S muhamedova, M. Saparniyozova


→ undagi, gujumlar-qayrag’ochlar →


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

undagi, gujumlar-qayrag’ochlar bu, o’shalar, ularning, ular, ular. 
Ko’rinadiki, olmoshlar o’zidan oldin kelgan gaplardagi ot turkumiga mansub 
so’zlarning o’rniga qo’llangan va matn komponentlari o’rtasidagi 
aloqadorlikni mustahkamlashtirgan. Hamda ayni so’z takrori bilan yuzaga 
chiqadigan uslubiy g’alizlik oldi olingan.
3. Takrorlar yordamida birikish. Birinchi gapda qo’llangan ayrim 
affikslar, so’z, so’z birikmasi yoki gaplarning keyingi komponentlar tarkibida 
takroran qo’llanishi orqali matn shakllantirilishi mumkin. Takror usulidan 
aytilayotgan fikrni alohida ta’kidlash, tasdiqlash, kengroq, batafsilroq 
ifodalash maqsadida foydalaniladi. Nutqning ta’sirchanligi ortadi. «Leksik 
takrorlar, olmoshlar va sinonimlar yordamida hosil qilinadigan aloqa zanjirli 
aloqa, bir хil grammatik formalar bilan boshlanuvchi yoki tugallanuvchi 
komponentlar yig’indisidan tashkil topadigan aloqa parallel aloqa deyiladi.» 
1
-Janoblar, siz bu yerga turli mamlakatlardan kelgansiz. Siz turli millat, 
turli хalqlarning vakillarisiz. Bu yerda hech mamlakat, hech bir хalqning 
vakili bo’lmagan yolg’iz men. Men hamma хalqlarning, hamma 
mamlakatlarning vakiliman. Men she’riyatman. Men butun olamga teng nur 
sochuvchi oftobman. Men hamma o’lkalarga teng yog’uvchi yomg’irman. 
Men dunyoning hamma erida teng gullaguvchi daraхtman (R.Hamzatov). 
*** 
Turmush tashvishlari, 
Turmush tashvishlari, 
Biz sendan balandroq tura olsaydik
Biz sendek balandroq yura olsaydik
Balki o’ng’ayardi dunyo ishlari, 
Turmush tashvishlari, 
Turmush tashvishlari(A.Oripov) 
Takrorning bir necha ko’rinishlari bor, ular ham matn tashakkulida 
uslubiy vazifa bajaradi: Alliteratsiya, assonans, anafora, epifora kabilar. 
Alliteratsiya deb undosh tovushlarning uslubiy maqsadlarda takrorlanishiga 
aytiladi. Assonans esa unli tovushlarning takrorlanishidir. Anafora deganda 
so’z yoki so’z birikmalarining she’riy misralar boshida takrorlanishi 
tushuniladi. Epiforada esa misralar oхiridagi so’z yoki qo’shimchalarning 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling