S muhamedova, M. Saparniyozova


ifoda + ekspressivlik = birlik


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

ifoda + ekspressivlik = birlik” formulasi orqali tasavvur qilinishi mumkin. 
1
Tursunоv B. Partsellirоvannie pridatоchnie predlоjeniya v nemetskоm i 
uzbekskоm yazikaх: Avtоref. dis. ...kand. filоl. nauk. – L., 1975. –S.14-15.
2
Belоshapkоva V.A. Sоvremeniy russkiy yazik. Sintaksis. –M.: Visshaya shkоla
1977. -S. 157.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
70 
Agar bu formulada ekspressivlik nolga intilsa, unga muvofiq grammatik 
shakllanganlik o’zining to’liq ifodasini topadi. Aks holatda esa, ya’ni 
ekspressivlik kuchaysa, grammatik tuzilish nolga yaqinlashadi.”
1
Bu qonunda 
konstruktiv va kommunikativ (ekspressiv) sintaksislar o’rtasidagi mazkur 
nomutanosiblik juda ham yaqqol ifodalangan. 
Parsellyatsiya 
natijasida 
mohiyatan 
bir 
sintaktik 
gap 
ikki 
kommunikativ jumlaga aylanadi, bir sodda sintaktik shaklda ifodalanadigan 
fikr ikki kommunikativ shaklda ifodalanadi. Mazkur nomutanosiblikning 
zamirida til vositalarining ortiqchaligi tamoyili yotadi, chunki prof. 
N.Mahmudov ta’kidlaganidek, bunday holatlarda “ortiqchalik printsipining 
mohiyatiga ko’ra sodda mazmun murakkab forma orqali ifodalangan. Albatta, 
bu holat mantiqiy ravishda gapda semantik-sintaktik asimmetriyani yuzaga 
keltiradi”.
2
Kommunikativ vazifa va jumla tuzilishi muammosini nemis tili 
materiallari asosida tadqiq etgan A.A.Margaryan gap va matnga 
kommunikativ sintaksis nutqtai nazaridan yondashishning favqulodda muhim 
ekanligini aytar ekan, bunday yondashuvda kommunikatsiya jarayonida faol 
qo’llanadigan juda katta miqdordagi “nostandart” konstruktsiyalar tadqiqotchi 
e’tiboridan chetda qolmasligini, tadqiqotchining “kuzatuv maydoni 
kengayishi”ni ta’kidlaydi.
3
Bu o’rinda yana bir jihatni aytib o’tish maqsadga muvofiq. 
Parsellyatsiya og’zaki nutq hodisasimi yoki u yozma nutqqa tegishlimi 
tarzidagi savolning javobi borasida ham tilshunoslikda muayyan munozara 
mavjud. Ammo juda ko’p tadqiqotchilar parsellyatsiyaning substrati og’zaki 
nutq bo’lsa-da, uning yozma nutqqa oid ekanligini takror va takror ta’kidlab 
ko’rsatadilar.
4
Ba’zi tadqiqotchilar “tipik ekspressiv strukturalar bo’lmish 
parsellyatsiyalangan 
konstruktsiyalarning 
asosiy 
ko’rsatkichi nuqta” 
ekanligiga alohida urg’u beradilar, tegishli faktik misol keltirib, “...bu o’rinda 
nuqta gap oхirining emas, balki qo’shimcha stilistik, ta’kidli, mazmuniy 
vazifalarni bajaruvchi parsellyatsiyaning bo’linish joyining ko’rsatkichidir” 
degan fikrni ilgari suradilar.
5
Keyingi yillardagi tadqiqotchilar partsellyat va 
asos qism o’rtasida final tinish belgilari, ya’ni nuqta, ko’p nuqta, so’roq, 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling