S. S. Dexkanov " " 2023-yil


Download 371.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana26.10.2023
Hajmi371.35 Kb.
#1725712
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TILSHUNOS LIK Dastur yangi



 
 
 
 
 
 
 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI 
 

Ro‘yxatga olindi: №_________ 
2023- yil “___”_____________ 

 
 
 
“TASDIQLAYMAN” 
Osiyo Xalqaro universiteti rektori 
___________S.S. Dexkanov 
“____”__________2023-yil 
 
 
 
 
 
“TILSHUNOSLIK” FANINING
 
ISHCHI О‘QUV DASTURI 
 
Bilim sohasi: 
Ta’lim sohasi:
Mutaxassislik: 
200000 –Gumanitar fanlar 
230000 – Tillar 
60230100 – Filologiya va tillarni o’qitish (roman-
german) 
 
 
 
 
 
 
 
Buxoro-2023 



 
Fan/modul kodi 
TILSHK1104 
O‘quv yili 
2023-2024 
Semestr 

Kreditlar 

Fan/modul turi 
Majburiy 
Ta’lim tili 
o’zbek 
Haftadagi dars soatlari 


Fan nomi 
Auditoriya 
mashg’ulotl ari 
(soat) 
Mustaqil ta’lim 
(soat) 
Jami yuklama 
(soat) 
Tilshunoslik 
48 
72 
120 



I. Fanning mazmuni 
Fanni o’qitishdan maqsad – tilshunoslik fani, uning kelib chiqish tarixi va 
taraqqiyot bosqichlarini, shuningdek, uning bo’limlari, o’rganish obyekti, boshqa 
fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berish, talabalarni tilshunoslik fanining asosiy 
tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, talabalarda olingan 
bilimlarni amalda qo’llay olish malakasini shakllantirish. 
Fanning vazifasi –til va jamiyat, til va tafakkur munosabatlari, til va nutq
faoliyati, til sistemasi va strukturasi, uning sathlari, birliklari va ularning namoyon 
bo’lish qonuniyatlari, tilshunoslikning tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan aloqasi, 
tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari va tadqiq metodlari haqida ta’limot berish, 
tillarning o’zaro munosabatlari va rivojlanish qonuniyatlari, tilshunoslikning 
rivojlanishida ahamiyatga ega bo’lgan maktablar haqida bilim va ko’nikma hosil 
qilish, dunyo tillarining klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlar berishdan iborat. 
Fannining boshqa fanlar bilan bog’liqligi- tilshunoslik fani hozirgi o’zbek
adabiy tili, adabiyotshunoslik, tarix va xorijiy tillar, rus tili kabi fanlar bilan
integratsiyalangan holda o’tiladi. 
II. Asosiy qism (amaliy mashg'ulotlar) 
II. I Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 
1-mavzu. Tilshunoslik fanining oʼrganish obyekti.
Tilning paydo boʼlishi. Tillarning o’zaro munosabatlari va rivojlanish
qonuniyatlari( 2- soat) 
Tilshunoslik fani haqida umumiy tushuncha. Fanning obyekti, vazifa va 
maqsadlari haqida. Tilning boshqa hodisalar ichida tutgan o’rni, tuzilishi, uning 
taraqqiy etish qonuniyatlarini, til haqidagi fanning asosiy tushunchalari. 
Tilshunoslik fanida qo’llaniladigan terminlar, tushunchalar tizimi bilan tanishtirish.
Murakkab til hodisalari va ularning qonuniyatlarini to’g’ri anglab yetish, qarindosh va 
qarindosh bo’lmagan tillar guruhlarini bir- biriga solishtirib, tilning lug’at tarkibi, 
fonetik tizimi va grammatik qurilishini ilmiy asosda chuqur o’rganish. Tilning paydo 
bo’lishi haqidagi nazariyalar va farazlar haqida ma’lumotlar berish. Til va uning 
taraqqiyotini o’rganishda tilshunoslik fanining o’rni va ahamiyati. 
Til va jamiyat.Tilning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni.
Sotsilingvistika. 
Sotsiolingvistikaning 
til 
taraqqiyotidagi 
ahamiyati. 
Sotsiolingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Tillarning o’zaro munosabatlari va 
ichki rivojlanish qonuniyatlari. Tillar differensiatsiyasi va integratsiyasi. Bilingvizm. 
Yo’qolib borayotgan til va shevalarni saqlash. Tilning tarixiy taraqqiyoti va 
o’zgaruvchanligining jamiyat hayoti bilan bevosita bog’liqligi. Ijtimoiy hayotda ro’y 
bergan o’zgarishlarning tilda aks etishi. Tildagi o’zgarishlarning tilning lug’at 
boyligiga ta’siri. Tilning lug’at boyligida o’zgarish sodir bo’lishiga olib keladigan 
hodisalar. 




Download 371.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling