S. S. Dexkanov " " 2023-yil


-mavzu. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishi


Download 371.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana26.10.2023
Hajmi371.35 Kb.
#1725712
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TILSHUNOS LIK Dastur yangi

5-mavzu. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishi. 
V. Gumboldt taʼlimoti (2-soat) 
XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi.
Tilshunoslikka 
alohida 
fan 
sifatida 
qarash 
g’oyasi. Qiyosiy-tarixiy 



tilshunoslikning shakllanish davrlari. F. Bopp, R. Rask, A.X. Vostokov, Ya. 
Grimm ta’limotlari. Qiyosiy-tarixiy metodning ochilishi. Qiyosiy-tarixiy 
metod yaratilishidan to yosh grammatiklar maktabigacha bo‘lgan davr (XIX 
asrning 1-choragi). Yosh grammatiklar maktabi davri (1870-1890). Yosh 
grammatiklardan F. De Sossyurgacha bo’lgan davr. Sossyur ta’limotidan 
bugungi kungacha bo’lgan davr. Tillar o’rtasida o’xshashlik mavjudligi 
g’oyasining maydonga kelishi. Vilgelm fon Gumboldtning tarixiy-falsafiy 
qarashlari. 
6-mavzu: Tilshunoslik tarixidagi yoʼnalishlar va maktablar
(2-soat) 
Tilshunoslikda naturalizm yo’nalishi. Tilshunoslik alohida, mustaqil fan 
sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816-yilda) fanlar olamiga kirib 
kelishi. Naturalistik falsafasining mohiyati. Avgust Shleyxer ta’limoti. 
Tilshunoslikda psixologik yo’nalish: Geyman Shteyntal va Aleksand 
Afanasyevich Potebnya ta’limoti. Til – tabiiy organizm emas, balki u ijtimoiy 
hodisa. Tildagi hodisalarning asosida ijtimoiy hodisalar, ijtimoiy taraqqiyot – 
jamiyat taraqqiyoti emas, balki individual faoliyat, individual taraqqiyot, inson 
psixikasi, uning fikriy faoliyati yotadi. “Yosh grammatikachilar” qarashlari. 
Rus tilshunoslik maktablari. 
7-mavzu. 
Ferdinand 
de 
Sossyurning 
lingvistik 
nazariyasi.
Tilshunoslikda strukturalizm (2-soat) 
Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta’limoti. Til va nutqning farqli 
jihatlari. Til va nutq o’rtasidagi bog’liqlik. Til nutq asosida tashkil topadi va 
nutq orqali reallashadi. Til bir vaqtning o’zida ham asos, ham nutq mahsuli. Til 
aloqa uchun material bersa, nutq shu materialdan fikr shakllantirishdir. 
F.de Sossyur aytganidek, til bizga nutq tushunarli bo’lishi uchun zarur bo’lsa, 
nutq esa tilning taraqqiyoti, yashashi, shakllanishi uchun zarur. Tarixiy jihatdan 
nutq faktlar tildan oldin keladi. Til sistem tuzilishga ega. 
Tilshunoslikda strukturalizm yo’nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen 
strukturalizm maktablari. Til belgi – semiotik tizim. Praga funksional 
lingvistika maktabi. Amerika deskriptiv lingvistika maktabi. Kopengagen 
glossematika lingvistika maktabi. Metalingvistika. Etnolingvistika. 
Psixolingvistika. Sotsiolingvistika. Paralingvistika. Makrolingvistika. Matn 
bo’laklari. 

Download 371.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling