S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va


Ish o’rinlarini tashkil etish, unga xizmat ko’rsatish. Mehnat usullari va


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/57
Sana25.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1719779
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
Bog'liq
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki

1.5 Ish o’rinlarini tashkil etish, unga xizmat ko’rsatish. Mehnat usullari va
harakatlarini oqilona tashkil etish
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning eng muhim yo’nalishlaridan biri ish
o’rinlarini tashkil etishdir. Chunki ish o’rinlarini oqilona tashkil qilish mehnatni
tashkil etish tizimining eng asosiy bo’g’inidir. Har bir ishchining o’ziga biriktirilgan
ishlab chiqarish vazifasini o’z vaqtida bajarishi, mehnatining unumdorligi, avvalo, u
ishlaydigan ish o’rnining to’g’ri tashkil etilishiga bog’liqdir.
Ish o’rni deb bajariladigan ishning mazmuniga bog’liq holda zarur jihoz va
boshqa mehnat vositalari bilan ta’minlangan, ishlab chiqarish jarayonining bir yoki
bir nechta texnologik operatsiyalarini bajarishga mo’ljallangan, bir yoki bir necha
ishchi ishlaydigan muayyan ishlab chiqarish maydoniga aytiladi.
Ish o’rinlari bir necha turga bo’linadi:
- Mehnatni tashkil etish shakliga ko’ra ish o’rinlari yakka va jamoa (brigada)
ish o’rinlariga bo’linadi. Ish o’rni, yakka tashkil qilinganda bir ish o’rnida bitta ishchi
o’ziga yuklatilgan vazifani bajaradi. Bunda har bir ishchining bajargan ishini aniq


48
hisobga olish oson bo’ladi, texnologik jihozlardan foydalanishda ishchining
ma’suliyati ortadi.
Bitta ish o’rnida texnologik operatsiyani bir kishi bajara olishi mumkin
bo’lmaganda jamoa ish o’rinlari tashkil qilinadi. Masalan, tikuvchilik
korxonalarining bichish sexlarida qo’lda to’shama, bo’rlama tayyorlash, remont
mexanika sexlarida texnologik jihozlarni o’rta va kapital ta’mirlash va boshqalar.
- Ish o’rinlarini texnik jihatdan jihozlanishiga ko’ra, ular qo’lda bajariladigan,
mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan ish o’rinlari mavjud.
- Ish o’rinlariga xizmat ko’rsatilishiga ko’ra bir stanokli, ko’p stanokli ish
o’rinlari mavjud.
- Bajariladigan ishning mazmuniga ko’ra ish o’rinlari universal va
ixtisoslashgan bo’ladi.
- Ish o’rinlari bajariladigan texnologik operatsiyalarning xarakteriga ko’ra
tikuvchi, bichuvchi, qolipga tortuvchining ish o’rinlariga va boshqalarga ajratiladi.
- Ishlab chiqarishni tashkil qilish shakli, ixtisoslashtirish darajasi va mahsulot
nomenklaturasining doimiyligiga ko’ra ishlab chiqarishning yakka, seriyali va
ommaviy ishlab chiqarish turlaridagi ish o’rinlariga ajratiladi. Engil sanoat
korxonalaridagi ish o’rinlarining tasnifi 1.4-rasmda ko’rsatilgan.
Asosiy xususiyatlari bo’yicha ish o’rinlarini tasniflash uni tashkil qilinishida
muhim ahamiyatga ega bo’lib, u ish o’rinlarini tashkillashtirish bilan bog’liq
masalalarni tezkorlik bilan echilishiga yordam beradi, yuqori unumli ishni
ta’minlashga yo’naltirilgandir. Engil sanoat korxonalari uchun umumiy bo’lgan ish
o’rinlarining turlarini tahlil qilish asosida har bir ishlab chiqarishning xususiyatlarini
hisobga olgan holda, alohida ish o’rnini oqilona tashkil qilish yo’llari belgilanadi,
unga qo’yilgan talablar o’rnatiladi.
Ish o’rinlarini tashkil qilinishi va unga xizmat ko’rsatish mehnatni oqilona
tashkil qilinishining asosiy yo’nalishidir. Ish o’rnini oqilona tashkil qilish deganda
jihozlarning texnik imkoniyatlaridan, ishchining ish kuchi va ish vaqtidan to’liq
foydalanishga, ish sharoitlarining qulay bo’lishiga qaratilgan tadbirlar majmuasi
tushuniladi.


49

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling