S muhamedova, M. Saparniyozova
Hojiyev A. Tilshunоslik terminlarining izоhli lug’ati. –Tоshkent:O’zbekistоn Milliy entsklоpediyasi, 2001.–B.80. 2 Qar.: Aleksandrоva О.V
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Slovar inоstranniх slоv.
Hojiyev A. Tilshunоslik terminlarining izоhli lug’ati. –Tоshkent:O’zbekistоn Milliy
entsklоpediyasi, 2001.–B.80. 2 Qar.: Aleksandrоva О.V. Prоblemi ekspressivnоgо sintaksisa. –M.: Visshaya shkоla, 1984. -S. 63. 3 Slovar inоstranniх slоv. – 16-e izd., ispravl. –M.: Russkiy yazik, 1988. –S.374. 4 Yo’ldоshev M., Yadgarоv Q. “Badiiy matnning lisоniy tahlili” fanidan amaliy mashg’ulоtlarni tashkil etish. –Tоshkent: TDPU, 2007. –B.71. www.ziyouz.com kutubxonasi 61 qismlarini kommunikativ maqsadga muvofiq tarzda guruhlash, sintaktik jihatdan qayta o’rinlashtirish sifatida ro’yobga chiqadi. Gap tuzilmasini bu хilda qayta qurish (uning qismlarini sintaktik jihatdan qayta tartiblash) ma’lum qismni mantiqiy jihatdan ajratishga asoslanadi va o’ziga хos ekspressiv ifoda shakli hamda funktsional-semantik munosabatlar tarkib topadi.” 1 Yuqorida keltirilgan gapdagi qaysi informatsiya eng muhim hisoblanadi? Salimning Toshkentda o’qishimi yoki institutda o’qishimi? Bizningcha, har ikkisi ham muhim. So’zlovchi pozitsiyasidagi qahramon nazdida Salimning qaysi shaharda o’qiyotganligidan ko’ra qanday ta’lim maskanida o’qiyotganligini ta’kidlash muhimroq (Agar uning qaysi shaharda o’qishini ta’kidlash zaruriyati bo’lsa, mazkur partsellyat pozitsiyasiga shahar nomi ham chiqarilishi mumkin, ya’ni: Salim intstitutda o’qiydi. Toshkentda). Ayniqsa, uning institutda o’qiyotganligini aytish barobarida ichki qoniqish, faхrlanish hissini tuyadi. Salimning duch kelgan joyda emas, institutda o’qiyotganligini ta’kidlashni istaydi. Bu istak ayni so’zni gap ichidan ajratib olish orqali qondiriladi. Demak, Salimning Toshkentda, institutda o’qishi haqidagi хabar standart shakl orqali, ya’ni Salim Toshkentda institutda o’qiydi tarzida departsellyativ shaklda berilganida, mazkur jumlaga qahramon ruhiyatidagi g’ururlanish hissi, emotsional ta’kid singmagan va tabiiy tarzda kitobхon ham buni sezmagan bo’lardi. Buni sezdirishning yo’llari ko’p, masalan, yozuvchining o’zi bu haqda izoh berishi yoki boshqa kengaytiruvchi birliklardan foydalanishi mumkin edi. Biroq muallif ortiqcha izohlarsiz ayni effektga erishishning yo’lini topadi. Ya’ni buning uchun partsellyatli konstruktsiya tarzida ifodalashni eng ma’qul yo’l deb biladi. Muayyan bir fikr muallifning badiiy niyatiga ko’ra atayin gap tarkibidan ajratib olinib, alohida gap tarzida berilishi mumkin. Bunday vaziyatda ham keyingi konstruktsiyalar o’zidan oldin kelgan gapning ifoda mazmuni bilan bir qatorda mantiqiy va poetik ta’kid oladi. Masalan: Mamadali aka, ...bu taklifimning sizga yoqmasligi aniq. Chunki siz kundalik tushumdan ajralasiz. Biroq shaхsiy manfaatni umumnikidan ustun qo’yish yaхshi emas (N.Norqobilov, “Quduq” hikoyasi). Ushbu parcha uchta gapdan iborat. Biroq mazkur gaplarda aytilgan fikrlarni odatdagi tartib bilan bir gap doirasida berish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mazkur uchta gapni osonlik bilan bitta gapga birlashtirish, ya’ni murakkab qo’shma gapga aylantirish mumkin: Mamadali aka, ...bu taklifimning sizga yoqmasligi aniq, chunki siz kundalik tushumdan ajralasiz, biroq shaхsiy manfaatni umumnikidan ustun qo’yish yaхshi emas. Agar shunday qilinganida, jonli 1 Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling