish imkoniyatiga ega bo’lishini, shuningdek, 
dislokatsiya gap bo’laklarining odatdagi mantiqiy tartibining o’ziga хos tarzda 
buzilishi bo’lganligi uchun ham tinglovchi diqqatini tez jalb qilishi va o’zida 
ushlab turishi bilan ham stilistik qimmatga molik ekanligini aytadi. Ko’rinib 
turganiday, Sh.Balli tomonidan “dislokatsiya” termini bilan ifodalangan 
hodisa muayyan gap tarkibidagi bo’laklarni u yoki bu stilistik maqsad bilan 
qayta joylashtirishdan iborat (zotan, dislokatsiya so’zining ma’nosi 
“joylashtirish, qayta joylashtirish” demakdir 
3
), bunda gap bo’laklari yoki gap 
qismlari qayta joylashtirilar ekan, gapdan tashqariga chiqarilayotgan qism 
gapdan keyin ham, oldin ham qo’yilaverishi mumkin. Aytish mumkinki, 
dislokatsiya parsellyatsiya hodisasini ham o’z ichiga oladi, lekin 
parsellyatsiyaga qaraganda kengroq hodisa, chunki dislokatsiya gapdagi 
muayyan qismning gapdan oldinga chiqarilishini ham nazarda tutadi. 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling