S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
lanishi oqibatida qanday deformatsiyalar yuzaga kelishi m umkin?
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. S o ‘rg‘ichning salbiy jihatlari haqida nimalarni bilasiz 9. A lohida tishlarga oid va tish yoylariga oid hamda jaglam ing o ‘zaro
- «parodont»
lanishi oqibatida qanday deformatsiyalar yuzaga kelishi m umkin?
6. Bolalardagi zararli odatlar natijasida yuzaga keluvchi tish-jag‘ anom a liyalarini eslab o ‘ting. 7. Ovqat luqmasini mexanik jihatdan n oto‘g ‘ri chaynash qanday asorat- lam i yuzaga keltirishi m um kinligini eslang. 8. S o ‘rg‘ichning salbiy jihatlari haqida nimalarni bilasiz? 9. A lohida tishlarga oid va tish yoylariga oid hamda jag'lam ing o ‘zaro ftziologik m unosabatini buzilishiga oid anom aliyalarni bir biridan farqlay bilasizmi? PARODONT KASALLIKLARI Ushbu patologiya bolalarda salmog‘i jihatdan kariyesdan keyin o ‘rin olgan stomatologik kasallik hisoblanadi. «Parodont» so‘zining lug‘aviy manosi «раго» — atrof, «dont» — tish m a’nosini, ya’ni tish atrofi m a’nosini anglatadi. Shunga muvofiq tish atrofini o ‘rab turuvchi to ‘qimalar, ya’ni milk, alveolyar suyak, tish sementi va periodontal tolalami uyg‘unlashtirgan holda «parodont» deb ataladi. Mazkur to ‘qimalaming yallig‘lanishi esa parodontit deb atalali. Bolalarda ko‘pincha milk to‘qimasining shamollashi — gingivitni kuzatishimiz mumkin. Milklaming, ayniqsa tishlarni o ‘rab turuvchi qirg‘oqlari (marginal), tishlar orasida joylashgan so‘rg‘ichsimon qismlari (papilla) ko‘proq yallig‘lanadi. Tishlar yorib chiqayotgan vaqtida ham milk to ‘qimasida vaqtinchalik giperemiya holatini kuzatishimiz mumkin. Tekshiruvlar shuni k o ‘rsatadiki, og‘iz b o ‘shlig‘i shaxsiy gigiyenasiga befarqbolalaming 80—85 % ida marginal gingivit va papillit holatlari hukm surar ekan. Rossiyalik olimlarning so'rovnom alar tuzib, olib borgan izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, 90% bolalar yoki ulaming ota-onalari og‘iz bo‘shlig‘i shaxsiy gigiyenasi qoidalari bilan tanish bo‘lishsa ham ularning 60 % igina ushbu qoidaga amal qilar ekanlar, 30 %i esa to‘liq amal qilar ekanlar. To‘liq amal qiluvchilaming ota-onalarini aksariyati o ‘rta yoshdagilar bo‘lib, ushbu ota-onalaming 70 % idan ko‘prog‘i madaniyat, san’at, pedagogika va tibbiyot sohasida ishlovchi hodimlar bo‘lib chiqdi. Shunga o ‘xshash tekshiruvlardan yana birini oladigan bo‘lsak, ko‘pgina yirik shaharlardagi katta maktablami boshlang‘ich sinf o ‘quvchilari orasida shaxsiy gigiyena qoidalarini to ‘g‘ri bajaruvchilar soni 25 % ni tashkil etsa, bitiruvchi sinf o ‘quvchilari orasida bu ko‘rsatkich 40 % gacha oshib borgan. Gingivit kasalligi o ‘z holicha kechuvchi bo‘lishidan tashqari oshqozon-ichak kasalliklari, yurak-qon-tom ir kasalliklari, diabet, qon kasalliklari yoki boshqa sistemali kasalliklaming simptomi sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Paradontitning ikkinchi turi, bu birinchisiga nisbatan chuqur klinik ko‘rinish hosil qiladi, bunda jarayon suyak to ‘qimasigacha yetib boradi. Bu holatda biz tishlar bo‘yin qismini milklardan tam om an ajragan, ya’ni tish — milk cho‘ntakchalarini ancha chuqurlashib barayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Ba’zan ushbu cho'ntak- chalardan yiring ajrab chiqadi. Tishlar qimirlay boshlaydi. Milk esa ozgina mexanik ta’sirga ham tez qonaydigan bo‘lib qoladi. Bunday bolalar og‘zidan qo‘lansa hid kelib turishi mumkin. Agarda, ushbu bolalarda tish-jag‘ anomaliyasi yoki deformatsiyasi mavjud bo‘Isa, yuqoridagi klinik manzara yanada chuqurroq tus olislii mumkin. Og‘iz shilliq qavatidagi ayrim anatomik nuqsonlar (milk yuganchalari yoki til osti yuganchasining kaltaligi, og‘iz dahlizi tubining sayozligi) ham parodontit kasalligini yuzaga keltirishi mumkin (17- rasm). Ovqat luqmasini «erinib» chaynash hamda doimo yumshoq ovqatlarni ist’emol qilish parodont to ‘qimalarini noziklashtirib qo‘yadi va ushbu to‘qimani tez-tez yallig‘lanishiga sababchi bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling