S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
Yo‘nalish (soxa) muammolari bo‘yicha
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy jihati bo‘yicha
- 10-rasm. Geografik axborot tizimining funksiyalari
Lekin oxirgi yillarda chop etilgan adabiyotlarda boshqacha yondashuvlar ham mavjud. Jumladan xususiyatlar va ko‘rsatkichlar qamrovi kengaytirilgan bo‘lib, uning funksiyalari qayta tahlil qilingan. Shuning uchun ular saralanib quyidahi tartibda bayon qilinmoqda [1,10,24,32,33,35]. GAT ma’lumotlari tarkibi va tuzilmasi(strukturasi) axborot modellashtirish ob‘yektlari orqali aniqlanadi. Ular qatoriga, mavjud xarbiy va xo‘jalik ob‘yektlari, jarayonlar hamda nomoddiy boylikar kiradi. Yo‘naltirilgan GATlar sirasiga tabiatni saqlash, yer to‘g‘risidagi axborot tizimlari, shahar yoki tuman GATlari, favqulotda holatlar shuningdek telekommunikatsiya tizimlari, qishloq xo‘jaligi, injenerlik kommunikatsiyalari, geologiya va konchilik kiradi. Muammoli yo‘naltirilgan yaratiladigan GATlar ko‘riladigan ilmiy va amaliy masalalar asosida tavsiflanadi. Bunday masalalar ularning murakkablik darajalari va modellashtiriladigan ob’yektlar va jarayonlarni boshqarish nuqtai nazaridan tartiblanadi. [36,44,50-55]. Jumladan: ob’yektlarni va ularning resurslarini inventarizatsiya, pasportlashtirish, kadastr qilish; tahlil, baholash, monitoring, boshqaruv va rejalashtirish; qarorlar qabul qilish. GATlar umumlashgan funksiyalarining klassik sxemasi Kanadalik olim R. Tomlinson tomonidan keltirilgan va funksional tasnif sifatida tan olingan. (10-rasm) 10-rasm. Geografik axborot tizimining funksiyalari. Axborot tizimlarini ishlab chiqish yoki tasniflashga bog‘liq masalalarning matematik yoki algoritmik tavsiflari muammolarni yechishga to‘g‘ri keladi. Masalalarni formallashtirish darajasi bo‘yicha axborot tizimlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: formallashtiriladigan - barcha unsurlari va ular orasidagi munosabatlar aniq ifodalangan; formalashtirilmaydigan - unsurlarga ajratib bo‘lmaydigan va ular orasidagi munosabatlarni o‘rnatish mumkin bo‘lmagan masalalar; qisman formalashtirilgan - faqat ayrim unsurlarni va ular orasidagi munosabatlar ma’lum bo‘lgan masalalar. Barcha geoaxborot tizimlari qisman tizimlashtirilgan sinfga tegishli bo‘ladi. Geoaxborot tizimlari orqali olinadigan axborot foydalanuvchi tomonidan tahlil qilinadi va yechimlar qabulqilishda muhim rol o‘ynaydi. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling