S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Zelepukin R.О. Partsellyatsiya v хudоjestvennоy prоze V.Tоkarevоy: struktura
semantika, tekstооbrazuYushie funktsii. Avtоref. diss. ...kand. filоl. nauk. –M., 2007. -
S.7; Stupkina M.О. Partsellyatsiya v sоvremennоm bоlgarskоm yazike (na materiale 
хudоjestvennоy prоzi): Diss. ...kand. filоl. nauk. –Sankt-Peterburg, 2008. -S. 17, 28, 43.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
72 
maqomida bo’ladi, parsellyatsiya natijasida ajratilgan qism esa turli 
kommunikativ-sintaktik strukturali jumla bo’lishi mumkin. 
Parsellyatsiya va parantezalar o’rtasida ayrim o’хshashliklar mavjud 
bo’lsa-da, ularning shakllanish tamoyillari tamoman farqlidir, ya’ni 
parsellyatsiyada mavjud gap ikki kommunikativ birlikka ajratiladi, biri 
gapdan tashqariga – gapning oхiriga chiqariladi, parantezada esa mavjud gap 
tarkibiga boshqa gap yoki nokommunikativ birlik kiritiladi. Partsellyat 
hamisha kommunikativ birlik bo’lgani holda parantezaning hamisha ham 
kommunikativ birlik bo’lishi shart emas.
Partsellyat kommunikativ birlik, ajratilgan bo’lak esa mustaqil 
kommunikativ birlik emas. Ayni paytda ajratish gap strukturasining ichida, 
undan tashqariga chiqmaydi, parsellyatsiya esa mohiyatan gapdan tashqariga 
chiqadi, ya’ni ajratilgan qism bazaviy gapdan tashqariga – gapning oхiriga 
chiqadi.
 Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Parsellyatsiya nima? 
2. Parsellyatsiyaning dunyo tilshunosligida o’rganilishi haqida
ma’lumot bering. 
3. Parsellyatsiya va ilova konstruktsiyalar o’rtasidagi farqni izohlang. 
4. Parsellyatsiya va segmentatsiya o’rtasidagi farqni izohlang. 
5. Parsellyatsiya va parantezalar o’rtasidagi farqni izohlang. 
6. Parsellyatsiya va ajratilgan bo’lak o’rtasidagi farqni izohlang. 
MATN TARKIBIY QISMLARINI BOG’LOVCHI VOSITALAR 
Matn kamida ikkita gapdan tuzilgan murakkab sintaktik butunlik. 
Gaplar o’zaro turli sintaktik aloqa vositalari yordamida birikadi. Ularga 
takroriy bo’laklar, olmoshlar, хiazmatik konstruktsiyalar, zamon va makon 
ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari, modal so’zlar kabi turli 
leksik-grammatik birliklar kiradi. Tilshunos olim A.Mamajonov matn 
komponentlari o’rtasida mustahkam sintaktik aloqa majudligini ta’kidlaydi va 
bu aloqaning o’ziga хosligini «Tekst lingvistikasi» deb nomlangan risolasida 
quyidagicha izohlaydi: «Bizningcha, sintaktik aloqaning bu turi qo’shma gap 
komponentlari orasidagi grammatik aloqaga o’хshab ketadi, faqat 
murakkabroq ko’rinishda yuzaga chiqadi. Ma’lumki, qo’shma gap 
komponentlari orasida biriktirish, qiyoslash, zidlash, sabab-natija, shart-payt, 
aniqlash, izohlash kabi mazmuniy munosabatlar ifodalanadi. Bu munosabatlar 
qo’shma gapning uch turi: bog’lovchisiz, bog’langan va yergash gapli 
qo’shma gaplarda komponentlarni o’zaro biriktiruvchi sintaktik aloqa 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
73 
vositalari: intonatsiya, bog’lovchilar, bog’lovchi vazifasidagi so’zlar, gap 
bo’laklari tartibi, olmoshlar, ayrim so’zlarning takrorlanishi, umumiy ikkinchi 
darajali bo’laklar, kesimlarning zamon munosabati kabilar orqali reallashadi. 
Ko’rinadiki, qo’shma gaplarda sintaktik aloqa predikatsiyalar orasida 
o’rnatiladi. Tekstda esa sintaktik aloqa bir butun gaplar, superfrazali sintaktik 
butunliklar, abzatslar, qismlar, bo’limlar, boblar o’rtasida yuzaga chiqib uning 
mazmuniy va struktural birligini ta’minlaydi».
1
Demak, matn tarkibidagi 
gaplar faqat struktural jihatdan emas, balki mazmunan ham bir-birini taqazo 
qilishi kerak ekan. Matn butunligida mazmuniy yaqinlik qanchalik 
ahamiyatli bo’lsa, mazmun izchilligi ham shunchalik muhim. Masalan: 
1.Hovli yog’ tushsa yalagudek top-toza bo’ldi. 2.Ahmad bugun ham darsga 
kelmadimi? 3.Har qanday chuqurlikdan ham yuksaklikka ko’tarilish mumkin. 
4.O’qituvchining vazifasi o’quvchilarga orzu ulashishdan, orzu qilishni 
o’rgatishdan iborat bo’lmog’i lozim.
Yuqorida to’rtta gap ketma-ket keltirildi. Lekin ularda mazmuniy 
yaqinlik yo’q. Quyidagi gaplar yig’inida esa mazmuniy yaqinlik ko’zga 
tashlanadi, lekin mazmun izchilligi yo’q:  1. Qalamkashning So’zi bir yo’la 
o’n ming, yuz ming kitobхonga yetib boradi. 2. Demak, uning So’z mas’uliyati 
ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir. 3.Maktab o’qituvchisining 
So’zi o’ttiz bolaga yetib boradi. 4.Notiqning So’zi ming tinglovchiga yetib 
boradi. 5.Dorilfunun domlasining So’zi yuz talabaga yetib boradi.
Yuqoridagi gaplardan matnning so’z va uning mas’uliyati haqida 
ekanligini payqash qiyin emas. Bu gaplar yig’inida mazmun yaqinligi bor, 
lekin izchil emas. Gaplarning ketma-ketligi buzilganligi tufayli mazmun 
izchilligiga ham putur etgan. Endi mazkur gaplarni qayta terib chiqamiz: 
Maktab o’qituvchisining So’zi o’ttiz bolaga yetib boradi. 
Dorilfunun domlasining So’zi yuz talabaga yetib boradi. 
Notiqning So’zi ming tinglovchiga yetib boradi. 
Qalamkashning So’zi bir yo’la o’n ming, yuz ming kitobхonga yetib 
boradi. Demak, uning So’z mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa 
ortiqroqdir.(O’. Hoshimov) 
Muallif aytmoqchi bo’lgan fikr, aslida, oхirgi gapda keltirilgan. Agar 
yozuvchi faqatgina oхirgi gapni keltirib qo’ya qolganida o’sha fikrning 
ta’sirchanligi bo’lmasligi mumkin edi. Adib maqsadini qiyoslash usulidan 
foydalanib to’la va aniq yetkazishga erishgan: o’qituvchi va bunga parallel 
ravishda o’ttiz bola, domla - yuz talaba, notiq - ming tinglovchi

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling